Mikroprotsessor mp



Yüklə 325,82 Kb.
səhifə22/26
tarix24.12.2023
ölçüsü325,82 Kb.
#158599
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1-9 темы Авт микропроц воситалари

Assembler tili. Mikrokontroller asosida qandaydir qurilmani yaratishdan avval assembler tilida programmalash asosi bilan yaxshi tanishish zarur. Mikrokontrollerlar uchun qo’shimcha programmalar yaratishda bu usuldagi programmalashni faqatgina o’rganib qolmasdan tuzilgan programmani qadamma-qadam bajarilishini hamda shu paytda qurilmada nima sodir bo’layotganligini yaxshi bilishni o’rganishi kerak.
Assembler tilida programmani o’rganishni, yozishni va sozlashni sodda va tushunarli bo’lishi uchun bir qancha usullar bor: Birinchidan - protsessorda buyruqlarni bajarish jarayonini ko’rinib turishini qo’llash. Ikkinchidan - programmani o’qish va tushinishni soddalashtirish uchun strukturali programmalash usulini qo’llash.
Buyruqni bajarilishini ko’rinishini eng yaxshi yo’llaridan biri protsessorni yoki MK ni strukturali sxemasidan foydalanish. Sxema bo’yicha har bir buyruqni bajarilishi belgilanadi, qayd qilinadi. Natijada buyruqlarni bajarilish jarayoni to’g’risidagi tasavvur yaxshi ta’minlanadi.
Assembler tilida MK ni programmalashda MK bajaradigan hamma ishlari nazorat qilish, boshqarish, qayta ishlash programmalari assembler tilida qo’llaniladigan mnemonik belgilar ko’rinishida yoziladi. Masalan: mov B; LDA: MVI va shunga o’xshash. ASSEMBLER tilida tuziladigan programmalar qisqaroq hajmdagi masalalarni katta tezlikda yechish, kichikroq obektlarni, texnologik jarayonlarni parametrlarini, ularni ishchi uzellarini ishlashini nazorat qilish, boshqarish uchun qo’llaniladi: Masalan: manipulyatorlarni, robotlarni, issiqxonalarni, tibbiy uskunalarni.
Yuqori sathda programmalash tillari. Mikrokontrollerlarni programmalash uchun har xil turdagi yuqori sathdagi programmalash tillarini qo’llash mumkin.
Yuqori sathli til – termini (so’zi) oson o’qish uchun mo’ljallangan programmalarni yozishda qo’llaniladigan tillarni belgilash uchun xizmat qiladi. Yuqori tilda yozilgan programma keyinchalik assembler tiliga aylantiriladi undan keyin esa mikrokontroller bajarishi uchun obekt kodiga ya’ni mashina kodiga (bitlar va baytlarga) o’zgartiriladi.
Yuqori sathli tillarni asosiy xarakteristikalarini keltiramiz:
-  o’rnatilgan funktsiyani ulanadigan bibliotekalarini borligi (masalan: konsolli kiritish/chikarish);
-  har xil turdagi qiymatlar (8, 16, 32 bitli va o’zgaruvchi nuqtali);
-  lokalli va globalli o’zgaruvchilardan ko’rsatkichlardan va qiymatlar strukturasidan foydalanish;
-  xotirani taqsimlash;
-  apparatli registrlarga kirish imkoniyati;
-  simulyator/emulyatorlar uchun simvolik ma’lumot.
Ushbu xususiyatlarga ega bo’lgan o’rnatilgan (vstroenniy) MK uchun bu xarakteristikalarni amalga oshirish muammo tug’diradi.
STEP-5” paketi.
Bu paket SIMATIC S-5 oilasiga mansub bo’lgan SIEMENS firmasida ishlab-chiqariluvchi logikali kontrollerlarni programmalash uchun qo’llaniladi. Bu paket DOS operatsion sistemasi PG-7xx turidagi programmatorlar bilan birga ushbu sabablar tufayliishlatiladi:
-  Logikali kontrollerlarda ROM programma xotirasi va RAM qiymatlar xotirasini hajmini chegaralanganligi tufayli;
-  Logikali kontrollerlarda operatsion sistemani yoki BIOS ni yo’qligi tufayli;
-  Ma’lumotlarni kiritish/chiqarishni oldindan aniqlash (chiqish raqamli, analogli, ketma-ket kiritish/chiqarish kabi rejimlarda ishlatilishi mumkin).
Bulardan tashqari, zamonaviy kross vosita paketlar aralash programmalarni osongina yozishga imkon beradi. Programmalarni modulini bir qismi Ci tilida tezligi bo’yicha zarur bo’lgan modulini boshqa qismini assemblerda yozish mumkin. Ci kompilyatorlari boshlang’ich tekstlarga assemblerli instruktsiyalarni o’rnatishga imkon beradi.
Mikrokontrollerlarga programma ta’minotini yaratishda foydalaniladigan jamg’armalarni (resurslarni) hajm ko’rsatilgan chegaradan bajarilishi oshmasligi kerak bo’lgan bir qancha qoidalar bor:
Apparatli vositalar bilan (tashqi qurilmalar) faqat bitta turli interfeysni qo’llash:
Qism programmalar uchun spetsifikali bo’lgan global o’zgaruvchilarni identifikatsiyalash va ularni yana kodda qo’llamaslik.
Imkoni bor joyni hammasida lokal o’zgaruvchilarni qo’llash.
Vaqtincha qo’llaniladigan o’zgaruvchilarni borligi nazarda tutilsa, u holda programma ularni unikalli qo’llashni ta’minlashi kerak.

Yüklə 325,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə