«milliy istiqlol g’oyasi»



Yüklə 43,81 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü43,81 Kb.
#139296
1   2   3   4
Falsafani o\'rganish jarayonida milliy g\'oya va istiqlol mafkurasining nazariy asoslarini egallash zarurati

Oila jamiyatnine negizi. Bizning davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin. Bunda o`zaro hurmat va qattiq tartib bo`lmasa, oilaning barcha a`zolari o`z burchlarini ado etmasa, birbiriga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko`rsatmasa, yaxshi yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o`zining ko`p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo`ladi, oilada dekratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talabehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O`zbeklarning aksariyati o`zining shaxsiy farovonligi to`grisida emas, balki oilasining, qarindosh-uruglari va yaqin odamlarining, qo`shnilarining omon-esonligi to`g`risida gamxo`rlik qilishni birinchi o`ringa qo`yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma`naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Mustaqil o`zbek davlati — xalqimizning tarixiy yutushdir. O`z davlati bilan faxrlanish va fuqarolarning vatanparvarligi jahondagi ko`pgina mamlakatlarning ilgor marralarga chiqib olishida yordam bergan. Mamlakatimiz tuprogida yashab turgan va o`zini vatanparvar deb xisoblagan xar bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrabavaylashi shart.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo`yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o`rtaga qo`yilgan maqsadlarga erishish o`zlariga bogliq ekanligini, ya`ni bu narsa ularning sobitqadam g`ayratshijoatiga, to`lato`kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bogliq ekashshgini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, gullabyashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o`rinni egallashi — biz ko`zlayotgan oliy maqsaddir. Bunga Mustaqil O`zbekistonning Konstitusiyasi huquqiy kafolat bo`lib
xizmat qiladi.
4.Milliy istiqlol g`oyasini faqat shu fanni o`rganish asosidagina egallash mumkin deb qarash bir tomonlama va noto`g`ri tasavvurdir. Aksincha, milliy istiqlol g`oyasi bilan barcha fanlar, xususan, falsafa, ijtimoiy Qtisod, ijtimoiysiyosiy fanlar uzviy bogliq. Bu fanShng qanday royaga asoslanishi, ularni o`qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga qanday g`oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun ahamiyatlidir. Ayniqsa, mustabid tuzum davrida bu fanlarni o`ta mafkuralashtirib, xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish yo`li, milliymadaniy merosiga, qadriyatlariga ham «sinfiy» manfaatlar «kommunistik g`oya» talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga olish kerak. Natijada, O`zbekiston xalqi hayoti, tarixi «o`zga xalhlar tarixi»ni o`rganishdan iborat bo`lib qolgandi. Milliy madaniyat, qadriyatlar o`rnida soxta baynalmilallashtirilgan, mohiyatan milliylikni e`tirof etmaydigan, milliy hadriyatlardan begona shaklan milliy, mazmunan sosialistik bo`lgan prinsipga bo`ysundirilgan edi. Butun ta`lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyma`rifiy ishlar, adabiyot va san`at, ijod uchun «sosialistik realizm» muhim mezonga aylangan, to`grirogi, aylantirilgan edi. Shunga javob berish va shunga amal qilinishi shart edi. Bu barcha ijtimoiygumanitar fanlarning bir xil qolipga solinishiga, yagona kommunistik g`oya va mafkuraning targ`ibotchisiga aylanishiga olib keldi. Oqibatda, ijtimoiysiyosiy fanlar rivojlanishdan to`xtadi. Fanlarning erkin rivojlanmasligi oqibatida ularnint samaradorligi keskin pasayib borganligi ma`lum.
Bugun milliy istiqlol g`oyasining boshqa fanlar bilan munosabati to`trisida fikr yuritilganda, avvalo, uni kommunistik g`oya prinsiplaridan tub farqini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, fikrlar xilmaxilligi, g`oyalar xilma xilligi prinsipiga asoslanish, xalqning milliymadaniy merosi va qadriyatlariga tayanishi hamda umumbashariy prinsiplarni e`tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun keng imkoniyat beradi. Ikkinchidan, har bir fan yo`nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g`oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol g`oyasining tarixiy negizlarini — tarix orqali, falsafiy jihatlarini — falsafa, iqtisodiy asoslarini — iqtisod, diniy asoslarini — dinshunoslik adabiyot va san`at bilan bog`liq tomonlarini o`rganish orqali milliy g`oya kishilarning ishonch va e`tiqodiga aylanib boradi. Boshqa fanlar ham o`z predmeti, maqsad va vazifalari bilan shu mushtarak maqsadga xizmat qilishi tabiiy.
Milliy istiqlol g`oyasini alohida fan sifatida o`rga esa uning o`ziga xos xususiyatlarini, ishonch va e`tiqodga aylanish bilan bogliq qonuniyatlarining mavjudligini anglatadi. Uni alohida o`rganish yuqorida qayd etilgan fanlarning bevosita vazifasiga kirmaydi. Shu ma`noda, milliy istiqlol g`oyasi bilan bogliq bo`lgan qonuniyatlarni o`rganish uning o`ziga xos jihatlarini bilish O`zbekiston xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega. U quyidagi yo`nalishlarda o`zining aniq ifodasini topadi:
— Milliy istiqlol g`oyasi O`zbekistonning har bir fuqarosni O`zbekiston xalqlari, o`zbek xalqi hayoti, ma`naviyruhiy, madaniy merosi, milliyma`naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiradi, uning mazmun va mohiyatini anglashga undaydi. Bu g`oya ularda milliyma`naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni qadrlash tuyg`ularini shakllantiradi va mustahkamlaydi;
— Milliy istiqlol g`oyasi prinsiplarining har bir fuqaroning ishonch va e`tiqodiga aylanishi, kishilarning xattiharakati va faoliyati orqali mamlakat oldida turgan maqsadlarni birgalikda amalga oshirish uchun ularni mushtarak maqsadlar atrofida jipslashtiradi, ma`naviyruhiy kuchquvvat beradi;
-yot, zararli, begona g`oyalarning ta`siridan saqlaydi, mavkuraviy immunitetni oshiradi. Prezidentimiz aytganlaridek «fikrga qarshi fikr bilan, g`oyaga qarshi g`oya bilan, jaholatga qarshi faqat ma`rifat bilan» kurashishni talab etadi. Chunki, o`zining mustaqil fikri, g`oyasi bo`lmagan odam yot va begona, yovuz g`oyalarga qarshi kurasha olmaydi;
-Milliy istiqlol g`oyasini o`rganish orqali inson turli xil royaviy ta`sirlarning maqsad va muddaolarini birbiridan farqlay oladi. Fuqarolarda, xususan, yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy o`zligini anglashi milliyma`naviy qadriyatlarga bo`lgan soglom muhitni shakllantiradi va uni hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi;
- Milliy istiqlol g`oyasini o`rganish, milliy gurur, avlodlarga munosib vorislar bo`lish, ular bilan faxrlanish va ularga o`xshab o`z Vatanining ravnaqiga munosib hissa kushish bilan bogliqdir. Hozirgi zamon ilmfan yutuqlarini egallash, fan va texnologiyalarni o`zlashtirishga da`vat etadi.
Vatanparvarlik tuygularini oshiradi. O`z xalqiga va
millatiga bo`lgan sadoqatini mustahkamlaydi. Kelajak avlodlar oldidagi mas`uliyatni oshiradi. O`zbekistonning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotga ega bo`lgan mustaqil mamlakat sifatida dunyo hamjamiyatida o`ziga xos o`ringa va nufuzga ega bo`lishi uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga xizmat qiladi.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurilishida uning ahamiyati doimo oshib boradi. Chunki, dunyoda turli xil g`oyalar, turli xil maqsadlar mavjud bo`lar ekan, milliy istiqlol g`oyasi tizim sifatida amal qilishi kerak. Shunda, O`zbekiston o`zining tadrijiy rivojiga ega bo`ladi. Milliy g`oya hayot o`zgarishlari bilan bouliq holda doimo yangi-yangi muammolarga duch kelishi mumkin. Har bir davr, zamon va makon o`zgarishlari, unga bo`lgan ishonch va e`tiqod zaruratini doimo saqlab qoladi. Faqat uni yangi sharoitda yangicha yondashuv, yangicha texnologiyalarni joriy etish asosidagina odamlar ongi va tafakkuri, ishonch va e`tiqodi bilan bogliq ma`naviyruhiy olamining negizi bo`lgan milliy istiqlol g`oyasi uzluksiz ravishda mustaqillikni mustahkamlashga va rivojlantirishga shartsharoit yaratadi.
Demak Prezident I.A.Karimov ta`kidlaganidek «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g`oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik ziyolilarimiz, ilmfan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma`naviyma`rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko`tarishlari zarur»`.

Yüklə 43,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə