Milliy hisoblar tizimi va O’zbekistonda unga o’tishning vazifalari



Yüklə 13,69 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü13,69 Kb.
#164196
Milliy hisoblar tizimi va O’zbekistonda unga o’tishning vazifala-fayllar.org


Milliy hisoblar tizimi va O’zbekistonda unga o’tishning vazifalari

Milliy hisoblar tizimi va O’zbekistonda unga o’tishning vazifalari
Milliy hisoblar tizimi tushunchasi, paydo bo'lish tarixi va rivojlanish bosqichlari
Milliy hisobchilik deganda, mamlakat miqyosida bo'layotgan iqtisodiy va sotsial jarayonlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi, bu ko'rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi va usullari tushuniladi. Milliy hisobchilik, dastlabki davrlarda (XVII­XIX asr) asosan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy daromadni hisoblashga qaratilgan edi. Hozirgi zamon milliy hisobchiligi nazariy va amaliy jihatdan o'ta yuksak darajada rivojlangan hisobot tizimi bo'lib, mamlakatdagi va uning tarmoqlari va sektorlaridagi iqtisodiy va sotsial jarayonlarni to'la aks ettirishga qaratilgan. Bu tizimda qabul qilingan hisoblash usul va uslublari, tasniflar va tushunchalar boshqa hisobot (buхgalteriya, moliya, bank hisobotlari va boshqalar) va statistika tizimlari (moliya, bank, bojхona, baho va h.k. statistikasi) bilan uyg'unlashtirib tuzilgan.
Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) to-varlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimit. ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayo-mlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi.
Zamonaviy Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olimlardan J.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun, K. Klark va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Butun dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab olgan 1929—33 yillardagi inqiroz davlat ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lozimligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib "davlatlarning aktiv iqtisodiy roli"ni bajarish uchun mamlakatlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblaydigan tizimni — Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish zaruriyati tugʻildi. Dastlabki vaqtda Milliy hisoblar tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-yillarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad koʻrsatkichi hisoblandi. 40—50 yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash zaruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar — milliy mahsulot, milliy daromad, isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951-yilda Parijda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy hisoblar tizimit. standarti loyihasi qabul qilindi. 1953-yil BMT ning statistika boʻlimi tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimit.ning andozasi qabul qilindi. 1968-yil BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993-yilning fevralga qadar qoʻllanildi. 1993-yil fevralda BMT statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida makro-iqtisodiy statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga toʻlov balanslari, davlat byudjeti koʻrsatkichlari kiritildi. Yevropa Ittifoqi 1995-yilda BMTning "Milliy hisoblar tizimit.—93" andozasi asosida "Yevropa Milliy hisoblar tizimit,—95" ni qabul qildi.

Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi koʻrsatkichlarini Milliy hisoblar tizimit. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tashkilotlari bunday tizimga oʻtishni har tomonlama ragʻbatlantirmoqdalar.


Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga oʻtkazishta kirishdi va shu maqsadda 1994-yilda "Oʻzbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtish davlat Das-turi" ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi rahbarlik qiladi va 1991—2002-yillar boʻyicha i.ch, daromadlarning hosil boʻlishi, taqsimlanishi, ulardan foydalanish, shuningdek, kapital harajatlarning umumiy hisoblamalari tuzildi. Milliy hisoblar tizimit.ni "Yevropa M.H-T.— 95" metodologiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ning bozor munosabatlarini oʻtish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda amaliyotda ishlatilayotgan milliy hisobchilik tizimi «Milliy hisoblar tizimi» (MHT) deb nom olgan. Bu tizim hozirgi vaqtda \alqaro standart sifatida er yuzining 160 dan ortiq mamlakatlar amaliyotida ishlatilyapti. Bu tizim, iqtisodiyoti bozor iqtisodiga asoslangan mamlakatlarda bo'layotgan iqtisodiy va sotsial jarayonlarni to'laqonli aks ettirishga qaratilgan. MHTda mamlakatda bo'layotgan ishlab chiqarish, iste'mol, jamg'arish, investitsiya jarayonlari,

mаmlаkаtning mоliyaviy vа chet el bilan bo'lgan iqtisоdiy hаmkоrligining


natijalari bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan schyotlarda ifodalanadi.
MHT iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda vujudga keldi. Dastlab bu mamlakatlarda hisobot tizimiga zarurat unchalik sezilmadi. Lekin, ilg'or texnologiyalarning rivojlanishi, kapitalistlarning yuqori darajada foyda olishga intilishlari tovarlar ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasida nomutanosibliklarni keltirib chiqara boshladi. Natijada, talab va taklif o'rtasidagi muvozanat buzilib, iqtisodiy inqiroz (krizis)lar sodir bo'la boshladi. Bunday inqirozlar XlX-asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib butun dunyo kapitalizmini qamrab ola boshladi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi «buyuk inqiroz» yillari kapitalistlarning sillasini quritdi, bu mamlakatlarda sotsial va siyosiy noroziliklar yuzaga kela boshladi. Pirovardida, aholining katta qatlamlari qashshoqlashdi, kapitalistlar esa ishlab chiqargan mahsulotlarini sota olmay katta zarar ko'rdilar. Mamlakatda talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni tiklash juda katta mablag'larni va vaqtni talab etadi. Bunday inqirozlarga asosiy sabab, bu mamlakatlarda mamlakat iqtisodiyotiga chetdan ta'sir o'tkazish (davlat idoralari tomonidan uni boshqarish yoki to'g'ri izga yo'naltirish) inkor qilinib kelinar edi. Shu davrga qadar bu mamlakatlarda «bozor iqtisodiyotining tabiatida bunday inqirozlarni oldini olish mexanizmi bor, bozorda bahoning o'zgarishi talab va taklifni muvozanatlashtiradi» degan nazariya hukm surardi. Lekin, 1929-1933 yilgi kapitalistik davlatlarning chuqur inqirozi kapitalistlarning ko'zini ochdi. Ular, bunday inqirozlarning oldini olish yo'llarini o'rganish zarurligini tushunib etdilar. Bozor iqtisodiga asoslangan iqtisodiyot talab va taklif o'rtasidagi muvozanat buzilganda ishlamasligi va bu muvozanatni tiklashda davlatning aralashuvi zarurligi his qilindi. Mamlakatda bozor muvozanatini tiklash uchun mamlakat miqyosida zarur choralar ko'rish va uning oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruratini tug'dirdi. Bunday ishlarni amalga oshirish mamlakat miqyosida hisob-kitoblarni yuritishni taqozo etadi. Chunki, to'laqonli axborotsiz mamlakat iqtisodiyotini ma'lum bir yo'lga yo'naltirish va boshqarish mumkin emas. Shu davrdan boshlab, kapitalistik dunyodagi mamlakatlarda mamlakat miqyosida hisobotlar yuritish zarurati tan olindi va bu sohadagi ishlar keng ko'lamda rivojlana boshladi.
Shuni aytish joizki, yarim asrdan ortiq bo'lgan davrda dunyo mamlakatlarida hisobot tizimi uch evolyutsion bosqichni o'tab, to'laqonli hisobot tizimi sifatida shakllandi. Lekin, shunga qaramay, dunyo mamlakatlarida global miqyosda moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, XX-asrning oxiri va XXI- asrning boshlarida Amerikada yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz 2007-2008 yillarga kelib butun jahon mamlakatlarini o'zining domiga torta boshladi. Albatta, bu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan O'zbekiston ham chetda qolmadi. Chunki, “O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”1.
Bunday inqirozlarlarning kelib chiqishi va uning dunyo miqyosida tarqalib ketishining asosiy sabablaridan biri - birinchi navbatda mavjud hisobot tizimi tamoyillariga mos ravishda hisobot ko'rsatkichlarining ishlab chiqilmaganligi yoxud ularning keng ommaga oshkor etilmaganligi bo'lsa, ikkinchidan, hisobot tizimidan foydalanuvchilarning (siyosatdonlarning, xalqaro moliya institutlarining) mamlakat va jahon miqyosida kutilishi mumkin bo'lgan moliyaviy-iqtisodiy xavfni ko'ra bilmasliklari yoki ko'ra bila turib uning oldini olish chorasini ko'rmaganliklari hamda dunyo ahlini ogohlikka chaqirmaganliklaridir.
Shuni aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezident I.A.Karimov boshchiligida bu sohada o'ta hushyor moliyaviy-iqtisodiy siyosatni yuritib, mamlakatga yopirilib kelayotgan iqtisodiy inqirizning oldi olindi. Inqiriz yetib kelishidan qarib 2 yil avval, mamlakat bank-moliya tizimining raqobatbardoshligini ta'minlash borasida tegishli choralar ko'rildi. Mamlakatda jahon moliya-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish, inqiroz davrida iqtisodiyot real sektori bazaviy tarmoqlarining iqtisodiy o'sish sur'atlarini barqarorligini ta'minlash, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari hamda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni qabul qilindi2.
Shuni ta'kidlash lozimki, samarali iqtisodiy siyosatni yuritishda milliy hisobchilikning qay darajada shakllanganligi muhim ahamiyatga egadir. Chunki, milliy hisoblar iqtisodiy siyosat yuritishda asosiy qurol hisoblanadi.
http://fayllar.org
Yüklə 13,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə