«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə54/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
«mikroiqtisodiyot»

Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to'lanadigan narx.


Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo'ladi. Agar kapital pul shaklida bo'lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo'yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo'lsa, u kapitalga ko'ra umumiy daromaddan ulush oladi.


Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.


Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki ko`rinishi bo`lib, bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining ko`p qismini ish bilan ta'minlaydi.


Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi bo`lib, u o`zining a'zolari nomidan va ko`rsatmasiga ko`ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.


Lorents chizig`i – biror bir ko`rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorents (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig`i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorents chizig`ining botiqligi kamayadi.


Inson kapitali nazariyasi – inson kapitaliga investitsiya qo`yish natijasida ish haqining har xil darajada bo`lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.


Inson kapitaliga investitsiya – insonning qobiliyatgni, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog`lig`ini tiklashga sarflar).
Mavzuga doir masalalar


1. Mahalliy bozordagi ish kuchiga talab funksiyasi LD=1000 -20×W, taklif funksiyasi esa LS= -600+60×W ko'rinishida berilgan. Bu yerda, W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 25 $ qilib belgilab qo’yilsa qancha ishchi kuchi ishsiz bo'lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o'zgaradi?
Yechimi:
a) Dastlab bozorning muvozanat parametrlarini topib olamiz:
LD=1000 -20×W= LS= -600+60×W
80×W=1600
W=20 $
LD= LS=-600+60×W=600 kishi minimal ish haqi 25 $ qilib belgilangandan so'ng ishchilar taklifi LS= -600+60×W=-600+1500=900 kishini ularga talab esa
LD=1000 -20×W=1000-500=500 kishini tashkil qiladi. Ushbu qaror natijasida
900-500=400 kishi ishsiz qoladi.
b) minimal ish haqi normasi o’rnatilishidan oldin umumiy kunlik ishchilarning daromadi L×W=20×600=12 000 $ ga teng edi keyin bo'lsa 25×500=12 500 $ ni tashkil qilib 12 500-12 000=500 $ ga ortdi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə