Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§ 1. g’ARBIY YEVROPAMNG ROMAN-GERMAN VA ANGLO-SAKSXALQLAM



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə34/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§ 1. g’ARBIY YEVROPAMNG ROMAN-GERMAN VA ANGLO-SAKSXALQLAM
Yarim milliardga yaqin hozirgi Yevropa xalqlari butun jahon madaniyati tarixida muhim rol o’ynagan. Ular eng qadimgi zamonlarda, ayniqsa, ko’hna Gretsiya va Rim davrlaridan boshlab deyarli olamga tarqalgan bugungi Yevropa madaniyatiga asos sol-gan elatlarning avlodlaridir. Bu qadimiy madaniy meros, buyuk geografik kashfiyotlardan keyin uyg’onish davrlaridan boshlab sivilizatsiyaning gurkirab o’sishi natijasida qayta tiklanib, boshqa qifalarga ham tarqalgan edi. Zamonamiz madaniyatini Yevropada paydo bo’lgan qadimgi Gretsiya va Rim madaniyatlarisiz tasawur qilish qiyin. XIX asrning mutafakkirlaridan birining ta'rificha «... Qullik bo’lmaganda, grek davlati, grek san'ati va grek fani ham bo’lmas edi; qullik bo’lmaganda Rim davlati ham bo’lmas edi. Gretsiya bilan Rim qurib bergan poydevor bo’lmaganda esa hozirgi Yevropa ham bo’lmas edi».
Qadimgi davrlardan Yevropa inson yashashi uchun nihoyatda qulay sharoitga ega bo’lgan. Uning boshqa qit'alardan farqi shun-dan iboratki, mamlakatlar orasida tabiiy g’ov hisoblangan baland tog’lar va bepoyon sahroyu dashtlar yo’q, aksincha ko’pchiligi zich aholiga ega bo’lgan davlatlar bir-birlari bilan serunum tuproqli vo-diylar va o’rmonli adirlar orqali chegaradosh. Yevropaning eng shimoliy qismi (Shpesbergen sohillari) Subarktika yoki hatto, Arktika kengligiga yetsa, janubiy qismi esa (Krit orollarigacha) subtropik poyasiga taqaladi (taxminan 5 ming km. uzunasiga). Kengligi g’arbdan sharqqacha, ya'ni Pireney yarim orolining Atlantika sohillardan Bolqon yarim oroli, Qora dengiz sohillariga (3100 km.ga)cha cho’zilgan.
Yevropada odamning uzoq davrlarda paydo bo’lishi, aholining zichligi, sanoat va qishloq xo’jaligining gurkirab o’sishi uning tabiiy sharoitining ancha o’zgarishiga sabab bo’lgan. Yevropaliklarning hayotida va tabiatida yirik sanoat markazlarining shakllanishi, bir-biriga chatishib ketgan ekin dalalari va qishloqlarning, sun'iy o’rmonlar va turli transport vositalarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Hozirgacha Yevropa mamlakatlarining ko’pining okean va dengizlar bilan bog’liq bo’lishi, ularning iqtisodiyoti va madaniyatida katta rol o’ynab kelmoqda. Ayniqsa,
262
dengiz savdosi, okean va dengiz mahsulotlaridan foydalanish bu mamlakatlarning taraqqiyotiga beqiyos ta'sir qilib kelgan.
Yevropada kema suzadigan qulay daryolar ham ko’p. Volga, Du-nay, Visla, Oder, Elba, Reyn, Sena, Luora, Po, Rona kabi daryolar mamlakatlararo muhim aloqa vositasi vazifasini bajaribgina qolmay, xalq xo’jaligining turli sohalarida keng foydalanib kelingan. Ayniqsa, eng katta daryolardan Volga, Dunay, Reyn, Rona, Oder va Visla bir necha mamlakatlardan oqib o’tib, ularni iqtisodiy jihatdan bog’lab kelgan. Ular Shimoliy Baltika, o’rta yer dengizlarigacha olib chiqadigan, kema suzadigan muhim arteriya vazifasini bajarib kelmoqda. Qifaning iqlimi har xil bo’lib, shimolda Skandinaviya tog’liklaridagi tundra sovuqlari, Dunay dashtlaridagi jazirama issiq va o’rta dengiz sohillaridagi mayin iqlimli tabiat mahalliy aholi-ning xo’jalik faoliyati va turmush tarzida o’z aksini topgan.
Mazkur mintaqaning o’simlik va hayvonot dunyosi ko’p asrlik xo’jalik faoliyati tufayli awalgi davrlarga nisbatan tubdan o’zgarib ketgan. Asrlar davomida qadimiy o’rmonlarni ayovsiz kesish hisobiga bepoyon ekin maydonlarini vujudga keltirilishi ko’pgina botqoqliklarning quritilishi, boshqa qifalardan yangi o’simlik turla-rini olib kelib ko’paytirish va sun'iy o’rmonlar yaratish natijasida tubdan yangi bir tabiiy manzara paydo bo’lgan. Ayrim Yevropa mamlakatlarida o’simlik turlarining o’ndan to’qqiz qismi o’zgarti-rilgan. Albatta, shimoliy sovuq hududlarda, masalan Skandinaviya mamlakatlarida, o’rmon va ekinzorlar janubiy subtropik hududlar-ga nisbatan ancha farq qiladi. Janubiy qismida, masalan, o’rta dengiz va Dunay sohillaridagi vodiylar, Markaziy Yevropa tekisliklarida eng qadimiy dehqonchilik va chorva markazlari joylashgan. Butun serunum tuproqli yerlar eski o’rmon va daraxtzorlardan tozalanib ekin dalalariga, tog’ yon bag’irlari mol boqadigan yaylovlarga ay-lantirilgan. Hozir Yevropa hududining taxminan uchdan ikki qismini tabiiy va sun'iy yaratilgan o’rmonlar egallaydi. Ammo ular nihoyatda notekis joylashgan. Masalan, agar Finlandiya va Shvetsiya hududining yarmini o’rmonlar egallasa, boshqa mamla-katlarda (Angliya, Daniya, Niderlandiya va hk.) o’ndan ikki qismini qoplaydi. Sanoatning o’sishi, shaharlarning ko’payishi, temir va avtomobil yo’llarning taraqqiyoti, hatto noqulay unumdorligi past yerlarni o’zlashtirishga majbur qilgan. Yevropaning qurg’oqchil yarim orollarida sug’orishga asoslangan dehqonchilik paydo bo’lgan va hozir ishlov beriladigan yerlarning har uchinchi gektari sug’oriladi.
263
Yevropaning hayvonot dunyosi ham florasi kabi o’zgaruvchan. Qifada muz davrigacha boy tropik fauna mavjud bo’lgan, ammo iqlimning sovishi bilan issiqqa o’rgangan hayvonlarning ko’p qismi qirilgan, anchasi janubiy iliq o’lkalarga ketib qolgan, bu yerda sovuqqa moslashgan jonivorlar (mamontlar, kuchli karkidonlar, qo’chqor buqalar, g’or ayiqlari va hokazo) paydo bo’lgan. Ularning ko’pchiligi tarixiy davrlarda yo’qolib ketgan, ayrim qismi o’rta asrlargacha yetib kelgan, qolganlari qirilib ketgan. Hozirgi hayvonot dunyosi muz davri tugagandan keyin paydo bo’lgan iqlim va o’simliklarga moslashgan, Arktika orollaridagi qashshoq tundra o’simlik dunyosiga xos ayrim hayvonlardan bug’ular, sohil suvlarida tulenlar, har xil baliqchi qushlar saqlangan. Yevropa o’rmonlarida har xil tuyoqli va yirtqich hayvonlar, ovlanadigan va sayraydigan qushlar, ayiq va yowoyi cho’chqa, mo’yna, kiyik, bo’ri, tulki va boshqa turli jonivorlar ko’plab yashagan. Ammo o’rta asrlardagi qirol va ritsarlarning ommaviy sayillari ko’p hayvonlarning urug’ini quritgan. Ayniqsa, Janubiy Yevropada yowoyi hayvonlar ko’proq qirilgan. Oqibatda Yevropaning qadimiy faunasidan nom-nishon de-yarli qolmagan. Faqat ayrim hayvonlarning turlari hozirgi hayvo-not bog’larida sun'iy ravishda saqlanib kelinmoqda. Uy hayvonlari-dan qo’y, qoramol, cho’chqa, parrandalarni parvarish qilish qishloq xo’jaligining muhim sohasiga aylangan.
Tabiiy-geografik jihatdan Yevropa qifasining geologik tarixi, relyef va iqliminingumumiy belgilari, biologik birligi, suv zaxiralari tabiiy sharoitlarga qarab bir necha muzofotlarga bo’lingan. Etnografik klassifikatsiyaga binoan Yevropa mamlakatlari to’rt guruhni tashkil qiladi: Shimoliy Yevropa (Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya, Daniya va Islandiya), Sharqiy Yevropa (Polsha, Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Ukraina, Bellorusiya, Albaniya), g’arbiy Yevropa (Ang-liya, Irlandiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Shveytsariya, Avstriya, Manako va Lyuksemburg) va Janubiy Yevropa (Portuga-liya", Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Gibraltar, Malta, San-Marino). Tarixiy jihatdan bu mamlakatlar nihoyatda murakkab turli voqealarga boy davrlarni bosib o’tgan, jahon miqyosida Buyuk geografik kashfiyotlar va Uyg’onish davridan, keyin butun insoniyat taqdirini belgilab bergan olamshumumul hodisalarning sababchisi va guvohi bo’lgan. Ammo eng qadimiy yuksak madaniyat o’chog’i bu yerda emas, miloddan awalgi V-III ming yilliklarda Shimoliy
Afrika, Janubiy (g’arbiy va Janubiy) Osiyo hududida paydo bo’lgan. o’sha davrlarda Yevropada ovchilik va terimchilik bilan shug’ullangan ibtidoiy qabilalar yashagan.
Insoniyat Janubiy Yevropa va uning o’rta qismini eng qadkniy davrlardan o’zlashtira boshlagan. o’tgan asrda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, aksariyat Yevropa mamlakatlarida ilk paleolit davridan odamlar yashagan. Fransiya g’orlarida topilgan tosh qurollar, arxeologlarning ta'rificha, bu yerda ketma-ket paleolit madaniyati shakllanib kelganligini tasdiqlaydi.
Ibtidoiy ajdodlar dastlab yirik hayvonlarga ov qilib kun kechirganlar, g’orlarda, chayla va yerto’lalarda yashaganlar, tosh-lardan, yog’och va suyakdan turli qurollar yasaganlar, teridan ki-yim tikishni bilganlar. Ular kichik urug’ turkumlarga bo’lingan, qoyalarga rasmlar chizishgan, turlicha xo’jalik shakllari yaratgan-lar. Masalan, Baltika bo’ylarida asosan, baliqchilik (maglemos ma-daniyati), Shimoliy dengiz sohillarida dengiz terimchiligi (kyokke-meding madaniyati), ichki hududlarda bug’u ovchiligi (tardenuaz, svider kabi maxlaniyatlar) xo’jaliklari paydo bo’lgan.
Yevropa madaniyatining keyingi rivojida neolit davri katta ahamiyatga ega. Miloddan awalgi IV-II ming yilliklarini o’z ichiga olgan bu davr tosh qurollarni ishlab chiqarishning takomillasMshi, o’q-yoyning kashf etilishi, kulolchilik va to’qimachilikning paydo bo’lishi, asta-sekin dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklarining vujudga kelishi, o’troq aholiga xos qishloqlarning tashkil topishi bilan belgilanadi. Turli hududlarda mahalliy tabiiy sharoitga moslashgan madaniyatlar shakllanadi. Ammo turli madaniyat yaratgan elatlarning qaysi tillarda gapirganligi hozirgacha noaniq. Faqat miloddan awalgi ikkinchi ming yillikdan boshlab butun Yevropa qifasiga hind-yevropa tillarida gapiradigan qabilalar tarqala boshlaydi. Ular asta-sekin janubda Bolqon yarim orolini va Krit orolini, keyin (miloddan awalgi 1 ming yilliklarda) Italiyaning ko’p qismini egallaydilar. Eng katta to’lqin (kelt qabilalari) g’arbiy Yevropaga yetib hozirgi Fransiya va Belgiyaga joylashgan. Pireney yarim oroliga kelgan keltlar iberlar bilan aralashib «keltiber» aholisiga asos solgan, Britaniya orolini egallagan.
Shunday qilib, hind-yevropa tillari eramizdan awalgi II-I ming yilliklarda butun Yevropaga tarqalgan. Ammo bu tillarning asli kelib chiqishi qanday ekanligi haligacha qorong’i. Keyingi xalqlarning buyuk ko’chishi davrida kb'hria Yevropa aholisi yana ham ko’proq
aralashib ketgan. Sharqdan ko’chib kelgan gunlar, avarlar, bulg’or va vengerlar mahalliy hind-yevropa xalqlarini harakatga keltirgan. o’sha davrda german qabilalari g’arb tomon siljib keng hududda joylashgan, Dnepr va Visla vohalarida yashagan slavyan qabilalari esa Bolqon yarim oroliga va Sharqiy Yevropaga ko’chib kelib o’rnashgan. Bu etnik jarayon keyin ham davom qilib, hozirgi Yevropa xalqlarining shakllanishiga asos seigah edi.
Yevropa xalqlarining ko’pchiligi hind-yevropa-slavyan, german, roman va kelt tillarida gapiradilar. Slavyan til turkumiga g’arbiy slavyanlardan chexlar, slovaklar, polyaklar va janubiy slavyan-lardan serblar, bolgarlar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedoniyaliklar va bosniylar; sharqiy slavyanlarga esa ruslar, beloruslar, ukrainlar kiradi. Roman til turkumiga janub va g’arbda yashovchi italyanlar, fransuzlar, vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldovanlar kiradi. Qadimgi davrda keng tarqalgan kelt tilida gapiradigan elatlarning avlodi hozir faqat Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va Fransiyaning Bretan yarim orolida yashaydi. Keltlarning ko’p qismi Rim imperiyasi hukmronlik qilgan davrda roman tillari bilan aralashib, keyinchalik german qabilalari tarqalishi bilan german tiliga singib ketgan. German xalqlariga nemislar, avstriyaliklar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, islandlar, inglizlar va qisman shveytsariyaliklar kiradi. Hind-yevropa tillarida greklar va albanlar ham gapiradi. Vengerlar yoki madyarlar, finnlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga mansub. Bolqon yarim orolida yashovchi turklar va gagauzlar esa turkiy tillarda gapiradilar. Faqat Malta orolida arab tili saqlangan.
Eng yirik xalqlarning etnik tarixi to’g’risida qisqacha gapirib o’tish zarur. g’arbiy slavyanlardan polyaklar X asrga kelib polyaklar, vislyanlar, pomoryanlar, mazovsha va sileziyaliklardan tashkil topgan davlat hududida xalq sifatida shakllangan. o’sha davrlarda Buyuk Moraviya knyazligi chegarasida chex, slovak, morava qabilalari birlashib hozirgi Chexiya va Slovakiya xalqlari-ga asos solgan edi. Ammo XI asrlardan boshlab XX asrgacha slovaklar venger davlati tarkibiga kirgan. Chex va morava qabilalari birikmasidan tashkil topgan chex xalqi XIII-XVI asrlarda nemislarning mustamlakasiga aylandi, XVII asrlardan boshlab Avstriya davlatiga qo’shiladi. o’sha davrda ularga nisbatan nemislashtirish siyosati amalga osbirilgan. o’z navbatida Vengerlar slovaklarni madyarlashtirishga intilganlar. Faqat 1918-yilda
Chexoslavakiya davlatiga asos solingandan keyin mustamlakachi-lik ta'siridan qutulgan chexlar mustaqil rivojlana boshladi. Chexoslovakiya o’tgan asr oxirlariga borib ikki yangi davlatga bo’linadi. Yaqinda ikkiga bo’linib chexlar va slovaklar o’zining mil-liy davlatiga ega bo’ldilar.
Hozirgi bolgar xalqi V-VI asrlarda Bolqonga kelgan janubiy slavyan qabilalari bilan mahalliy frakiy aholisi harada VII asrlarda sharqdan bosib kirgan va o’z nomini bergan turkiy tildagi ko’chmanchi bulg’orlarning aralashishi natijasida paydo bo’ladi.
Yugoslaviya xalqlarining slavyan ajdodlari VII asrlarda juda keng hududda Qora dengiz qirg’oqlaridan Adriatikagacha joylashgan. Ular qadimiy mahalliy illiriya va frakiyalik roman xalqlari bilan to’qnashib qisman siqib chiqargan yoki aralashib ketgan. Ammo Yugoslaviya xalqlari ketma-ket Vizantiya, Vengriya, Avstriya, Turkiya davlatlari tomonidan istilo qilinib, faqat 1918-yilda mustaqil davlat bo’lib birikadilar.
Miloddan awalgi 1 ming yillikka oid yozma manbalarda tilga olingan Dunay qirg’oqlarida yashagan qadimiy dakofrakiy qabilalari Rim imperiyasi davrida romanlashtirilgan. Lekin xalqlarning buyuk ko’chishi jarayonida ruminlarning madaniyatida slavyanlar chuqur iz qoldirgan. Til va madaniyati jihatidan ancha ajralib turadigan hozirgi vengerlarning ajdodlari asli Ural orqasida yashagan ugor xalqlari bilan bog’liq. IX asr oxirlarida Pannoniyada paydo bo’lgan ko’chmanchi-chorvador vengerlar mahalliy turli elat va xalqlar bilan aralashib, o’ziga xos etnosni hosil qiladi.
Hozirgi eng katta millatlardan hisoblangan nemislarning etnogenezida qadimgi elatlardan keltlar, so’ngra saks, bavar, turing, gess, frank kabi qabilalar muhim rol o’ynagan. X asrda nemislar ta'siriga tushgan Oder va Elba daryolari bo’ylarida yashovchi slav-yanlar ham nemislar bilan aralashib ketganlar. o’rta asrlar davrida tarqoq holatda yashagan nemis xalqi o’ziga xos madaniyat yaratgan.
German tiliga yaqin inglizlarning kelib chiqishida ham dastlab Britaniya oroliga ko’chib kelgan keltlar, milodning birinchi ming yilligi o’rtalarida joylashgan ko’p sonli german qabilalari-anglo-sakslar, yuta vafrizlar, keyinchalik qo’shilgan daniyaliklar, norveg-lar va ayniqsa, fransuzlashgan normanlar muhim o’rinni egallaydi.
Fransuz xalqining shakllanishida ham kelt tilida gapiradigan gallar asosiy rol o’ynagan. Ular eramizdan awalgi I asrlarda rimliklar tomonidan bosib olingan va romanlashtirilgan. Keyin
vestgot, burgund va frank kabi german qabilalari fransuz xalqining tarkibiy qismi bo’lib roman elatlari bilan aralashib ketgan, frank qabilalaridan esa fransuz xalqining nomi kelib chiqqan.
Italyan xalqiga dastavval eramizdan avvalgi 1 ming yillikda Appenin yarim oroliga kelib joylashgan italiy qabilalari, ayniqsa, latinlar asos solgan. Rim imperiyasi yemirilgandan keyin V asrlardan boshlab bir necha yuz yillar davomida varvar qabilalari bosib keladilar va yuksak madaniyatli italiyaliklarga qo’shilib singib ketadilar. Milodning ikkinchi ming yilligiga kelib, hozirgi italyan xalqi shakllana boshlaydi.
Pireney yarim orolida eng qadimgi aholi iberlar va basklar yashagan. Ular bilan miloddan awalgi 1 ining yillikda kelgan keltlar, keyinchalik Rim imperiyasi bosib olgandan so’ng lotin tilida gapiradigan elatlar aralashishi natijasida hozirgi ispan va portugal xalqlari paydo bo’ladi. Ammo hozir ham Pireneyda qisman Fransiyada yashovchi qadimiy basklarning avlodlari o’z tillarini saqlab qolganlar. Ular o’ziga xos ona tilidan tashqari qaysi mamlakatda yashasa, masalan, Ispaniyadagilar ispan tilini, Fransiyadagi basklar fransnz tilini ham to’liq egallaganlar.
Yuqorida ta'kidlanganidek, g’arbiy Yevropaning etnik qiyofa-sidagi milliy tuzilish murakkab va ko’p asrlik jarayon mahsulidir. Hozirgi davrda bu yerda 60 ga yaqin etnoslar yashaydi. Shulardan 38 tasi, ya'ni 67,5 foizi bir milliondan ziyod aholiga ega. Yevropa xalqlari boshqa qit'a xalqlariga qaraganda milliy jihatdan oldinroq shakllana boshlagan. XIX asrning o’rtalariga kelib ko’pchilik xakjlar millat sifatida asosan, o’z milliy davlati chegarasida shakllangan. Ayrim xalqlar (masalan, italyanlar va nemislar) XIX asrning 70-yillarga kelib, ba'zilari (Janubi-Sharqiy Yevropadagi Gabsburg va Usmon imperiyalari tomonidan asoratga solingan elatlar) birinchi jahon urushi tugagach milliy shakllanish jarayonini boshidan ke-chirgan.
Hozirgi Yevropa aholisining yarmiga yaqini (Daniya, Vengriya, Italiya, Polsba, Germaniya, Portugaliya, Islandiya, Gretsiya, Irlandiya va hk.) bir millatlik, ya'ni 95 foizdan ortig’i asosiy tub millat vakillari yashaydigan mamlakatlardir. Ayrim davlatlarda mayda millatlarning yirik guruhlari joylashgan (Fransiya, Bolgariya, Finlyandiya va Ruminiya), ba'zilari esa ko’p millatli mamlakatlar qatoriga kiradi. XX asr so’ngida ana shunday mamlkatlardan biri Yugoslaviya siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va etnik sabablarga ko’ra
268
parchalanib ketdi. Uning merosxo’ri sifatida besh mustaqil davlat Serbiya va Chernogoriya, Xorvatiya, Makedoniya, Bosniya va Ger-sogovina, Sloveniya jahon xaritasida paydo bo’ldi. Bugungi kunda ko’p millatli mamlakat hisoblanadigan Buyuk Britaniyada ingliz-lar, shotlandlar, irlandlar, uelsliklar, gallar; Ispaniyada ispanlar, katalonliklar, nalisiylar, basklar yashashadi.
g’arbiy Yevropaning turli qismlarida, ayniqsa, chegaradosh hududlarda, aralash etnik guruhlar, ko’p millatli viloyatlar ham uchraydi. Ammo ko’p mamlakatlarning milliy lingvistik tuzilishi ancha yaxlit. Yarim milliardlik mintaqa aholisining asosiy qismi (95 foizi) hind-yevropa tillarining vakillari bo’lib, ular to’rtta til oilalariga-german, roman, slavyan va kelt tillariga mansubdirlar. Bu tillardan eng kattasi 17 xalqdan iborat gennan guruhi bo’lib, unda 178 mln.ga yaqin kishi gapiradi va u bir necha yirik shevalarga bo’linadi. Nisbatan ancha yaxlit hisoblangan roman til guruhiga kiradigan 15 ta xalq (177 mln. kishi) zich joylashgan. Slavyan tillarida (g’arbiy va janubiy slavyanlar) gapiradigan 11 ta elatning soni taxminan 79 mln. kishi. Juda kam aholiga ega bo’lgan keltlar (7,4 mln. dan ortiq) Yevropa xalqlarining eng qadimiy avlodlari hisoblanadi.
Hind-yevropa til oilasiga kiradigan qadiiiigi frakiya (illiriya)-liklarning avlodlari hisoblangan albanlar (4,9 mln. kishi) va qadimgi davrdagi yunonlar bilan o’rta asrlarda shimoldan ko’chib kelgan slavyanlar va albanlar bilan aralashib ketgan hozirgi greklar (10 mln. dan ortiq) mustaqil guruhga ajralib tilida va turmush tarzida o’ziga xos xususiyatlarni saqlab qolganlar. Butun Yevropaga mayda guruhlarga bo’linib tarqalgan lo’lilar (asli ular X-XII asrlarda Hindistondan kelib, XIV-XV asrlar davomida turli mamlakatlarga joylashgan) ham hind-yevropa tillarining vakillaridir. Daydichilik turmush tarziga o’rgangan lo’lilarning ko’pchiligi hozir Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va qisman Chexiya va Slovakiyada yashaydi.
Yevropa mamlakatlarida yashovchi yahudiylar asosan, o’sha mamlakatning tilida gapiradilar, ammo diniy ibodatda qadimiy yahudiylar tili (ivrit)dan foydalanadilar. Boshqa til oilalarining vakillaridan ural tili oilasiga mansub (taxminan 18 mln.) uchta xalq: finlar, vengerlar hamda ko’chmanchi lopar (saam)lar, turkiy til gurahiga tegishli Bolqon yarim orolidagi usmon turklari va gagauzlar o’z tillarida gapiradilar. Malta va Sitsiliya janubidagi Choko
orollarida yashovchi aholi semit til oilasiga mansub tunis shevasiga yaqin arab tili vakillaridir. Ammo ularning tillarida italyan va ingliz so’zlari ko’p uchraydi.
Yevropada qadimiy davrlardan mahalliy tabiiy sharoitga moslashgan yevropoid irqining hat xil tiplari joylashgan. Aslida bu yerda ikkita irqiy tip farqlanadi: oqtanli, malla rang sochli, ko’k ko’z (blondin) belgilari bilan ajralib turgan shimoliy yevropoid va qora sochli, qora ko’zli (brunet) tipidagi janubi yevropoid irqlari. Mazkur tiplaming o’rta tipi (shaten) ikkalasining belgilarini saqlagan. Keyinchalik Yevropaga mo’g’ullarning kirib kelishi ayrim etnoslarda qisman o’z ta'sirini qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid belgilariga ega bo’lgan loparlar misol bo’la oladi. Keyingi yillarda Yevropa mamlakatlarida, ayniqsa, Angliya, Fransiya va Germaniya Federativ respublikasida, ko’plab negroidlar paydo bo’lgan. Ularning ancha qismi mahalliy xalqlar bilan aralashib mulatlar guruhini yaratgan.
Xo’jalik hayoti va moddiy madaniyati. Nihoyatda murakkab et-nik jarayon Yevropa aholisining xo’jaligida va moddiy madaniyati-da ham o’z aksini topgan. Bu yerda yashovchi turli xalq va elatlar o’ziga xos umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda umumiy Yevropa madaniyatini yaratganlar. Yevropa xalqlarining xo’jalik shakllari deyarli bir xil. Chunki, butun Yevropa asosan, mo’tadil iqlimli zonada joylashgan. Eng qadimiy davrlardan neolit va bronza zamonida paydo bo’lgan dehqonchilik xo’jaligi barcha xalq va elatlarning iqtisodiyoti hamda turmushini belgilab bergan va ko’p asrlardan beri xo’jalik hayotining negizini hosil qilgan.
Qadimgi davrlardagi Yevropa nihoyatda yuksak xo’jalik mada-niyatini yaratgan edi. Ammo madaniyat darajasi quyi elatlar istilo-sidan keyin Rim imperiyasi yemirilib xo’jalik hayoti butunlay tush-kunlikka uchraydi. Albatta, ajoyib an'analar zamini kuchli bo’lgan-ligi tufayli qisqa muddat ichida o’rta asrlar iqtisodiyotida qaytadan tiklanish namoyon bo’ladi. Masalan, Italiya va Janubiy Fransiya vinochiligi, Angliyaning qo’rg’oshin konlari, Venetsiyaning shisha ishlab chiqarish sanoati qadimiy Rim va Vizantiya an'analarini o’rta asrlarda ham davom qildirgan. Lekin ilk o’rta asrlardagi umumiy iqtisodiy tushkunlik XIV-XVI asrlarga kelib muayyan tarixiy sabablarga ko’ra butun Yevropada sotsial iqtisodiy taraqqiyotni juda tezlashtirib xo’jalik jihatdan butun jahondagi mamlakatlarga nisba-tan oldinga o’tib olish imkoniyatini yaratib bergan edi. Shubhasiz,
uning iqtisodiyoti, yuqorida qayd qilinganidek, peshqadam bo’lishiga qifaning qulay geografik joylanishi, keng miqyosda dengiz sohillari va juda ko’p qulay aloqa vositasini bajaruvchi daryolar, nisbatan boy tabiiy sharoitning mavjudligi muhim rol o’ynagan. Oqibatda buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Yevropa mamlakatlari so’nggi to’rt asr davomida butun dunyodagi xo’jalikka bosh bo’lib, jahon kapitali bozorining rahbari bo’lib tanilgan. Faqat cheksiz musibat, qirg’in va xarobalik keltirgan ikkinchi jahon urushi tufayli, jahon bozori xo’jaligining peshqadami vazifasi AQSH bilan Yaponiyaga o’tdi.
Urushdan keyin Yevropada bir necha mustaqil mamlakatlarning paydo bo’lishi uning xo’jalik taraqqiyotiga muayyan ta'sir ko’rsat-di. Hozirgi davrda Yevropaning xo’jalik hayoti awalo uning indus-triyasi bilan belgilanadi. Jahondagi 22 ta eng yirik industrial davlatlarning 12 tasi ushbu mintaqada joylashgan: Belgiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya. Ammo ayrim davlatlarda boshqa sohalar rivojlangan. Masalan, Avstriya, Shveytsariyada sanoatga nisbatan xizmat ko’rsatish sohasi milliy daromadning asosini tashkil qiladi, Skandinaviya xo’jaligining hukmron sohasi baliqchilik hisoblanadi yoki Daniya, Niderlandiya, Fransiya va Vengriya rivojlangan sanoatga ega bo’lsa-da, eksport mahsulot yetishtiradigan yirik qishloq xo’jaligiga ega mamlakatlardir. Hozirgi Yevropa sanoatining barcha sohalari yuksak rivojlangan, ammo, eng yirik tarmog’i mashinasozlik hisoblanadi. Yevropadagi davlatlar hissasiga jahondagi mashina va uskunalar ishlab chiqarishning • uchdan ikki qismi to’g’ri keladi. Eng ko’p eksport mahsulotlaridan har xil stanoklar, elektrotexnika va to’qimachilik uskunalari ilmiy va nazorat o’lchov asboblari, yengil va yuk avtomobillari, traktor-lar va boshqa mashinasozlik tovarlari. Yevropa kemasozlik va maishiy elektronika (televizor, priyomnik va hk.) asboblarni eksport qilishda Yaponiyadan, samolyotsozlik, hisoblash mashinalari, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarishda AQSHdan orqada, xolos. Jahon bozorida Yevropaning mayda mashinasozlik mahsulotlari, AQSHning yirik mashinasozlik mahsulotlariga nisbatan yuqori turadi. Bu sohada Vengriya, Germaniya, Polsha, Chexiyaslovakiya mashinasozlik mahsulotlari jahon bozorida yuksak baholanadi.
So’nggi yillarda g’arbiy Yevropa ximiya sanoati nihoyatda tez sur'atlar bilan o’sa boshlagan, Yevropaning ayrim mamlakatlari
jahon bozorida plastik materiallar, sintetika va sun'iy tolalar, farmatsevtika, lak va bo’yoqlar, azot o’g’itlar kabi kimyo mahsulotlarini chiqarishda birinchi o’ringa ko’tarilgan. Ayrim mamlakatlar (Shveytsariya, Belgiya, Niderlandiya) tor sohada mutaxassislashsa-da, (asosan, farmatsevtika va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda), tashqi bozorga ishlab chiqarayotgan mahsulot-larining uchdan ikki qismini yetkazib beradi.
Yevropaning an'anaviy sanoat tarmoqlaridan metallurgiya, kemasozlik, to’qimachilik, tikuvchilik, shisha, chinni, ko’nchilik va poyabzal, o’rmon va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 70-yillarda ancha kamayib ketgan. Yevropaning g’arbida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ham kamayib sharqiy mamlakatlarda ancha o’sgan, oqibatda tekstil, tikuv, poyabzal va boshqa yengil sanoat mahsulotlarini keyingi yillarda g’arbiy yevropalik mamlakatlar sharqiy o’lkalardan import qilishga majbur bo’lyaptilar.
Hozirgi eng yirik sanoat sohalaridan oziq-ovqat ishlab chiqarish qishloq xo’jaligi bilan uzviy bog’lanib agrosanoat majmuasini tash-kil etmoqda. Mazkur jarayonning bugungi ahvoli va uning taraqqi-yoti qishloq xo’jaligining o’sish darajasi bilan bevosita bog’liqdir.
Nihoyatda zich aholiga ega bo’lgan g’arbiy Yevropa dehqon-chilikka mos yerlardan ancha siqilgan va unga muhtoj bo’lsa-da, yuqori mahsulotli qishloq xo’jaligini tashkil qilishga muyassar bo’lgan. Yevropa qishloq xo’jaligi aholining oziq-ovqatga, dastav-val inson uchun eng muhim bo’lgan go’sht, sabzavot va meva mah-sulotlariga ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratgan. Bu imkoniyatga qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni industirlashtirish, ximiyalashtirish va mexanizatsiyalash orqali erishilgan. JJmuman, Yevropada qishloq xo’jalik ishlab chiqarish sanoatga nisbatan sekinroq rivojlangan bo’lsa-da, urushdan keyingi yillar ichida uning hajmi o’rtacha ikki-uch hissa o’sgan. Ko’pgina Yevropa mamlakatlarida chorvachilikka alohida e'tibor qaratiladi. Hatto, dehqonchilik chorvachilikka bo’ysundirilib, yem-xashak yetishtirish asosiy-tarmoqqa aylangan. So’nggi yillarda yem-xashakka dehqon-chilik mahsulotlaridan tashqari baliqchilik mahsulotlari ham ishla-tilmoqda.
Yevropa dehqonchiligi mamlakatlar orasida ekiladigan ekinlari bilan bir oz farq qiladi, xolos. Misol, markaziy qismidagi mamlakatlarda asosan, bo’g’doy, arpa, suli, so’nggi asrlardan bosh-lab kartoshka; janubiy hududlarida, ayniqsa, Chexiyaslovakiyada,
Ruminiya va Bolgariyada makkajo’xori, Italiyada sholi va boshqa don hamda poliz ekinlari ekiladi, bog’dorchilik va uzumchilik juda keng tarqalgan. Janubiy Yevropada uzumzorlar, zaytun daraxti, anjirzorlar ko’p uchraydi. Gretsiyada paxta va tamaki yetishtirish muhim xo’jalik sohasi hisoblanadi. Shimolda qadimiy davrlardan uzumchilik, bodom va har xil mevalar ko’p yetishtiriladi. Zaytun ekinlari Ellinlar tomonidan Pireney yarim oroliga qadim davrlardan keltirib ekilgan, hozir Ispaniya zaytun yog’i ishlab chiqarishda jahonda birinchi o’rinda turadi, uzumzorlar maydoni bo’yicha ikkinchi o’rinda, uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarishda uchinchi o’rinda (aholi jon boshiga hisoblaganda vino ishlab chiqarishda Portugaliya birinchi o’rinda) turadi.
Chorvachilik hamma xalqlar orasida tarqalgan. Italiya, Karpat, Bolqon va Alp tog’li hududlarida qo’ychilik muhim xo’jalik sohasidir. Skandinaviya mamlakatlarida, fransuzlar, irlandiyalik-lar, valiylar va britanlarda qoramol chorvasi rivojlangan va shu asosda sut mahsulotlari ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Chorvachilikda asosan, go’sht va sut olinadi, turli yuqori sifatli mahsulotlar yetishtiriladi. Kelt xalqlari dehqonchilikda asosan, yem-xashak yetishtirish bo’yicha ixtisoslashganlar. Yevropada bug’uchilik bilan shug’ullanadigan yagona xalq saamlar hozirgacha yarim ko’chmanchi holatda yashaydi. Finlarning an'anaviy xo’jaligi qoramol boqish, go’sht, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat. Ularda erkin dalalarning uchdan ikki qismi yem-xashak ekinlari bilan band.
Dengiz sohillarida yashovchi norveglar, islandiyaliklar, gollan-dlar, shuningdek, Markaziy va Shimoliy dengiz aholisi-nemislar, inglizlar, grek va ispanlar hayotida baliqchilik eng muhim xo’jalik sohasi bo’lib, ularning asosiy tirikchilik manbaidir. Hunarmandchilikning badiiy sohalari har bir Yevropa xalqida qadimdan rivojlanib kelgan va ular asosan, shaharlarda sex tartibida joylashgan. Qishloqlarda esa dehqonchilik ehtiyojini qondiradigan kasblar rivojlangan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqari-shining paydo bo’lishi bilan yirik fabrika-zavodlar vujudga keldi.
Hozir an'anaviy mayda hunarmandchilikning badiiy sohalari, masalan, kulolchilik, shisha ishlab chiqarish, zargarlik, kashtachi-lik, musiqa asboblari va o’yinchoqlar ishlab chiqarish, gilam va palos to’qish kabilar ayrim mamlakatlarda saqlangan, xolos. Norveglar, shvedlar, nemislar, shveytsariyaliklar va avstraliyaliklarda yog’och
ustunlar, eshik, rom hamda uy-ro’zg’or buyumlariga o’yma naqshlar berish ancha rivojlangan.
Maishiy turmushning an'anaviy xususiyatlari ko’proq uy va uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim va taomlarda namoyon bo’lmoqda. Eng qadimiy zamonlarda paydo bo’lib hozirgacha o’sib kelayotgan sha-harlar Yevropaning o’ziga xos madaniyatini yuzaga keltirgan va butunjahonga tarqatgan. g’arbiy Yevropada urbanlashtirish tufay-li shaharlarda hozir butun aholining beshdan uch qismi joylashgan. Belgiya, Shvetsiya va Germaniya shahar aholisi beshdan to’rt qismini tashkil qiladi. Janubiy Yevropa mamlakatlarida sanoat jihatdan kam rivojlangan Portugaliya va Gretsiyada butun aholining taxminan 40 foizi shaharlarda joylashgan. Ayrim o’lkalarda shahar tipiga besh ming aholiga ega bo’lgan qarorgohlar (Niderlandiya, Avstriya, Belgiya), ayrim joylarda esa (Germaniya, Fransiya va Norvegiyada) ikki mingdan va ba'zilarida hatto ikki yuztadan ortiq aholiga ega bo’lgan qishloqlar (Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya) kiritilgan. Yevropa qishloqlari ham qadimiy davrlarda paydo bo’lgan. Ular o’zining joylashishi, qurilish tiplari va shakli bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Tor, zich, to’p bo’lib qurilgan uylardan iborat qish-loqlar o’tmishda Janubiy Polshada, Germaniyada, Ispaniyada, Bol-qon yarim orolida va boshqa yerlarda paydo bo’lgan. Chexlarda, ba'zan nemis va polyaklarda ham qadimgi chorva aholisining qo’ra tevaragida joylashganidek markazida maydonli doirasimon quril-gan qishloqlarni hali ham uchratish mumkin. To’g’ri ko’chali qish-loqlar kam bo’lgan. Ayrim mamlakatlarda uylari yo'l bo’yida qurilgan qishloqlar, xutor tipidagi ayrim hovlili qarorgohlar ham uchraydi. Qishloq markazida qad ko’targan cherkov tevaragida doirasimon shaklda tartibsiz qurilgan uylar ham saqlanib qolgan.
Qishloqlar hozir ham o’zining shakli va tiplari bilan farqlanadi-lar. Butun Yevropada bir hovlili yoki ikki-uch hovlili qishloqlar ko’p uchraydi. Ayniqsa, Fransiyaning tog’li hududlarida, Shimoliy Ispaniyada, Shimoliy Italiyada, Germaniyaning shimoli-g’arbida, Norvegiyada va Angliyaning shimolida bir hovlili qarorgohlar ko’p uchraydi. Markaziy Yevropa, Fransiya, Italiya va ichki Ispaniyaning tekisliklarida qadimiy jamoa hayoti bilan bog’liq bo’lgan ko’p hovlili qishloqlar hozirgacha saqlangan.
Agar qishloqlarni qurilish ashyolariga qarab tasniflasak, butun Yevropani taxminan ikki qismga bo’lish mumkin. Janubiy qismida uylar asosan, toshdan, shimoliy qismida yog’ochdan qurilgan. Ammo
274
Shimoliy Yevropaning ayrim mamlakatlari, masalan, Angliyada, qadimdan tosh uylar, ba'zan janubida ham (ayniqsa, o’rmonlar ko’p bo’lgan davrda) o’rta dengiz sohillaridagi mamlakatlarda, yog’och-dan qurilgan qarorgohlar uchraydi. Masalan, Qadimgi Gretsiyaning klassik arxitekturasida ilgari ishlatilgan yog’och ustunlari o’rnini tosh ustunlar egallagan va nihoyatda ajib sarfat namunasiga aylan-gan. Tosh qurilishining namunalari hozirgacha o’rta dengiz sohil-laridagi mamlakatlarning ba'zilarida va Fransiyaning g’arbiy qismida uchraydi.
Qishloqlardagi zamonaviy uylar shaharlardagi kabi pishiq g’isht, beton va shunga o’xshash hozirgi qurilish materiallaridan qurilmoqda. Yashash xonalarining xo’jalik hujrasi bilan birligi yoki xo’jalik inshootlarining ayrim qurilishi bilan bir oz farq qiladi. Masalan, Germaniya, Alp tog’lari va Janubiy Fransiyada asosan, turar-joy va xo’jalik qurilishi bir joydajoylashgan. Skandinaviya mamlakatlari, Shimoliy Fransiya, Bolqon yarim oroli mamlakatlarida xo’jalik inshootlari kishi yashaydigan uylardan ayrim holda qurilgan.
Uylar ham qurilish ashyolari va tom shakliga, yashash va xo’ja-lik xonalarining tuzUishiga qarab bir necha tiplarga bo’lingan. Butun Yevropada gorizontal bir xonali shaklda ega uylardan bir necha qavatli ko’p xonali dabdabali imoratlar ko’p uchraydi. Masalan, Janubiy Yevropada, ya'ni o’rta dengiz sohillarga yaqin hududlarda toshdan qurilgan katta ikki-uch qavatli uylar keng tarqalgan, odatda bunday uylarning pastki qavati xo’jalik xonalaridan iborat bo’ladi, Shveyisariya, Shimoliy Italiya, Yugoslaviya, Avstriya, Janubiy Germaniyada poydevori toshdan o’zi yog’ochdan qurilgan alp uylari ancba ajralib turadi. Xo’jalik va yashash xonalari yaxlit tarzda qurilgan imoratlarni frankon yoki yuqori nemis uylari deb ataydilar. Shimoliy va Shimoli-g’arbiy Germaniya, Daniya va Gollandiya tomonlarida bir qavatli, katta hovli va darvozali xo’jalik qurilish binolari bilan sinch uylar yoki g’isht bilan o’ralgan sakson uylari ham o’ziga xos xususiyatga ega. Tog’li hududlarda yog’och va buta-lardan qurilgan oddiy uylar ham uchraydi. Umuman arxaik qurilish san'ati asosan, xo’jalik xonalarda ko’proq saqlangan.
Uylarni jihozlash milliy an'analar bilan bog’liq. Umumiy buyumlardan, har xil yog’och mebellar, temir, shisha, chinni va so-pol idishlar, turli bezaklar va pardalar bilan bezaganlar, Yevropa mebeli va servislari hozirgacha jahon miqyosida namuna bo’lib kelmoqda. Yevropa xalqlarining kiyimlari eng oddiy paleolit
275
davridagi etakchalardan to hozirgi zamonaviy kiyimlargacha bo’lgan davrni bosib o’tgan. Endi butun Yevropaga tarqalgan shahar sarpolari deyarli barcha yerdan milliy kiyimlarni siqib chiqargan, Yevropa kostyumlari o’zining noqulayligiga qaramay hatto issiq tropik majnlakatlarga ham tarqalmoqda. Xalq kiyimlarini asosan, bayramlarda, festival yoki karnavallarda, xor va ansambllarda uchratish mumkin. Ilgari, ayniqsa, o’rta asrlarda har bir tabaqa o’zining kiyim turiga ega bo’lgan. Hozir milliy, tabaqalanish kiyimlarda sezilmaydi, balki ular kosmopolitik tusga kirgan.
Albatta, ayrim xalqlarning qishloq aholisida shahar kiyimi keng tarqalsa-da, milliy sarpolar saqlangan. Masalan, italiya qishloqlarida haligacha erkaklar kalta tizzadan pastgacha shim (pantalon), oq uzun yengli ko’ylak (kamicha), kalta kurtka (jakka) yoki yengsiz jilet (panchotto), boshiga shlapa yoki beretto (xaltasimon telpak) kiyadilar. Ayollarda uzun keng yubka (cho’nna) va etak (trembuile), kashtali oq ko’ylak (kamicha), beligacha kalta kofta (korsetto) va jilet (jakatto yoki jubetto), boshiga ro’mol (fatsoletto), Alp tog’larida tagi mixli yog’och tufli yoki xom teridan tikilgan yengil sandal (chochi) kiyiladi. Fransuz ayollarining milliy kiyimlari ham italiya ayollarning kiyimlariga o’xshab ketadi. Erkaklari esa uzun tor shimlar, tik yoqali ko’ylaklar, jilet va bo’yniga ro’mol, fetra yoki somon shlapa kiyadilar. Keyingi yillarda bluzka kiyiladigan bo’lgan.
German xalqlarida erkaklar yengli yoki yengsiz ikki buklam matodan tikilgan ko’ylak, uzun ishton, kamarasta teri o’ltonli kavush kiyiladi. Ayollarning ham ust kiyimi ikki buklam matodan tikilib maxsus fibula bilan egniga bog’langan, keyinchalik keng tikiladigan bo’lgan. Ularda eskidan kapushonli plash ma'lum bo’lgan. Janubiy germanlarda yengil kiyim, shimolda esa issiq va qalin jun matodan korsaj, kofta, yubka, etak (fartuk) tikkanlar. Hozir ham Gessen aholisi orasida bir yoki bir necha qavatli (ba'zan 20 qavatli) yubka kiyiladi. Frankoniya ayollarining an'anaviy kiyimlari qizil yoki jigarrang matodan yubka yoki etaklar tikilib kashtalanadi. Shveytsariya ayollari aksincha, qoramtir yoki frankonlar singari qizil rangli yubka va fartuk; kumush bezakli qora belnimcha, keng kashta yengli kofta kiyadilar. Norvegiya ayollarining bayram kiyimlarining turlari 120 dan ortiq. Butun german xalqlarida hozirgi davrda umumiy Yevropa kiyimlari tarqalgan bo’lsa-da, milliy belgilari (rangi, bezaklari va hk.)
276
mustahkam saqlangan. Ayniqsa, kelt elatlarida bayram vaqtida milliy sarpolarga bezanish odat tusiga kirgan. Masalan, bretonliklarda 66 xil ayol kiyimlari mavjud.
g’arbiy va janubi slavyanlaraing milliy kiyimlari nihoyatda rang-barang. Ularda ilk o’rta asrlardan boshlab aholi tabaqalangan va sinflarga qarab kiyimlari farq qilgan. o’tmishda erkak va ayollarda kiyimlari asosan, kanopdan tikilgan to’g’ri yoki burma yoqali ko’ylak. Ayrim xalqlar (Moraviya, Slovakiya, g’arbiy Prikarpate)da ayollar egniga ip bog’langan yengsiz ko’ylaklar kiygan. Eng qadimiy kiyimlaridan hozirgacha etakcha (fartuk) saqlangan. XIX asr birinchi choragida slavyanlarda Yevropa yubkasi keng tarqalgan. Qadim slavyanlarda ustki kiyim—yarim po’stin, chakmon (kaftan), yengsiz kamzul (iilet), plashning har xil turlari mavjud. Bosh kiyimlariga qarab ayrim etnoslarni ajratish mumkin (keng slavyan teri telpaklari, turli ro’mollar, shlapa va feskelar, jun movutdan tikilgan do’ppilar). Poyabzallar turli xilda (brodnya, teri bashmoq, yumshoq tufli, tagi yog’ochli sandal, junli nogovitsa va hk.). Hozir milliy kiyimlar Markaziy va Janubiy Yevropaning ayrim viloyatlarida uchraydi va ular asosan, san'at festivallari, folklor jamoalarining badiiy chiqishlarida namoyish qilinadi.
g’arbiy Yevropa xalqlarining milliy xususiyatlari ko’proq taomlarida namoyon bo’ladi. Masalan, roman xalqlarida italyanlarda sevimli taomlardan makaron mahsulotlari juda keng tarqalgan. Ularda kunduzgi ovqatga birinchi pomidor qaylasi yoki yog’ va suzma, ba'zan qiyma go’sht solingan xo’rda. Dehqon sho’rvasi (dzuppasi)ga loviya va sabzavot solib pishiriladi va non to’g’raladi. Keyin polenta (makkajo’xori atalasi), qovurilgan sabzavot, salat, meva, suzma iste'mol qilinadi. Kunduzgi ovqatga albatta uzum vinosi yoki sevimli ichimlik kofe beriladi. Fransuzlarning milliy taomlari nihoyatda boy va rang-barangligi bilan mashhur. Taomlarida sabzavot va yemishli ildizli mahsulotlar, quyon va parranda go’shti, janubda kaptar go’shti muhim ahamiyatni egallaydi. An'anaviy sevimli taomlardan qaynatilgan o’simlik yog’iga pishirilgan go’sht bilan bifshteks va kartoshka, piyozli qaynatma sho’rvaga pishloq solish keng tarqalgan. Provansda qalampirli turli baliqlardan pishirilgan sho’rva (buyabez) ancha obro' qozongan. U yerda dengiz jonivori-ulitkani sarimsoq va non bilan iste'mol qilishni yaxshi ko’radilar. Janubda har xil zaytun va dorivorlar taomga ishlatiladi. Kuniga
277
ikki marta taomga uzum vinosi berish shart. Umuman fransuzlar vino iste'mol qilishda jahonda birinchi o’rinni egallaydilar. Qadimgi kelt xalqlarida, masalan, Buyuk Britaniyada, Yevropa taomlaridan uncha farq qilmasa ham, o’ziga xos milliy taomlar, ayniqsa, don solib pishirilgan sho’rvalar, so’li atalasi, gel va irlandiyaliklarda baliq va sutli taomlar mavjud. Ular sho’rvaga qo’y yoki mol ichak-chovog’i va qatqorinlarini solib, suli uni bilan pishirib (xaggis) qalampir, piyoz solib yeyishni yaxshi ko’radilar. Eng sevimli ichim-liklari pivo (el) va viski. Janubiy xalqlar ko’proq sabzavot (karam, pomidor, sarimsoq, piyoz, sabzi, kartoshka) va mevani ko’proq iste'mol qiladilar. Vengerlarda cho’chqa go’shtidan turli taomlar tayyorlanadi. Slavyan xalqlarining taomlaridan xamir ovqat mahsulotlari ko’proq o’rinni egallaydi. Dengiz va daryo sohillarida yashovchi elatlar baliqdan turli xil taomlar tayyorlaydilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə