Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


rasm. Iste’mol narxlari indeksiga oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari o’zgarishining ta’sir ulushi12



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#105092
1   2   3   4   5
Makro

rasm. Iste’mol narxlari indeksiga oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari o’zgarishining ta’sir ulushi12

Dastlab 2005-2016-yillar davomidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini tahlil qilib ko‘rsak, undagi ko‘rsatkich (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) sezilarli darajada qisqargan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi ma`lumotlarga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davr mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog`-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatilgan. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari o`rtacha narxlarining eng yuqori o`sish darajasi 2005 yilga to`g`ri kelgan (yillik 6,7%), bu esa go`sht, parranda go`shti va baliq mahsulotlari (24,0%ga), non mahsulotlari (12,6%ga), tuxum (9,6%ga) va sut mahsulotlari (6,1%ga) narxlarining sezilarli oshishi bilan bog`liq bo`lib, ushbu mahsulotlar ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlar bo`lib hisoblanadi va iste`mol narxlari indeksini hisoblash uchun tovar va xizmatlar tuzilmasida o`zining ahamiyatli salmog`iga egadir (2005 yil yakunida ularning qiymat ulushi jami yakuniy ko`rsatkichda 32,9%ni va oziq-ovqat


tovarlarida 52,1%ni tashkil etgan). Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sish sur`atlarining sezilarli darajada sekinlashishi 2016 yilda qayd etilgan bo`lib, bunda narxlarning o`sish sur`ati atigi 0,3%ni tashkil etgan. Bunda, tuxum narxlari 8,6%ga, sut mahsulotlari narxi 4,2%ga, go`sht mahsulotlari narxi 3,8%ga oshdi, non mahsulotlari narxi 1,0%ga pasaydi (guruch narxining 25,6%ga, mosh 11,9%ga, fasol 4,1%ga pasayishi hisobiga).
    1. rasm. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlaridagi o’zgarishlar13

Biroq 2016-2017-yillar uchun oziq-ovqat mahsulotlaridagi narxlarning oshishi bo‘yicha ko‘rsatkichi qiyoslanganda, 2017-yilga kelib o‘sish sur‘ati jadallab ketganligini ko‘rish mumkin(mos ravishda 2% va 48,1%).


Ayniqsa 2017-yilda inflyatsiya natijasida tuxumning narxi 31,1%ga, go‘sht, parranda va baliqning narxi 30%ga, shakar, choy kabi oziq-ovqatlarning narxi 17,8%ga oshgani aholi turmush farovonligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi berkirtib bo‘lmaydigan holatdir.







    1. Yüklə 0,65 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə