Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§4.VOLGA-KAMA Bo’YIXALQLARI VA MOLDAVANLAR



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə38/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§4.VOLGA-KAMA Bo’YIXALQLARI VA MOLDAVANLAR
Sharqiy Yevropa qismidagi noslavyan xalqlardan o’rta Povolje-da va Kama bo’yida joylashgan udmurdlar, mariylar, mordvalar, chuvashlar, tatar va boshqirdlar o’ziga xos tarixiy-etnografik hududni tashkil qiladilar. Tarixiy-etnografik jihatdan bu xalqlarga Kama bo’yida va Yevropaning shimolida yashovchi mazkur komi-permyak va komiziryanlar yaqin turadi.
Antropologik jihatdan bu xalqlar katta yevropoid irqining turli tiplariga mansubdir. Ammo ko’pchiligi yevropoid irqi bilan qisman mongoloid belgilarini o’zida mujassamlashtirgan tiplardir. Til jihatdan butun Volga-Kama xalqlari ikki guruhga bo’lingan: urdmurd, mariy va mordvalar finno-ugor til guruhiga, chuvash, tatar va boshqirdlar oltoy oilasining turk guruhiga kiradi.
Vyatka-Kama sohillarida qadimiy davrlarda joylashgan qabila-larning avlodlari hisoblangan udmurtlar (eski nomi votyaklar) hozir
720 ming kishidan ortiq. Ular asosan, Udmurtistonda, qisman qo’shni Mariy, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalarida, Perm va Yekaterinburg viloyatlarida yashaydilar.
Milodning I ming yilligi oxirlarida va II ming yilligi boshlarida qadimiy udmurtlarning etnik tuzilishiga Volga-Kama bulg’orlari ma'him ravishda ta'sir qilgan. 1236-yildan keyin ular mo’g’ul-tatar istilosiga uchraydi va XVI asr o’rtalariga kelib shimoliy qismi Rossiyaga, janubiy yerlari Qozon xonligiga o’tadi. 1558-yilda Udmurt eli butunlay Rus davlati tasarrufiga o’tadi, o’sha davrdan udmurt xalqi shakllana boshlaydi.
Ilgari cheremislar deb atalgan mariy xalqi (hozir 640 ming kishi) bizning eramizning boshlarida dastlab o’rta Volganing so'1 sohillarida, Vetluga va Vyatka daryolarining oralig’ida yashagan qabilalardan kelib chiqqan. Ular asta-sekin sharqiy hududlarga siljib hozirgi hududni egallab olganlar. Keyingi etnik jarayonda mariylar uch guruhga bo’linadi: Volganing baland qirg’oqlarida joylashgan tog’liq mariylar, chap qirg’oqdagi tekis o’tloqlarda o’rnashgan yaylov mariylar va sharq tomondagi qo’shni o’lkalarda (Boshqirdiston, Tatariston va Udmurdistonda, Novgorod, Perm va Yekaterinburg viloyatlarida) mariylar joylashgan.
Mordva qabilalari asli Oka, Sura va o’rta Volga daryolari oralig’ida joylashgan. Ular XII asrdan ruslar bilan yaqin munosa-bat o’rnatganlar. Hozirgi mordva xalqi esa milodning boshlarida ikkita yirik qabila ittifoqi hisoblangan g’arbdagi moksha va sharq-dagi erzya etnik guruhlari birikmasidan tashkil topgan va feodalizm davriga kelib etnik jarayoni tugallanib xalq sifatida shakllangan. Ular shu kungacha o’zlarining an'anaviy madaniyatida ba'zi xusu-siyatlarni saqlab kelganlar.
Volgabo’yidagi turkiy xalqlarning etnogenezi ancha murakkab. o’rta Volgabo’yi va ayniqsa, uning janubiy hududlari uzoq davr ichida bir necha marta fin tillaridagi qabilalar bilan kelgindi hind-yevropa tilidagi skiflar, alanlar va boshqa qabilalar, keyinchalik turkiy elatlar bilan aralashib ketgan. Dastlab turkiy qabilalar milodning III-IV asrlarida kela boshlagan va sharqiy Yevropaga gunnlarning istilosi bilan bog’liq bo’lgan. Volgabo’yi va Ural etaklarida joylashgan turklar mahalliy finno-ugor xalqlarining madaniyatini qabul qilgan va ular bilan aralashib ketgan. Eng katta turkiy oqimlar bo’lgan Turk xoqonligi V-VII asrlarda Volga-Ural hududiga bostirib kirgan, ulardan keyin VII-VIII asrlarda Shimoliy
Kavkazdan kelgan bulg’orlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va qisman o’ng qirg’oqlarini Kama bo’ylarigacha bo’lgan hududni egallab mahalliy turk va finno-ugor qabilalari bilan ara-lashib X asrda Volga Bulg’oriyasi nomli ilk feodal davlatini yarat-ganlar.
Atrofdagi qo’shni elatlarga siyosiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan katta ta'sir o’tkazgan Volga Bulg’oriyasi XIII asrda tatar-mo’g’ullari tomonidan tor-mor qilinadi. Quvg’inlikka uchragan bulg’orlarning yirik qismi Volga bo’ylab shimolga ko’chishga majbur bo’ladilar. Ular tog’liq mariylar va boshqa mahalliy qabilalar bilan aralashib chuvash (o’z nomi chavash) xalqiga asos soladilar. Chuvash etnonimi ham bulg’orlarning qabilaviy ittifoqlaridan biri bo’lgan suvarlar yoki suvazlar nomi bilan bog’liqdir. XV asrning ikkinchi choragida chuvash yerlari Qozon xonligiga qo’shilgan. o’lka 1551-yili Rossiya tomonidan istilo etilgan.
Volgabo’yi (Qozon) tatarlarining kelib chiqishida ham bulg’or-lar va mahalliy mariy, mordva, udmurdlarning ajdodlari muhim rol o’ynagan. XV asrda Oltin o’rda yemirilib Qozon xonligi paydo bo’lgandan keyin uning etnik turkumida qipchoqlar hukmronlik qila boshlaydi va oqibatda bulg’or tilini qipchoq tili siqib chiqarib tatar etnosiga asos solinadi. Aslida «tatar» so’zi dastlab VI-IX asrlarda paydo bo’lib, Baykalning sharqida joylashgan mo’g’ullarning eng katta qabilalaridan birining nomi bilan bog’liq. Chingizxon va uning merosxo’rlari davridagi bosqinchilik yurishlari vaqtida tatar nomi bilan Qora dengiz sohillari va kaspiy dashtlaridagi elat va qabilalarni ataganlar, bu nom keyinchalik butun Oltin o’rdaga ham tegishli bo’lgan.
Hozir tatarlar Rossiyaning eng yirik inillatlaridan biri bo’lib, son jihatidan (6,6 mln.dan ziyod) yirik millatlar qatoriga kiradi. Ular Tatariston Respublikasining asosiy aholisi (47,4 %)«ini tashkil etsa-da, ko’pchiligi (taxminan to’rtdan uch) qismi o’z respublikasidan tashqarida yashaydi. Tatarlar Boshqirdistonda, Chelyabinsk, Perm, Yekaterinburg, Orenburg va Astraxan viloyatlarida, Janubiy Sibir va Uzoq Sharqda, Markaziy Osiyoda ko’proq joylashganlar.
Hozirgacha bir qadar farq qilgan tatar guruhlari XV-XVI asrlar-da tashkil topgan tatar xonliklari (Qozon, Astraxan, Sibir va hk.) davrida shakllangan edi. Shu asosda o’rta Volgabo’yi va Uralbo’yida, qozon tatarlari pastki Volgabo’yida Astraxan tatarlari, Sibirda qosim va boshqa tatarlar etnograflk guruh sifatida o’zaro
farq qiladi. Etnografik jihatdan, ehtimol qadimiy finno-ugor qabilalaridan biri hisoblangan mesheralarni turklashtirish natijasida yuzaga kelgan misharlar yoki zo’rlik bilan nasroniy diniga o’tkazilgan qozon tatarlarining bir qismi krashenlar va o’g’oyboklar (no’g’oy tatarlari) alohida e'tiborga molik.
Boshqirdlarning kelib chiqishi masalasi hali ham to’liq hal bo’lmagan. Ba'zi olimlarning ta'rificha, boshqird xalqining etnogenezida asosiy rolni IV asrlarda «Buyuk ko'chish» davrida kelgan turli turkiy qabilalar o’ynagan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha boshqirdlarning shakllanishida mahalliy finno-ugor qabilalari muhim o’rin tutgan. Ularning antropologik, urug’-qabila-viy tuzilishi va madaniyati ham boshqird etnik tarixining murakkab-ligidan dalolat beradi.
Shubhasiz, boshqird xalqining shakllanishida tub mahalliy eroniy tillardagi sarmatlar va har xil fmno-ugor qabilalari bilan bir qatorda Ural etaklarida eramizning I ming yilliklarida kelgan ko’chmanchi turklar muhim o’rinni egallaydi. Ularning etnogenezida bir oz keyinroq paydo bo’lgan o’g’uz-pachanak qabilalari, volga-kama bulg’orlari, qipchoqlar (XI-XIII asrlar) va ayrim mo’g’ul qabilalari (XIII-XIV asrlar) ishtirok qilgan. Oltin o’rda yemirilgandan so’ng boshqirdlar Qozon, No’g’oy, Sibir xonliklarining hukmronligiga o’tadi. 1552-1557-yillarda boshqirdlar Rossiya tarkibiga o’tgach birikib xalq sifatida shakllana boshlaydi. Hozir 1,5 mln.ga yaqin boshqirdlar asosan, o’zining respublikasida, qisman, qo’shni Che-lyabinsk, Perm, Kurgan, Orenburg, Yekateringburg, Samara va Saratov viloyatlarida yashaydilar.
Volga-Kama bo’yidagi xalqlarining qadimgi davrlardan aso-siy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bilan birga ovchilik va baliqchilikdan iborat bo’lgan. Ular o’tgan asrda uch paykalli almashlab ekish tizimiga o’tganlar. Dehqonchilik qurollaridan eng muhimi bir necha xildagi omoch va og’ir yog’och plug (sabon) bo’lgan. XVII asrgacha boshqirdlar ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi tarzida turmush kechirib, asosan, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Yaylovlarning kamayishi bilan o’troq holatga o’tib dehqonchilik qila boshlaganlar. Qadimiy kasblardan asalari-chilik ham saqlangan. o’tgan asrdan o’rmon sanoati ham paydo bo’lgan.
XX asr oxirlariga kelib, Volga-Kama xalqlari iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kamol topdi. Ayniqsa, neft ishlab chiqarishi bilan bog’liq
og’ir sanoat, mashinasozlik, metall ishlab chiqarish, qog’oz-sellyuloza va boshqa turli sanoat tarmoqlari paydo bo’ldi. Qishloq xo’jaligi mexanizatsiyalashtirish, ilg’or agrotexnik tadbirlarni qo’llash, sohaga malakali kadrlarni jalb etish va ishning samarali usullaridan foydalanish evaziga ravnaq topdi.
Aytish joizki, ushbu xalqlarning moddiy madaniyatida o’rmon xo’jaligining ta'siri juda sezilarli. Uy-joy qurilishidan to ro’zg’or buyumlarigacha o’rmon mahsulotlari ishlatilgan. Volga-Kamabo’yi xalqlarining uylari ruslarnikiga o’xshash yog’ochdan, o’rmonni ke-sib xodalardan ustma-ust terib qurilgan, ammo faqat uyni jihozlash-da o’ziga xos xususiyat kashf etgan. Yarim ko’chmanchi boshqirdlar qora uy ham tiklaganlar. Qolgan barcha etnoslarning uylari deyarli bir tipda yog’ochdan qurilib, oynali va polli, shipsiz, tuynukli va o’rtada o’chog’i bo’lgan. Uy shakli oila a'zolarining soni va boyligiga qarab bir-ikki xonali va xo’jalik hujrasi bilan qo’shib qurilgan. Tatar va boshqirdlarda yog’och supa bo’lgan.
Milliy kiyimlari nihoyatda boy, rang-barang va har bir etnosni ajratuvchi asosiy belgi hisoblanadi. Xususan, zig’irpoya, kandirpoya va jundan to’qib tikilgan turli kiyimlar ajoyib kashta bilan bezatil-gan. Lekin, Volgabo’yi fin xalqlarining kiyim-kechaklari bir oz boshqacha va uzoq o’tmishga xos xususiyatlarni asrab qolgan. Umuman olganda, Volgabo’yi xalqlarining moddiy madaniyatida bir tomondan shimoliy va g’arbiy etnoslarning ta'siri, ikkinchi to-mondan, sharqiy xalqlar, jumladan, markaziy osiyoliklarning ta'si-ri seziladi. Ayniqsa, udmurt, mariy, mordva va shimoliy chuvashlar ruslarning ta'sirida umumiy moddiy madaniyat belgilariga ega bo’lsa, tatar, janubiy chuvash va boshqirdlar qo’shni osiyoliklarga yaqin umumiy belgilarga ega bo’lganlar. Volgabo’yi xalqlarining Rossiya tarkibiga kirishi natijasida ularning hayotida rus madaniyatining ta'siri kuchaya borgan.
Volgabo’yining pastki qismida joylashgan qalmiqlar asli Mo’g’ulistonning Jungariya o’yratlaridan kelib chiqqan. Ular XVI-XVII asrlarda Volga quyi oqimiga ko’chib kelib ko’chmanchi bo’lib yashaganlar. XX asrga kelibgina qalmiqlar o’troq turmushga o’tib o’zining yirik sanoati, ishchi sinfi, yuksak madaniyatiga ega bo’lgan Rossiya tarkibidagi respublikani, ya'ni o’z davlatlariga asos soldilar. Qalmiqlar o’z respublikasidan tashqari qisman Astraxan, Volgograd va Rostov viloyatlarida, Stavropol o’lkasida ham yashaydilar.
300
Umuman, butun Volgabo’yi xalqlarining chinakam milliy uyg’onishi, madaniyatining gurkirab taraqqiy etishi va yashnashi o’tgan asrdagina yuz berdi. Boy folklor, xalq musiqasi, o’yinlari va amaliy san'ati, ayniqsa, kashtachilik, yog’och o’ymakorligi, badiiy tikuvchilik ancha rivojlangan. Mintaqa aholisi diniy jihatdan ikki guruhga bo’lingan: musulmonlar va nasroniylar. Islom dini tatar va boshqirdlar orasida tarqalgan; nasroniylik Volga Bulg’oriyasining davlat dini hisoblangan va Volgabo’yi Rossiya tasarrufiga o’tgach keng tarqalgan. Ammo mahalliy qadimiy dinlarga sig’inishni idavom etgan, totemizm, shomonizm va sehrgarlik tasawurlari saqlangan.
Sharqiy Yevropaning eng janubi-g’arbida joylashgan moldavan-lar ham (3,1 mln.ga yaqin) o’ziga xos madaniyatga ega. Ularaing kelib chiqishi shimoli Bolqon yarim orolida va Karpat tog’i etaklari-da qadim davrlarda yashagan franko-dakiy qabilalari negizida paydo bo’lgan volohlar bilan bog’liq bo’lib, til jihatdan Rim imperiyasi davrida romanlashgan. Voloxlar podachi xalq bo’lgan. Keyinchalik (VI asrlardan) moldavanlarning etnogenezida turli slavyan turkumlari ham ishtirok qilgan. Bu jarayon ularning tillarida, maishiy turmushi va madaniyatida chuqur iz qoldirib, moldavan xalqini yuzaga keltirgan. Asli XIV asrning I yarmida Prut daryosining g’arbiy va sharqiy qismidagi yerlarni qamrab olgan Moldava knyazligi tashkil topgandan so’ng, mazkur etnosning shakllanishi jarayoni tugaydi.
XIX asr boshlarida Moldaviyaning bir qismi (Prut va Dnestr o’rtaligidagi Bessarabiya) Usmon imperiyasidan tortib olinib Rossiya tasarrufiga o’tgan va o’sha davrdan boshlab Moldava millati shakl-lana boshlagan.
Moldavanlarning asosiy kasbi dehqonchilik va chorvachilik hisoblangan, ayniqsa, uzumchilik va bog’dorchilik rivojlangan. Dasht qismidagi moldavanlarning moddiy madaniyati xususiyat-laridan biri loydan qurilgan somon yoki qamish tomli uylarda yashashi, o’ziga xos kashtali kiyimlar va nihoyatda boy xalq ijodi-ga ega bo’lishidadir. Ayniqsa, moldavanlarning raqs san'ati rivojlangan.
Moldaviyaning janubida qo’shni Ukrainaning ayrim viloyatla-
rida va qisman Shimoliy Kavkazda turkiy tilda gapiradigan 185
mingdan ortiq gagauzlar yashaydi. Ular Rossiyaga XVIII asrda
turklarning quvg’inidan qochib kelganlar. Gagauzlar Bolqon yarim
. orolidagi o’rta asrlarda pravoslav diniga o’tgan turkiy xalqlarning
avlodi hisoblanadi. o’zining madaniy qiyofasi bilan ular moldavanlarga, ukrain va ayniqsa, bulg’orlarga yaqin turadi. Ukrainaning janubidagi Qrim va boshqa o’lkalarda qadimiy Xazar hoqonligidagi turkiy qabilalarning avlodi hisoblangan kichik bir etnos-karaimlar (3,3 ming kishi) yashaydi. X asrda Kiyev knyazlari tomonidan Xazar davlati yemirilgandan keyin karaimlarning ko’pchiligi Qrimda qolgan, bir qismi XIX asrda Litvaga va g’arbiy Ukrainaga ko’chirilgan.
Rossiyada 121 mingdan ziyod lo’li (sigan) lar yashashadi. Ularni Kavkazda va Markaziy Osiyo davlatlarida uchratish mumkin. Ular-ning tillari hindoriy guruhiga oid, ammo yashagan hududidagi ma-halliy tillarni ham biladilar. Lo’lilar Rossiyaga XV-XVI asrlarda Germaniya va Polsha orqali ko’chib kelganlar. Hozirgi paytda lo’lilarning ko’pchiligi o’troq turmush tarziga o’tib ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug’ullanmoqda.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə