Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§4.AMERIKANING HOZIRGIETNIK QIYOFASI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə33/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§4.AMERIKANING HOZIRGIETNIK QIYOFASI
Hozirgi Amerika qifasi o’zining rang-barang tabiati singari turli xildagi etnik qiyofaga ega. Kashf etilgandan so’ng besh asrlik tarixi davomida qifaga juda ko’p xilma-xil elat va xalqlar kelib uning etnik tuzilishida tub o’zgarishlarga sabab bo’lgan. Ularning geografik joylashishda ham katta o’zgarishlar ro’y bergan. Bu yerda yirik xalqlar faqat Yangi davrda shakllangan. Yevropaliklar kelgunga
257
qadar Amerikaning tub aholisi asosan, qadimiy dehqonchilik madaniyati markazlari Janubiy Meksika va And tog’larida joylashgan. Shimoliy va Janubiy Amerikaning mayda qabilalari esa ovchilik, terimchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar.
Hozir AQSH va Braziliyada 100 dan ortiq turli xalqlar, Kana-da, Meksika va Argentinada 50 dan ko’proq, Boliviya, Venesue-la, Peru, Kolumbiya va Chilida 25 ga yaqin xalq va elatlar yashay-di. 30 dan ortiq xalq bir milliondan ko’p aholiga ega. Eng ko’p sonli aholi 1985-yili AQSHda (240 mln.), Braziliyada (135,5 mln.), Meksikada (78,5 mln.), Kolumbiyada (28,4 mln.), Kanadada (25,3 mln.), Argentinada (30,5 mln.), Peruda (19,7 mln.), Venesu-elada (17,3 mln.), Chilida (12,1 mln.) yashaydi. Tub aholi hisob-langan hindilarning avlodlari butun aholining taxminan 6\1 qis-mini tashkil qiladi. Shulardan eng ko’p sonli xalqlar: kechua 13,2 mln. (Peru, Ekvador, Boliviya), guarani 2,9 mln. (Paragvay), aymara 2 mln. (Boliviya, Peru), atsteklar 1,3 mln. (Meksika), algonkinlar 350 ming, atapasklar 285 ming, chibcha-muiska 270 ming va boshqalar.
Til jihatdan hozirgi Amerika aholisini olimlar ikki katta guruhga bo’ladilar, kelgindi hind-yevropa tillari (asosan, ingliz, ispan, fransuz) va mahalliy hindi tillari (mayya, atstek, aymara, kechua, guarani, penuti, chibcha va hokazo). XVI-XVIII asrlar davomida Afrikadan zo’rlik bilan millionlab keltirilgan turli elatlar (bantu, yoruba, xuasa, eva va hk.) ham qifaning etnik qiyofasiga muayyan ta'sir o’tkazgan. Hozirgi Amerikaning ayrim mamlakatlarida negrlar hatto ko’pchilikni tashkil qiladi.
Yevropa mustamlakasi natijasida ko’p asrlik murakkab etnik jarayon ro’y berib tub aholining faqat lingvistik va antropologik tuzilishidagina emas, uning turmush tarzida ham jiddiy o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Albatta, mazkur jarayon tabiiy bir holat bo’lmasdan, balki zo’rlik va vahshiylik bilan amalga oshirilgan. Mustamlakachilarning hindilarni ochiqdan-ochiq qirib tashlash siyosati Amerika tarixining eng fojiali sahifalaridan hisoblanadi. Istilochilar keltirgan qirg’in, og’ir mehnat va turli yuqumli kasalliklar millionlab hindilarning yostig’ini quritgan edi. Ayniqsa, Vest-Indiya aholisi XVI asrning birinchi yarmidayoq fojiali taqdirni boshdan kechirgan, oqibatda hindilar o’sha davrda deyarli butunlay qirilib ketgan va ularning avlodlaridan nomu nishon qolmagan. Faqat ko’p sonli qadimiy madaniyat yaratgan
258
xalqlar (aymara, guarani, Janubiy Meksika hindilari) va Janubiy Amerikaning ichki to’qayzorlarida, Amazonka va Oriniko daryolarining vohalaridagi tropik o’rmonlarda yashaydigan hindilar qisman etnik hududini hamda madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar.
Kelgindi yevropaliklarning etnik tarixi ancha murakkab va notekis. Ular Amerika qifasining turli qismida turlicha joylash-ganlar. Dastlab Shimoliy Amerikaga kishilar Angliya, Irlandiya va Shotlandiyadan kela boshlagan. XIX asr o’rtalarigacha bu yerga ko’proq Shimoliy, g’arbiy Yevropa mamlakatlarining vakillari ko’chib kelganlar. Kelgindilarning ko’pchiligi irqiy tomoniga kam e'tibor qilib mahalliy qabilalar bilan nikoh tuzganlar. Keyinchalik Germaniya va Shvetsiyadan immigrant-larning to’lqini bir oz kuchayadi. XIX asrning II yarmida Avstro-Vengriya, Italiya va hatto Rossiyadan, keyin Yaponiya va Xitoy-dan ham odamlar ko’chib kela boshlaydi. Ammo immigrantlar qifaning qulayjoylarini axtarib turlicha joylashganlar. Yevropa-liklar ko’pincha AQSH va Kanadaning sharqiy va markaziy qis-mlariga, hamda Markaziy va Janubiy Amerikaga tarqalib o’rnashgan bo’lsalar, yaponlar va xitoylar asosan, Tinch okeani sohillariga joylashgan.
AQSHning aholisi qurama bo’lib, uning asosiy tili inglizcha, faqat 10 foiz aholi o’z ona tilida gapiradi. Bir necha asrlik assimilatsiya natijasida hozirgi ingliz tillik Amerika millati shakllangan. Shunisi qiziqki, qifada yashovchi roman-german tillarida gapiradigan kishilarning soni shu tillarning vatanidagi aholiga nisbatan bir necha marta ko’p. Masalan, ingliz tilining vatani Angliyada 56 mln. kishi shu tilda gapirsa, Amerikada inglizchada 200 mln.ga yaqin kishi gapiradi. Ispaniyada 36 mln.dan ortiq kishi ispancha gapirsa, shu tilda gapiradigan kishilar Amerikada 200 mln. dan oshadi. Portugaliya tili vatanida 10 mln.ga yaqin portugalcha gapirsa, Braziliya shu tilda 115,5 mln. aholining tiliga aylangan. Umuman, qifadagi aholining ko’pchiligi roman tillarida (ispan, portugal va fransuzcha—54 foizdan ortiq) va german tillaridagi xalqlar (inglizcha 35 foiz), qolgan aholi hindilar va boshqa kelgindi mayda millatlar-dan iborat.
Amerikaning etnik tarixida irqiy jihatdan negrlar alohida o’rinni egallaydi. Ular XVI asrning I choragidan boshlab Afrikadan minglab keltirilgan. Uch asr davomida zo’rlik bilan asosan, Vest-Indiya va
259
Braziliyaga plantatsion xo’jaliklarda ishlatish uchun qul qilib keltirilgan son-sanoqsiz negrlar mahalliy etnik jarayonga o’z ta'sirini o’tkazgan, albatta, Negrlar dastlab yuzlab keltirilsa, XVII asrda bir necha mingdan iborat bo’lgan, XIX asr boshlarida 1 mln., 1860-yillarida 4 mln.ga yaqin negr kuch bilan olib kelingan. Hozir AQSH aholisining 12 foizi, Lotin Amerikasining 9-10 foiz aholisi negrlar-dir. Ular asosan, antropologik va ba'zi milliy xususiyatlarini saq-lab, joylashgan o’lkalardagi hukmron tillarni egallaganlar.
Butun Amerikada 3-4 asrlik murakkab assimilatsiya va konsoli-datsiya jarayoni natijasida turli qurama etnik guruhlar paydo bo’lgan edi. Bu yerdagi Ispaniya va Portugaliya mulklariga ko’chib kelgan ispaniyalik va portugaliyalik dvoryanlarining avlodlari «kreollar» deb nom qozongan. Ular mahalliy boy tabaqalar hisoblanib qonu qarindoshlik aloqalarini o’rnatganlar. Kreollar metropoliya aholisi bilan bir oz ziddiyatda bo’lib, ayrim huquqlar (masalan, hukmronlik qilish)dan mahrum bo’lishgan. Shuning uchun ular XIX asrning 1 choragidan mustamlakachilik tugagandan keyin mustaqillik uchun kurashga bosh bo’lib, yangi paydo bo’lgan respublikalarda hokimlikni o’z qo’llariga olganlar.
Aslida irqlarning aralashuvi mustamlakachilik davrida boshlan-gan edi. Oqibatda juda ko’p metislar paydo bo’lgan. Ular yevropaliklar bilan hindilarning avlodlaridir. Ba'zan metis hindi ayoliga uylanib fanda «salto atras» (orqaga sakrash) deb atalgan avlod ham paydo bo’lgan. Metislar ayniqsa, Meksikada, Janubiy Amerikaning g’arbiy sohillarida, Markaziy Amerika mamlakatlarida, Kolumbiya va Venesuelada ko’p.
Yevropaliklar bilan negrlar aralashmasidan paydo bo’lgan avlodlar «mulat», deb nom olgan. Ular negrlar ko’proq bo’lgan joylarda tarqalgan. Vest-Indiyada bunday avlodlar hatto maxsus ter-minlar bilan atalgan. Masalan, avlodda 4\1 qismi negr hisoblansa, «kvarteron», 8\1 qismi «oktron», 16\1 qismi «musti», 32\1 qismi «mustefino» deb nom berilgan. Mazkur tizim asosida kishining ijtimoiy o’rni belgilangan. Agar «oq tanli» bilan «mustefino»dan bola tug’ilsa, u oq tanli, deb tanilgan va erkinlar qatoriga kirgan (hatto ota-onasi qul bo’lsa ham).
Markaziy Amerika, Kolumbiya va Ekvadorda hindi bilan negr-lar nikohidan paydo bo’lgan avlodlarni «sambo» deb ataganlar. Bulardan tashqari, XIX asrning 30-yillarida qullik man qilingandan keyin Amerikaga Hindiston va Xitoydan kontrakt asosida yollanma
260
I
ishchilar keltirila boshlandi. Ularning ko’pchiligi Vest-Indiya mamlakatlariga joylashib yangi etnik guruhlarning shakllanishida ishtirok qilganlar.
Hindilarning hozirgi geografik joylashuvi ham notekis. Agar Shimoliy Amerikada eskimos va hindilarning soni 1,5 mln.dan ortiq bo’lsa, Vest-Indiya va Urugvayda sof hindilar mutlaqo yo’qolib ketgan, Kosta-Rika va Argentinada juda kam qolgan. Lotin Amerikasida yashovchi aholining 55 foizini metislar tashkil qiladi, Meksikada esa metislar afaolining 5\4 qismidan iborat. «Oq tanlilar» faqat Argentina, Uragvay va Kosa-Rikada ko’pchilik aholini tashkil qiladi, qolgan Lotin mamlakatlarida nisbatan kam. Antropologik va etnografik ma'lumotlarga ko’ra butun Lotin Amerikasida sof yevropoid («oq tanli») irqiga oid tiplar aholining 5\1 qismini tashkil qiladi, xolos. Ayrim davlatlarda, masalan Dominikan respublikasi-da esa aholining ko’p qismi mulatlardan iborat.
Shimoliy Amerikada juda ko’p fransuzlar, italyanlar, nemislar, slavyan xalqlari va boshqa millatlar yashaydi. Masalan, Kanadada fransuzlar aholining 3\1 qismini tashkil qiladi. XIX asr oxirlaridan boshlab Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga arablar, Livan va Falastindan ko’chib kela boshlaganlar.
Hozirgi Amerika mamlakatlarida barcha elat, qabila va xalqlar millat bo’lib shakllanmoqda. Muayyan iqtisodiy, hududiy, ruhiy va ma'naviy madaniyat birligi negizida Amerika, Kanada, Meksika, Braziliya, Venesuela, Kuba, Kolumbiya va boshqa o’nlab zamonaviy millatlar paydo bo’lmoqda. Amerika aholisining, ayniqsa,Markaziy va Janubiy qismida joylashgan davlatlarning tarixiy taqdiri, til birligi, bir din (katolitsizm) ga taalluqli ekanligi va tabiiy sharoitining nisbatan yaqinligi mazkur jarayonni ancha tezlashtirmoqda. Lekin Shimoliy Amerika bilan Lotin Amerikasi orasidagi sotsial-iqtisodiy, etnik va madaniy tafovutlar qifa aholisining o’ziga xoS xususiyatla-rini belgilab, ularning demografik rivojiga ham zo’r ta'sir qilib kelmoqda. Hozirgi davrda Lotin Amerikasining aholisi Shimoliy Amerikaga nisbatan uch hissa tez sur'atlar bilan o’smoqda. Lotin Amerikasi jahonda eng yosh mintaqa, uning aholisining yarmidan ko’pi 20 yoshga ham yetmaydi. 1960-yillarda Amerikaning shimoliy qismi bilan Lotin Amerikasi aholisining soni taxminan teng bo’lgan bo’lsa, 1975-yilga borib shimolga nisbatan 3\1 qism ko’paygan. XX asr oxiriga kelib, Lotin Amerikasining aholisi Shimolga qaraganda taxminan ikki baravar oshdi. Bunday hodisa qifaning etnik qiyofasiga hani ta'sir qilmay qolmaydi, albatta.
261
V. YEVROPA QIT'ASIXALQLARI

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə