1. Mikroprotsessor xotirasi Mikroprotsessorning interfeys qismi



Yüklə 446,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.04.2023
ölçüsü446,42 Kb.
#105476
  1   2   3   4   5   6


4-Mavzu: Xotira va uning ishlash imkoniyatlari. 
Registrlar va ularning turlari. 
Reja: 
1.
 
Mikroprotsessor xotirasi 
2.
 
Mikroprotsessorning interfeys qismi 
3.
 
Registrlar va ularning turlari.
4.
 
Registrlar turlari va tasnifi.
5.
 
Mikroprotsessorning sistemali registrlari.
 
Tayanch so’zlar
. Mikroprotsessor, xotira, axborot, saqlash, xotira 
qurilmasi, registr, universal registrlar, tizim shinasi, global. 
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo‘lsa ham-ki, u 
haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu 
xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun 
sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o‘lchanadi). 
Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomida saqlash, yozib 
olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish 
uchun mo‘ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash 
uchun qo‘llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan 
mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish
qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi. 
Mikroprotsessor xotirasi razryadlik darajasi bitta mashina so‘zidan kam 
bo‘lmagan tez ishlovchi registrlardan tashkil topgan. Registrlarning soni va 
razryadlik darajasi turli mikroprotsessorlarda har-xil bo‘ladi. 
Mikroprotsessor registrlari umummaqsadli registrlar va maxsus registrlarga 
farq qiladi.
Maxsus registrlar turli manzillarni (misol uchun, komandalar manzillarini), 
bajarilgan operatsiyalarning alomatlarini, ShKning ish rejimlarini (misol uchun, 
bayroqchalar registrlarini) va shu kabilarni saqlash uchun qo‘llaniladi. 
Umummaqsadli registrlar universal registrlar bo‘lib, har qanday axborotni 
saqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, ularning ayrimlari bir qator amallar 
ijrosiga majburiy ravishda jalb etilgan bo‘lishi shart. 

Yüklə 446,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə