Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


rasm. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining naxining ko’tarilishining 2017- yildagi holati14



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#105092
1   2   3   4   5
Makro

rasm. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining naxining ko’tarilishining 2017- yildagi holati14


Yuqoridagi rasmdagi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, so‘nggi yillarda oziq- ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog`-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatildi. Bunda narxlardagi o‘zgarishning yuqori ko‘rsatkichlari tuxum va go‘sht mahsulotlarida qayd etilgan. 2017-yildagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi INIga umumiy 6,5% darajada ta‘sir ko‘rsatdi.
2005-2016-yillar oralig‘ida, nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol bozoridagi inflyatsion jarayonlar dinamikasi sezilarli tebranishlar doirasida tavsiflanadi, xususan, narxlarning maksimal o`sishi 2010 yilda (10,0%ga), minimal o`sish sur`ati 2009 yilda (3,1%ga) qayd etilgan.

    1. rasm. Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlaridagi indeksi15





2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`rtacha yillik o`sish hisobi 7,3%ni tashkil qilgan. Bunda, tovarlar va xizmatlarning jami tuzilmasida ularning ulushlaridagi tebranishlar oralig`i 21%dan 34%gacha tashkil qilgan.


2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrlarda, asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar guruhlarida o`rtacha yillik narxlarning o`zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi:




    1. rasm. Asosiy nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari guruhlarining o’rtacha yillik narxlari o’zgarishi. (foizda)16


Ko`rib chiqilayotgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlarining kuzatilayotgan guruhlari orasida, nisbatan narxlarning sezilarli o`sishi avtomobillar uchun yoqilg`i (o`rtacha yillik o`sish 18,1%), shaxsiy transport (o`rtacha yillik o`sish 10,5%) va qurilish mollari (o`rtacha yillik o`sish 7,5%) bo`yicha qayd etilgan. Ularning nooziq-ovqat mahsulotlari salmoq tuzilmasidagi jami ulushi 22% atrofidani tashkil etadi.
Ko`rsatib o`tilgan uch guruhdagi mahsulotlar narxlarining indeksi dinamikasining tahlili shuni ko`rsatadiki, avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari
2008 yilda (43,8%ga), shaxsiy transport bo`yicha 2015 yilda (21,7%ga) va qurilish mollari narxlari 2007 yilda (23,8%ga) maksimal sur`atda o`sgani qayd etilgan.
2017-yilga kelib esa nooziq-ovqat tovarlari 16,1%ga oshdi, bu holat INIning 5,7%ga o‘sishiga olib keldi. Quyidagi diagrammada esa batafsil ma‘lumotlarni ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, 2005-2016-yillar mobaynida xizmatlar sohasida tariflarni o`sish sur`ati tovarlarning shu kabi ko`rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lgan edi.





    1. Yüklə 0,65 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə