Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə26/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

Kaliforniya hindilari. AQSHning Kaliforniya, qisman Nevada ham Yuta shtatlarida yaqin davrlargacha turli tillarda gapiradigan, ammo xo’jalik-madaniy birlikka ega bo’lgan qabilalar yashaganlar. Ular dehqonchilikdan bexabar bo’lsa-da, ovchilik va terimchilikka asoslangan an'anaviy xo’jaligi barcha zarur narsalar bilan ta'min qilib kelgan. Bu yerning tabiati mevali dub daraxtining juda ko’p turlarini, har xil yemishli o’simlik va ildizlarni, yowoyi lobiyo, piyoz, yong’oq, daryo va dengiz hayvonlari kabi nihoyatda boy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bergan.
Mahalliy hindilar, ayniqsa, dub mevalarini tozalab, quritib, yanchib, uning unidan atala pishirganlar. Dub mevasi uni asosiy taom bo’libgina qolmay, qabilalar orasidagi savdo mahsulotlari-ning muhim sohasi ham hisoblangan. Ular har xil o’rmon o’simliklarining urug’lari, dengiz sohillari va ichki daryolardan molluskalar, qisqichbaqa, baliq va boshqa jonivorlarni hamda suv o’simliklarini iste'mol qilganlar. Barcha qabilalar uchun oziq-ovqat yil bo’yi tabiatda mavjud bo’lsada, ularni yig’ib-terib ishlab chiqarish uchun doimiy mehnat talab qilingan. Asosiy ishlab chiqarish qurollaridan ovchilikda o’q-yoy, baliqchilikda sanchqi, savat, yaxlit daraxtdan o’yib yasalgan kema. Butun Kaliforniyada zo’r mahorat bilan savat to’qish keng tarqalgan. Ildiz va urug’larni yig’ib-terish uchun oddiy uchi yo’nilgan yog’ochdan foydalanilgan. Tosh pichoq,

396 6er


KJapanr: CeaepoaMepHKaHCKHe


237
turli chig’anoqlar, munchoqlar boylik hisoblangan. Asosiy kasbi terimchilik bo’lganligi tufayli mehnat taqsim qilinmagan. Lekin ovchilik bilan faqat erkaklar shug’ullanishgan.
Shimoliy Kaliforniya hindilari yarim yerto’lalardan iborat kichik qishloqlarda yashaganlar. Qolganlari ko’chib yurishga qulay bo’lgan daraxt qobig’i bilan yopilgan konus yoki gumbaz shaklida-gi chaylalarda istiqomat qilganlar. Deyarli barcha qabilalar kiyimsiz yurganlar, ammo bayramlarda juda ko’p bezaklar taqil-gan. Qizlar faqat voyaga yetgandan keyin o’simlik tolasidan yubka yoki teridan etakcha kiyganlar, erkaklar esa bug’u terisidan qilingan belbog’ bilan cheklangan. Sovuqda egniga teri yoki ko’rpacha yopinganlar.
Shimoliy va markaziy hindilarning ijtimoiy tuzumida qishloq jamoasi, ko’pchiligida fratrial tuzumi saqlanib kelgan. Ona urug’idan patriarxatga o’tish munosabatlariga xos tartiblar kuchli bo’lgan. Vohalardagi va tog’ etaklaridagi hindilar yirik qishloqlarda joylashgan bo’lib, ancha rivojlangan ijtimoiy va siyosiy tuzumga, murakkab diniy tizimga ega bo’lganlar. Totemizm va shomonizm keng tarqalgan. Shomoniylik chuqur o’ylanilgan marosimlar va davolash usullariga ega bo’lgan. Har qishloqda maxfiy jamiyatlar mavjud bo’lib, ommaviy marosim-lar (har xil o’yinlar, tantanalar, bezakli kiyimlar bilan) namoyish qilingan. Ibodat marosimlarida ijro etiladigan o’yinlarda har kim o’z boyligini ko’rsatishi mumkin bo’lgan. Janubiy Kaliforniya qabilalarida o’spirinlarni urug’ a'zoligiga o’tkazish va boshqa diniy marosimlarda kayf yoki qayt qiladigan o’tlarni iste'mol qilish odat bo’lgan.
Yevropalik istilochilar XVIII asr o’rtalaridan o’z ta'sirlarini kuchaytiradilar. Ular dastlab sohilga yaqin vodiylarda missionerlik makonlarini o’rnatganlar, hindilar bilan aloqani mustahkamlab, o’z makonlariga jalb qilib nasroniylashtira boshlaganlar. Mazkur alo-qalar hindilarning turmush tarzini yemirib, og’ir kasalliklarning ta-rqalishiga sabab bo’lgan. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar minglab hindilarning yostig’ini quritgan.
1848-yilda Kaliforniyada oltin topilgandan keyin, mahalliy aholining hayotida eng qorong’u kunlar boshlanadi. Ko’plab kela boshlagan oltin izlovchilar hindilar qishloqlarini talon-taroj qilib ketganlar. 1850-1880-yillar ichida bo’lib o’tgan urushlar natijasida ojiz, begunoh hindilarga qarshi chinakam ov boshlangan va ularni
vahshiyona qirib tashlaganlar. Agar 1770-yilda 138 mingdan ortiq hindilar mavjud bo’lgan bo’lsa, XIX asrning oxirlariga kelib deyarli o’n hissa kamaygan. Rasmiy ma'lumotlarga binoan, hozir Kalifor-niya shtatida 40 mingga yaqin mahalliy hindilar (butun shtatda 18 mln. aholi) yashaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə