Mikroprotsessor mp


Rivojlangan MP sistemasini logik tuzilishi



Yüklə 325,82 Kb.
səhifə14/26
tarix24.12.2023
ölçüsü325,82 Kb.
#158599
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
1-9 темы Авт микропроц воситалари

Rivojlangan MP sistemasini logik tuzilishi.
Rivojlangan yoki umumlashtirilgan mikroEHM ni tuzilish sxemasi 4.3-rasmda keltirilgan. Bu mikroEHM da EHM ni qurilmalarini hammasini boshqaruvchisi sifatida programmalashtirilgan kontroller ishlatiladi. Masalan, sistemali boshqaruvchi pul’tni kontrolleri (SBPK). Sistemali boshqaruvchi pul’tning kontrolleri sistemali boshqaruvchi pul’t (SBP) bilan birga ishlash uchun qo’llaniladi. Hamma kiritish-chiqarish apparatlari (KCHA) kiritish-chiqarish qurilmasining kontrolleri (KCHQK) yoki guruhli kiritish-chiqarish kontrolleri (GrKCHK) orqali boshqariladi. DXQ yoki O’XQ lar o’ziga tegishli bo’lgan kontrollerlar operativ xotira qurilmasining (OXQQ) va doimiy xotira qurilmasining kontrollerlari (DXQK) orqali boshqariladi. EHM ni bunday tuzilishda tashkil qilganda, markaziy protsessor (MP), programmalashtiriladigan kontrollerni faqatgina kontroller detallashtirilgan yuqori darajadagi boshqaruvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Shuning uchun ham sistemaning ma’lumotlar magistralida boshqaruvchi ma’lumotlar miqdori keskin kamayadi, bu uzatilayotgan qiymatlarning tezligini oshirishga olib keladi.

4.3-rasm. Rivojlangan MPli sistemaning mantiqiy tuzilishi
SBPK – sistemali boshqaruvchi pultning kontrolleri;
SPB – sistemali boshqaruvchi pul’t;
KCHA – kirituvchi-chiqaruvchi apparat;
GrKCHK – guruhli kirituvchi-chiqaruvchi kontroller;
OXQK – operativ xotira qurilmasining kontrolleri;
DXQK – doimiy xotira qurilmasini kontrolleri;
KCHA – kirituvchi/chiqaruvchi apparatura;
TXQ – tashqi xotira qurilmasi;
GrKCHTXK – guruhli kirituvchi-chiqaruvchi tashqi xotira kontrolleri.
Katta integral sxemasining (KIS) arzon narxi va yuqori mustahkamligi istalgan kattaliklarga yozish uchun, hamma hisoblash sistemalarining podsistemalarida taqsimlangan boshqarishni va taqsimlangan qayta ishlash jarayonini kiritishga imkon beradi. Bu esa detsentralizatsiyalangan boshqaruvchi va ma’lumotlarni qayta ishlovchi sistemalarda hisoblash jarayonlarining yangi usullarini aniqlab tashkil etib beradi.

Nazorat savollari


1. Mikroprotsesor boshqaruvchi qurilmalarini turlari va ularni bajaradigan vazifalari.
2. Apparatli (sxemali) yoki qatiq logikali boshqaruvchi qurilmani tuzulishi va ishlash prinsipi.
3. Egiluvchan logik matritsa asosidagi boshqaruvchi qurilmani tuzulishi va ishlash prinsipi.
4. Egiluvchan logik matritsa asosidagi boshqaruvchi qurilmani bloklarini tarkibi, vazifalari va ishlash prinsiplari.


Yüklə 325,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə