Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va o’rmon ovchi qabUa-lari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə27/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va o’rmon ovchi qabUa-lari. Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarida, buyuk ko’llar atrofidagi AQSHning Guron, Eri, Ontario, qisman Nyu-York va Pensilvaniya shtatlarida irokez va algonkin qabilalari yashaydi. Ular o’zlarining xo’jalik, madaniy va ijtimoiy turmushi xususiyatlari jihatidan yaxlit guruhni tashkil qiladi. Turli tilda gapiradigan mazkur qabilalar etnik tarixi bir necha davrlarga bo’lib, turli afsona va rivoyatlar bilan to’ldirilgan. Tarixiy va etnografik jihatdan irokezlar ancha batafsil o’rganilgan. Mashhur Amerika tadqiqotchisi L. Morganning ajoyib asarlari tufayli irokezlarning turmush tarzi, ijtimoiy tuzumi matriarxat urug’ining klassik namunasi, deb tanilgan.
Irokezlar Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida keyin paydo bo’lsa-da, arxeologlarning aytishicha, bu yerda madaniyat besh ming yillar muqaddam tashkil topgan. Irokezlarning etnogenezi eramizdan awalgi 1 ming yillikda shakllana boshlagan vudlend madaniyati bilan bog’liq ekanligi aniqlangan.
Mahalliy hindilar qadimdan mayda daraxtli o’rmon va to’qayzorlarni kuydirib, dehqonchilik qilib kelganlar. Ular qirqilgan daraxtlarni quritib yoqqanlar, chopqida, yog’och bel yoki yo’nilgan uchli yog’och bilan yerni kavlab, ishlov berib kul aralash tuproqqa urug’ sepganlar. Irokezlarning asosiy ekinlari — mais (makkajo’xori), lobiyo va qovoq. Bu ekinlar («Uch opa-singil») bilan ularning diniy tasavvurlari ham bog’liq.Uy oldi tomorqada tamaki, tarvuz, no’xot, kungaboqar, yer noki va boshqa ekinlar ham ekilgan. Ammo makkajo’xorining har xil turlari irokezlarni zarur oziq-ovqat bilan ta'min qilib, hatto qo’shimcha mahsulot yetkazib bergan. Makkaga go’sht qo’shib, sopol idishlarda turli taomlar tayyorlaganlar. Zarang daraxti sharbatidan bahor faslida qand pishirganlar. Hindilar yovvoyi meva, urug’ va yemishli ildizlarni terishga juda mohir bo’lgan-lar. Ko’l bo’yida yashovchi ayrim algonlik qabilalari yovvoyi sholini kemada yig’ib, boshog’ini yanchib, yog’och bilan tuyib guruch olganlar.
Dehqonchilikda yerni chopib, ishlov berish erkaklar zimmasiga, boshqa barcha xo’jalik ishlari ayollarga yuklangan. Ovchilik ham erkaklar kasbi bo’lib, ularga go’sht, charm va teri yetkazib bergan. Bir guruh erkaklar kuz va qish oylarida o’rmonlarga ketib ov qilib bahorda qaytib kelganlar. Ular bug’ular, qunduz, suvsar va savsar kabi o’rmon hayvonlarini va qushlarni ovlaganlar, kuz paytlarida asal yig’ganlar. Baliqchilik bilan ham shug’ullanganlar. Hunarmandchilik ancha rivojlangan, kulolchilikni bilganlar. Natijada savdo-sotiq rivojlangan.
Ishlab chiqarish qurollaridan dehqonchilikda, asosan, chopqi, toshbolta, mis tig’li pichoq, nayza va o’q-yoy, cho’qmor tayoq (tosh o’rnatilgan maxsus qurol tomagavk) va palaxmon, daraxt qobig’i-dan yasalgan kema, sanchqi, to’r va savatlardan foydalanishgan. Turli naqsh berilgan sopol chilimlar irokezlarga xos.
Teriga ishlov berish, ayniqsa, bug’u terisidan baxmal charm (zamsha) ishlab chiqarish juda rivojlangan. Kiyimlari zamshadan, qunduz va suvsar terisidan tikilgan. Erkaklarning kiyimi zamsh plashi va yubkadan iborat, oyog’iga mokassin (maxsi), to’pig’i va beliga getra, uzun yubka va ko’ylak kiyganlar, plash yopinganlar va turli bezaklar taqqanlar.
Irokez qabilalarining jamoa uylari bir necha oilaga mo’ljallan-gan to’g’ri burchakli yog’ochdan tiklanib daraxt qobig’i bilan yopilgan. L.Morgan ta'rificha, bu «uzun uylar» 6-8 metr kenglikda, ichki tomoni dahliz bilan ikkiga bo’lingan, devor bo’ylab uzunasiga yarim metr ko’tarilgan yog’och supalarda eni 4 metr keladigan «xonalar» har bir oilaga ajratib qurilgan. Ba'zan bunday uylarda butun bir urug’ yashagan. Uylangan yangi kelin-kuyovlarga shu uy yoniga cho’zib yangi xona qo’shib qurilgan. Dahliz o’rtasida to’rt oilaga mo’ljallangan bir necha o’choq o’rnatilgan. Qozon mehmondorchilik belgisi hisoblangan. Har qishloqda mazkur «uzun uylar» soni 10-30 tagacha yetgan. Ayrim algonkin qabilalarining uylari egilgan maxsus daraxt shoxlaridan gumbaz yoki to’rtburchak shaklida tiklanib yog’och qobig’i yoki chipta bilan yopilgan. Qishloqlar 500 dan to 1000 kishigacha yetadigan aholiga ega bo’lgan.
Irokezlarning ijtimoiy tuzumi urug’chilikdan iborat bo’lib, bir necha qonu qarindosh oilalar bir ayol boshchiligidagi jamoa (ovachir) ni tashkil qilgan. Ovachir dastlab umumiy xo’jalikka ega bo’lgan matriarxat urug’i hisoblangan. Nikoh ekzogam tartibda
bo’lganligi tufayli kuyov xotini bola tuqquncha ayricha o’z urug’i bilan yashagan, xotini oldiga faqat qorong’i kechasi borgan. Meros ham ayol urug’iga o’tgan. Qabilalar urug’larga bo’linib, fratrial tartib o’rnatilgan. Urug’ va qabilalarning katta-kichikligi qifaning shimoli-sharqiy qismidagi o’rmonlarning sharoitiga moslashgan xo’jalikka bog’liq bo’lgan. Asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer butun qabila yoki urug’ga tegishli, ammo har bir ovachirga taqsim qilingan. Muhim masalalarni hal qilishga keksa urug’ a'zolari maslahatga to’planishgan. Urug’ oqsoqollaridan fratriy boshliqlari tayinlangan, ular qabila kengashiga to’planib, ochiq majlislar o’tkazganlar.

Hindi qabilalarining jipsligi irokezlarning 1570-yilda paydo bo’lgan mashhur «Beshta qabila ittifoqi» yoki «Irokezlar ligasi»da o’z ifodasini topgan edi. Bunga eng kuchli qabilalardan beshtasi — Mogauk (Chaqmoqtosh), Oneyda (Granit yoki Xarsangtosh), Onondaga (Tog’liklar), Kayyuga (Trubka yoki sohilliklar) va Seneka (Buyuk tepaliklar elati) birikkan. Ittifoq 50 urug’ oqsoqol (saxem)laridan iborat maxsus umumiy kengashga ega bo’lib, unda urush va tinchlik, qabilalararo munosabatlar kabi muhim masalalar hal qilingan. Harbiy ishlarni boshqarish uchun Kengash 2 ta lashkarboshi saylagan. Irokezlar ligasi juda zo’r kuchga ega bo’lgan. XVIII asrga kelib unga Buyuk ko’llar atrofidagi boshqa qabilalar ham bo’ysungan. Mustamlakachilar ham Ittifoqning fikri bilan hisoblashganlar va hatto diplomatik munosabatlar ham o’rnatilgan (Angliya va Fransiya qirollari bilan bo’lgan munosabatlar).


AQSHning mustaqillik uchun olib borgan urushidan keyin irokezlar qattiq mag’lubiyatga uchrab o’z ona yerlarini tashlab ketishga va asta-sekin mol qo’rasidek o’ralgan maxsus rezervatsiya-larga ko’chishga majbur bo’ladilar. Ammo ayrim qabilalar parti-zanlik urushini davom ettirganlar. Urug’-qabila munosabatlari yemirilib, monogam oila paydo bo’ladi, bir vaqtlar dahshatli kuchga ega bo’lgan irokezlar grajdanlik huquqlaridan mahrum holda kambag’al fermer va ishchilarga aylanadilar. Shimoliy Amerikaning algonkin va musgok tillar oilasiga mansub qabilalarning ham taqdiri fqjiali tugagan. Mazkur qabilalardan tashkil topgan ittifoqlar (ayniqsa, kuchli Krik Konfederatsiyasi) ham yemirilib, 1820-yillarda AQSH hukumati tomonidan g’arbiy tomondagi noqulay joylarga zo’rlik bilan ko’chirilgan. Irokezlarning bir qismi Kanadaga ko’chib, rezervatsiyalarga joylashgan.
Mahalliy hindilarning dinlari ibtidoiy e'tiqodlar bilan bog’liq. Bularda keng tarqalgan totemizm, shomonizmdan tashqari tabiat kuchlari, o’simlik dunyosi va jonivorlar bilan bog’liq turli animistik tasavvurlar muhim o’rin egallagan. Irokezlarda «Uch opa-singil» (mais, lobiyo va qovoq) ibodati kuchli bo’lgan. Ular yilni uch davrga bo’lib (ovchilik, yig’im-terim va dehqonchilik faoliyati bilan bog’liq), turli marosimlar o’tkazganlar. Eng katta bayram marosimlari qishning o’rtasida nishonlangan. Ular, ayniqsa, momaqaldiroq va quyoshga sig’inganlar. Seminola qabilalari sehrli buyumlardan iborat muqaddas tugunga itoat qilganlar va shunga bag’ishlangan yilda bir marta bayramlar o’tkazilgan. Chippeva qabilalarida o’simlik va hayvonlarning arvohlari bilan yaqin aloqada bo’lish mumkin, degan tasavvurlar keng tarqalgan. Ularning shomonlari duogo’ylik yo’li bilan yaxshi ovni ta'minlovchi irimlar qilganlar, turli o’tlar bilan kasalliklarni da-volaganlar. Keyingi davrlarda missionerlarning faolligi tufayli ma-halliy hindilarning orasida nasroniy dini keng tarqalgan. Hatto ibtidoiy dinlar bilan nasroniy dini mazhablari aralashmasidan yangi diniy yo’nalishlar ham paydo bo’la boshlagan.
Xalq ijodi ancha rivojlangan. Ertak va ashulalarda, tarixiy afsona va rivoyatlarda hindilarning hayoti poetik tasvirlangan. Mashhur Amerika yozuvchisi G. Lonfello yozgan «Gayava to’g’risida qo'shiq» nomli qissa irokezlarning boy ertaklariga asoslangan. Turli raqs va o’yinlar, haykaltaroshlik totemistik obrazlarni tasvirlash xalq ijodining ajoyib namunalaridir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə