Mikroiqtisodiyot



Yüklə 109,91 Kb.
səhifə1/16
tarix23.09.2023
ölçüsü109,91 Kb.
#123373
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-ilova. O\'Zbekiston respublikasi oliy ta\'lim, fan va innovasiya-fayllar.org


1-ilova. O'Zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti

1-ilova.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI


"MIKROIQTISODIYOT" FANIDAN


K U R S I S H I
MAVZU: Raqobatlashgan va Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari


Bajardi:Jamshid Ergashev Zikrillo o’g’li (QBF, Iqtisod, 2-kurs, 45-21)
Ilmiy rahbar: Muqaddas Elbaevna (katta o’qituvchi)
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA:
Kirish………...
I. Raqobatlashgan va Raqobatlashmagan bozorlar xususiyatlari.
1.1 Bozor va raqobat tushunchasi.
1.2 Raqobatlashgan bozorlar va ularning mikroiqtisodiy tahlili.
1.3 Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari.
II. Raqobatlashgan va Raqobatlashmagan bozorlarning mamlakatda tutgan o’rni va vazifalari.
2.1 O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
2.2 Raqobatlashgan va Raqobatlashmagan bozorlar (Yaponiya tajribasida)

KIRISH
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Mamlakatimizning muhtaram Prezidenti I.A.Karimov raqobatning Bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, Bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat -Bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi.
Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot Bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo
etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltarilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati soxalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (Yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlakishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi Bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistiq hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida
ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistiq raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan Bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli Bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy tarifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda
mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli Bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, Moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o rtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste molni o zaro bog lovchi mexanizm. Bozor obyekti nafliligi bor tovar va xizmatlar, sub yekti esa bozor ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) bo’lib, ular firmalar, uy xo’jaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozor tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega bo ladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, ya ni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, ya’ni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni
istemol bilan bog’lash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorga chiqadi, u yerda sotilgach, iste molga kelib tushadi); qiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorda sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurslar, chunonchi asbob uskunalar, mashinalar, yoqilg i, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o rnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiq narxning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx o’ssadi, ishlab chiqarish ko’payadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.



Yüklə 109,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə