Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə31/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

Mayya davlati. Milodning boshlarida Yukatan yarim orolining janubiy qismida hozirgi Gvatemala hududida bir qancha mayda shahar-davlatlar paydo bo’ladi. V-VI asrlarga kelib bunday davlat-larning soni yana ham ko’payadi va shimoliy hududlarga tarqaladi. Ular o’zaro kurashib turganlar. Ammo janubi davlat-shaharlarning ko’pchiligi XI asrga kelib birdaniga bo’shab qoladi. Yukatan yarim orolining shimolida o’sha davrda mayya xalqlarining bosh shahri Mayyapan kuchayib yuksak madaniyat yaratgan qudratli davlatga aylangan va ispanlar istilosigacha o’z hukmronligini saqlab kelgan.
Mayya ancha rivojlangan dehqonchilik xo’jaligiga ega bo’lgan. Ular o’rmonlarni toshboltalar bilan kesib, daraxtlarni kuydirgan-lar, kul bosgan dalani yog’och bilan kavlab urug’ sepganlar. Asosiy
ekin makkajo’xori hisoblangan. Undan tashqari lobiyo, pomidor, qalampir, qovoq va paxta ekilgan. Go’shtga it va kurka boqilgan, o’q-yoy, nayza va puflab otadigan naycha bilan ov qilib, ham go’sht g’amlangan. Baliqchilik va asalchilikni bilganlar. Mayya hindilari birinchi bo’lib kakao daraxtini o’stirib mevasidan ichimlik tayyorlaganlar.
Mayya davlatida ruda bo’lmaganidan metall qurollarni, ayniq-sa, temir bolta va nayza uchlari, mis bilan oltin qotishmasidan yoki sof oltindan yasalgan bezaklarni Meksikadan va qo’shni mamlakatlardan keltirganlar. Paxta va agava tolalaridan nozik matolar to’qilgan, ulardan plash, yubka va boshqa kiyimlar tikkanlar, charxsiz sopol idishlar yasab, ularga turli naqshlar berilgan. Savdo-sotiq ancha rivojlangan, lobiyo va kakao urug’lari pul vazifasini bajargan. Qul savdosi ham bo’lgan.
Qishloqlar yengil to’qima yopilgan cho’qqaygan tomli uylardan tashkil topgan. Qishloq markazida toshdan qurilgan ibodatxona qad ko’targan, unda zodagon va kohinlar yashagan. Jamoa yeri uylangan erkaklarning soniga qarab, ya'ni har oilaga uch yilgacha taqsimlangan. Zodagonlarga ajratilgan maxsus dalalarda jamoa a'zolari xizmat qilgan va hatto sadaqa berib turganlar, urushda ishtirok etganlar. Soliq to’lashdan bo’yin o’girganlar xudo yo’liga qurbon qilingan. Quldorlik paydo bo’lgach, qullar zodagonlarning xo’jaligida, jamoa inshootlarini, ko’shk, saroylar va yo’llar qurishda, yuk tashishda ishlatilgan. Qullar miqdori asirlar, qarzdorlar hukm qilinganlar va hatto yetimlar hisobidan to’ldirib borilgan.
Mayya davlati boshida cheksiz huquqqa ega bo’lgan hokim («xa-lach vinik» — buyuk odam) turgan. Oliy kohin uning o’ng qo’li va maslahatchisi hisoblangan. Xalach-vinik soliq to’plash va qozilik qilish uchun qishloqlarga maxsus boshliq (batab) tayinlagan. Astronomiya va boshqa bilimlarni yaxshi egallagan kohinlar zo’r kuchga aylangan.
Mayya yuksak madaniyat yaratgan xalqlardan. Ular o’ziga xos yozuvni kashf etib, ma'lum bilimlarni chuqur egallaganlar. Ayniqsa, aniq bilimlar, chunonchi astronomiya va matematika nihoyatda rivojlangan. Mayyaliklar yil hisobini daqiqalargacha aniqlab kalendar tuzganlar. Ularda yil 365 kunga bo’lingan, kalendar 20 kunlik oydan va 13 kunlik haftadan iborat bo’lgan. lyeroglif tizimiga asoslangan mayya yozuvlarida kohinlar turli afsonalar, duo va tarixiy solnomalar yozib qoldirganlar. Shu yozuvda har 20 yilda tarixiy
voqealar bayon qilingan maxsus tosh ustunlar o’rnatilgan. Nihoyatda go’zal san'at bilan tasvirlangan o’yma va bo’rttirib yasalgan ajoyib rasmli murakkab ibodat va turmush inshootlari hozirgacha kishini maftun qiladi.
Mayya xalqining diniy tasawurlari sinfiy munosabatlarni mu-qaddaslashtirgan juda murakkab serhasham marosim va ibodatlar-dan iborat bo’lgan. Muqaddas kitoblar fikus qobig’idan ishlangan qog’ozlarga yozilgan va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Afsus deyarli barcha qo’lyozmalar ispan mustamlakachilari tomonidan kuydirilgan. Asosiy e'tiqodlari dehqonchilik bilan bog’liq aholi osmon, yomg’ir, o’simlik va boshqa tabiat hodisalarini ifodalovchi xudolarga sig’inishga asoslangan.
Chibcha-muisklar davlati. Mayya davlatining janubida, hozirgi Kolumbiyaning kattagina qismida chibcha til oilasiga mansub yuqori madaniyatli qabila va elatlar yashagan. Ularning eng qudratlisi chibcha-muisk xalqi mustamlakachilar kelishi ara-fasida sinfiy jamiyatga o’ta boshlagan. Muisklar tropik dehqon-chilik bilan shug’ullanganlar. Manioka va batata ekinlarini ek-kanlar, koka daraxtini o’stirib mevasi va yong’og’idan narkotik ichimlik tayyorlaganlar. Go’sht topish uchun ovchilik qilgan-lar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar. Ekinlardan makka, kartoshka, lobiyo, pomidor, paxta va mevali daraxtlar ekkan-lar.
Ishlab chiqarish qurollari tosh va yog’ochdan yasalgan chopqi, 1,2-2 metr uzunligida nayza, palaxmon, bolta va pichoq. Ular mis quyishni bilganlar, mis bilan oltin qorishmasidan turli bezaklar va badiiy buyumlar yasaganlar. Kulolchilikni, yigiruv va mato to’qishni bilganlar. Matodan etakli belbog’, plashlar tikkanlar. To’p gazlama va oltin tangacha pul vazifasini bajargan. Savdo rivojlangan.
Ijtimoiy munosabatlarida ota urug’i hukmronlik qilgan, ammo matriarxat qoldiqlari saqlangan. Ular jamoa bo’lib joylashganlar va katta oilalarga bo’linganlar. Poligamiya keng tarqalgan zodagonlar o’nlab xotin va cho’rilarga ega bo’lganlar. Qullar paydo bo’lgan va sinfiy munosabatlar o’rnatilgan. Boy tabaqalar bezatilgan ko’shklarda, oddiy jamoa a'zolari loy bilan suvalgan to’qima kulbalarda yashaganlar. Bezaklarni faqat zodagonlar osishga haqli bo’lganlar. Ayniqsa, bosh hokimga itoat qilganlar. Unga turli sovg’a-salomlar keltirib huzuriga kirganlar.
Hokimni saylash marosimi turli afsonalar bilan bog’liq. Hokim smola surtilgan badaniga oltin qum sepib solga tushib, ko’lning o’rtasiga suzib borib cho’milar emish. U xudoga atab oltin va zumraddan yasalgan haykalchalami suvga tashlar ekan. Bundan rivoyatlar muisk davlatini «El-dorado» (Ispancha «zarhallangan» yoki «oltin odam») deb nom chiqarishga va mustamlakachilarni «oltinga boy» o’lkaga bostirib kelishlariga sabab bo’lgan.
Chibcha xalqlarining dinlari dehqonchilik bilan bog’liq. Quyosh, oy, yer xudolariga, ajdodlarning arvohlariga sig’inishdan iborat. Boylarning jasadlari mumiyolashtirilgan, xotinlari va qullari qatl qilinib birga dafn qilingan. Qabrga qurol va qimmatbaho buyumlar qo’yilgan. Qohinlar boy tabaqalardan tayinlangan. Tabiblar davolaganlar va folbinlik qilganlar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə