Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari



Yüklə 40,61 Kb.
səhifə10/11
tarix19.09.2023
ölçüsü40,61 Kb.
#122453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY KO\'RSATKICHLARI

8. Nominal va real YAIM.
Iktisodiyotda mavjud bo`lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni xisoblashni kiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaktning o`zida ishlab chikarilayotgan maxsulotlar mikdor va baxo darajalarining o`zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM mikdoriga bir vaktning o`zida xam ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning fizik xajmi, xam baxo darajaci o`zgarishi ta`sir ko`rsatadi.
Iktisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiktisodiy ko`rsatkichlarni takkoslama baxolarda xisoblashni zarur etib ko`yadi. CHunki, inflyatsiya iktisodiyotning real xolatini buzib ko`rsatadi. Iktisodiyotni taxlil kilish, muammolarni aniklash xamda boshkaruv karorlarini kabul kilishni kiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baxolarda xisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki takkoslama (bazis) baxolarda xisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farkli o`larok milliy iktisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chikarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga takkoslama baxolarda xisoblash kiyin. SHu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muxim tovarlar va xizmatlar baxosining o`zgarishi koeffitsienti ( baxolar indeksi) xisoblab topilib olingan natija butun milliy iktisodiyot uchun tadbik etiladi.
Baxolar indeksini yoki inflyatsiya darajasini xisoblash uchun:
- deflyator (Paashe indeksi);
- iste`mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chikarish baxolari indekslari xisoblanishi lozim.
Deflyator ko`rsatkichi kuyidagi formula bilan xisoblaganadi:
å Qi1 Pi1
Deflyator = ------------- 100
å Qi1 Pi0
Bu erda: i – deflyatorni xisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar xajmi mikdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko`ylak va x.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — maxsulotning shu yilga baxosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – maxsulotning bazis yildagi baxosi.
Deflyatorni xisoblash shartlari:
- odatda o`tgan yilga nisbatan xisoblanadi;
- bozor savati joriy yilda aniklanib keyingi yillarda o`zgartirilishi mumkin;
- bozor savatiga xam iste`mol ishlab chikarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YAIM dagi ulushi katta kismini tashkil kilishi kerak;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar xajmlari o`rtasidagi nisbat ularning YAIM dagi ulushlari o`rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.

Yüklə 40,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə