Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§3. JANUBIY VA SfflMOLIY YEVROPANEVG NOSLAVYAN XALQLARI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə37/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§3. JANUBIY VA SfflMOLIY YEVROPANEVG NOSLAVYAN XALQLARI
Boltiqbo’yi, shimoliy viloyatlarning bir qismi, o’rta Povolje, Prikame va janubi-g’arbiy hududlarida o’ziga xos moddiy va ma'naviy madaniyat yaratgan turli xalq va elatlar yashagan. Ushbu xalqlar sharqiy slavyanlar bilan qo’shni bo’lganligi tufayli o’zaro ta'sir doirasida turganlar va ko’p tomondan umumiy belgilarga ega-dirlar. Antropologik jihatdan noslavyan xalqlar asosan, katta yevropoid irqining turli tiplariga oid. Ammo Volgabo’yi xalqlari mariylar, udmurtlar, chuvashlar, tatar va ayniqsa, boshqirdlar ora-sida, qisman shimoldagi loparlarda mongoloid belgilari seziladi.
Tiljihatdan noslavyan xalqlar bir necha turkumga bo’linadi. Eng ko’pi finno-ugor turkumiga tegishli fin tilida gapiradigan estonlar, korellar, livlar, vepslar, saamlar, udmurtlar, mordvalar, komi-ziryan va komi-permyaklar. Litva, latish xalqlarining tillari hind-yevropa til oilasining maxsus lettolitva shoxobchasiga, moldovanlar esa roman turkumiga tegishli. Bu yerda turkiy tilda gapiradigan xalqlar chuvashlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauz va karaimlar yashaydi. Qalmiqlar esa oltoy til oilasining mo’g’uI shoxobchasiga kiradi.
Mazkur xalq va elatlarning etnogenezi va etnik tarixi ham turli-cha. Shuning uchun tarixiy-madaniy jihatdan ular bir necha jabhalarga bo’linib o’rganiladi. Shularning ichida tarixiy, etnik va madaniy jihatdan ancha umumiy belgilarga ega bo’lgan Boltiqbo’yi xalqlari ajralib turadi.
Boltiqbo’yida asosan, uch xalq yashaydi: ma'lumotlarga ko’ra, litvaliklar (o’z nomi «listuvyan») 2,8 mln.dan ortiq kishi, latishlar («latviyeshi») 1,4 mln.dan ko’proq va estonlar (o’z nomi «eestlased») 1 mln. Litvaliklar o’z respublikasidan tashqari qo’shni Latviya, Belorussiya va Rossiyaning shimoli-g’arbiy qismida, AQSH, Kanada, Urugvay, Argentina, Avstraliya va Polshada (jami 320 mingga yaqin emigrant) yashaydi. Latishlar ham qisman qo’shni hududlarda (Estoniya, Litva, Rossiya va Belorussiyada)joylashgan. 60 mingga yaqin latishlar AQSH, Kanada va Avstraliyada yashaydi. Estonlar esa asosan, o’z respublikasida va ozgina qismi tashqarida (Leningrad, Pskov va Omsk viloyatlari, Latviya, Ukraina, Abxazi-yada) joylashgan.
Boltiqbo’yiga odam eng qadimiy davrlardan kelib joylashgan. Bronza davridayoq (miloddan avvalgi II ming yilliklar) hozirgi Latviya hududiga janubdan qadimgi ajdodlari letgollar, sellar, zemgallar va kureyshlar kelib tarixiy jihatdan hali aniqlanmagan mahalliy elatlar bilan aralashib ketgan. Latish xalqining shakllanishi XII-XIII asr boshlaridagi nemis salbchilari istilosi tufayli to’xtab qolgan va faqat XVI asr boshlariga yetib tugallangan. XIX asrning o’rtalarida latish millati shakllanadi. Qadimiy etnik guruhlardan latgallar bir ozmadaniy-maishiy xususiyatlarini saqlab qolganlar. Latishlar bilan to’liq aralashib ketgan mayda etnik gu-ruh-livlar kundalik maishiy hayotida eski tillaridan ham foydala-nadilar.
Litva xalqining qadimiy ajdodlari ham Nyamunas va Daugava daryolari havzasiga miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida kirib kelgan turli boltiq qabilalaridan iborat bo’lgan. Asli litva etnosi XI-XII asrlarda shakllana boshlagan va uning shakllanishida mazkur qabilalardan tashqari litva yoki aukshtayt elati, jmud yoki jemayti, skalva, nadrava, kisman yatvyaglar, kursheylar va zemgallar ishtirok etgan. Etnik konsolidatsiyaning paydo bo’lishiga XIII asming birinchi yarmida tuzilgan Litva davlati va Tevton ordeni bilan olib borilgan ko’p asrlik kurash muhim rol o’ynagan edi. 1795 va 1815-yillar Litva yerlarining asosiy qismini Rossiya imperiyasi o’z tarki-
biga qo’shib olgan. Litva burjua millati ham latishlar singari XIX asr o’rtalarida shakllangan.
Latviyaning shimolida qadimiy davrlardan eston xalqining ajdodlaridan rus solmonomalarida tilga olingan chud nomli fin tilida gapiradigan qabilalar yashagan. Ular hozirgi Estoniya hududida miloddan awalgi III ming yillikda paydo bo’lganlar; keyinroq bol-tiq, skandinav qabilalari, 1 ming yillikoxirlaridan sharqiy slavyanlar bilan aralashib ketgan va eston xalqining negizini tashkil qilgan.
Eston xalqining etnik jarayonida ishtirok etgan setu yoki setikez nomli etnografik guruh hozirgacha ajralib turadi. XIII asrlardagi nemis istilochilariga qarshi ozodlik kurashi milliy jipslashish jarayonini kuchaytiradi. 1750-yilgi shimoliy urushdan keyin Estoniya Rossiya tomonidan bosib olingandan so’ng qo’shilib olin-gan va o’sha davrdan harakatga kelgan ozdlik kurashlarida toblanib Eston millati shakllana boshlagan. Boltiqbo’yi xalqlari maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy madaniyatining shakllanishida bir tomondan sharqiy slavyan xalqlarining, ikkinchi tomondan g’arb-dagi qo’shnilari nemis, shved kabi german xalqlarining ta'siri o’tgan. Ayniqsa, sharqiy slavyan xalqlari bilan uzoq davrlar davomida Boltiqbo’yi xalqlari yaqin munosabatda bo’lganligi tufayli o’zaro madaniy ta'sirlar kuchli bo’lgan. Keyinchalik Litvaning Polsha tasarrufiga o’tishi natijasida bu yerda polyaklar-ning ta'siri kuchayadi va katolik dini tarqaladi.
Eng qadimiy davrlardan Boltiqbo’yi aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan. Boltiq dengizi sohillarida va orollarida baliqchilik muhim soha hisoblangan. Hozirgi davrda Estoniya, Litva va Latviya yuksak rivojlangan sanoat va qishloq xo’jaligiga ega bo’lgan eng ilg’or industrial-agrar respublikalardan hisoblanadi.
Sanoatning gurkirab o’sishi shahar aholisining ko’payishiga olib keldi. Boltiqbo’yi shaharlarining ko’pchiligi ko’p asrlik tarkga ega. Feodalizm davrida, ayniqsa, Latviya va Estoniyada, shaharlarda asosan, nemislar yashagan va ularning qo’lida hunarmandchilik ham savdo markazlashgan. Bozor iqtisodiyotining yangi shakllari paydo bo’lishi bilan shaharlar mahalliy tub aholi hisobiga o’sa boshlaydi. Hozir shahar aholisi qishloqqa nisbatan ancha ko’p.
Boltiqbo’yi mamlakatlaridagi qishloqlar qo’shni slavyanlarniki-ga o’xshash zich uylar yoki xutor (qo’rg’on) tipidagi hovlilar turku-midan iborat. Qo’rg’onlar, ayniqsa, Estoniya va Latviyada nemis-
293
larning ta'sirida tarqoq holda qurilgan. Uylari asosan, yog’ochdan ikki xonalik va dahlizlik qilib qurilgan. Estoniya va Shimoliy Latvi-yada o’ziga xos somon tomli va pechkali baland yog’och uylar-bos-tirma keng tarqalgan. Uning xususiyati uyga qo’shilgan maxsus so-mon quritadigan va xo’jalik xonalari kompleksining mavjudligidir. Mulkiy munosabatlarning paydo bo’lishi bilan davlatmand oilalar shahar tipidagi g’ishtli uylar qura boshlagan.
Boltiqbo’yi xalqlarining an'anaviy milliy kiyimlari feodalizm davrida paydo bo’lgan. Ular faqat uyda to’qilgan matodan tikilgan. Erkaklar kiyimining shakllanishida qo’shni nemislarning shahar madaniyati zo’r ta'sir o’tkazgan. Rang-barang va xilma-xil ayol kiyimlari ayniqsa, chiroyli bo’lgan. Ayollarning milliy kiyimlari asosan, turli yubka, kofta, ro’mol, etakcha va bezaklardan iborat. Butun Boltiqbo’yi aholisida bir necha xildagi an'anaviy kiyimlar mavjud bo’lgan.
Butun xalqning ma'naviy madaniyatiga nasroniy dinining ham ta'siri o’tgan. Boltiqbo’yi aholisi uchta diniy yo’nalishga itoat qil-gan. Katoliklar ilgari Polshada uzoq vaqt hukmronlik qilgan hududlarda, Litva hamda sharqiy Latviyadagi latgallarda tarqalgan. Lyuteranlik XVI asrdan boshlab nemis ruhoniylari tomonidan estonlar va g’arbiy latishlar orasida zo’rlik bilan o’rnatilgan. Rus viloyatlariga yaqin joylashgan aholi pravoslav diniga o’tgan.
Aholining aksariyat qismi milliy-madaniy an'analarning ko’p jihatlarini saqlab, rivojlantirib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgacha yetib kelgan amaliy san'at namunalari alohida qayd etish lozim. Professi-onal kasb bilan chatishib ketgan, masalan, yog’och haykaltaroshli-gi, qahrabo mahsulotlari ishlab chiqarish, badiiy to’qimachilik va kashtachilik, teri va sopol buyumlar ishlab chiqarish kabi amaliy xalq ijodi yillar davomida yana ham ravnaq topdi. XIX asrda paydo bo’lgan ashula bayramlari, an'anaviy tusga kirgan xor san'ati hozir-gi vaqtda eng ommaviy va keng tarqalgan xalq ijodiyotiga aylandi.
Rossiyaning Shimoliy Yevropa qismida ruslardan tashqari ka-rellaT, vepsalar, saamlar (lopar)lar, komi-ziryanlar, komi-permyak-lar va neneslar yashaydi. Shularning ichida antropologik jihatdan saam (lopar)lar aralash mongoloid va sof mongoloid irqiga xos, qolgan barcha etnoslar yevropoid belgilari bilan ajralib turadi. Neneslar esa sof katta yevropoid irqining vakillari.
Kareliya Respublikasi va Kaliningrad viloyatlarida 138 min-gdan ortiq karellar (o’z nomi naryala) yashaydi. Rus solnomala-
294
rida korela nomi bilan tilga olingan karellarning ajdodlari IX asrlarda Ladoga ko’lining g’arbiy sohillarida joylashgan. Ular XI-XII asrlarda hozirgi Kareliyaning g’arbiy qismini egallab keyin shimoliy va sharqiy tomonga tarqalgan va mahalliy vepsalar bilan aralashib ketgan. XII asrda karellar rus davlatiga qo’shilib ruslarning ta'siriga o’tgan. Karel xalqining shakllanishi XV asrlardan boshlanadi.
Tili va madaniyati jihatdan karellarga yaqin vepsa xalqi (8,1 ming) qadimgi ves nomli fin qabilasining avlodlaridir. Saami (lopar)larning sharqdan kelgan dastlabki mongoloid tipidagi ajdodlari ehtimol ural tilida so’zlashganlar. Ular bu yerda neolit davridan keng hududga tarqalgan mahalliy fin qabilalari bilan aralashib lopar tili va o’ziga xos mongoloid antropologik tipini yaratganlar. Hozir Shimoliy Yevropaning Kolsk yarim orolida dastlab ko’chmanchi bo’lgan (ularning asosiy qismi Shimoliy Skandinaviyada) ikki mingga yaqin loparlar yashaydi.
Fin til turkumiga kirgan udmurt, komi, mordva va mariylar-ning qadimgi ajdodlari miloddan awalgi III-II ming yilliklarda sharqdan Volga-Kania sohillariga kelib joylashgan. Ularning bir qismi (eston-litva va karelo-finlar) eramizdan avvalgi II-I ming yilliklarda Boltiqbo’yi va Kareliya tomonga o’tib o’rnashgan. Eramizning boshlariga kelib mazkur xalqlar etnik guruh sifatida shakllana boshlaydi. Vyatka va Kama daryolari oralig’ida joylashgan qabilalar udmurt xalqiga asos bo’lgan. Miloddan avvalgi I ming yillikda yuqori Kama va Vichegda vohasidagi finno-ugor qabilalardan komi-ziryan etnosi tashkil topadi. o’sha davrlardayoq Pechora va Vichegda vohasidagi mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan perm qabila birikmasi asosida komi-permyaklari paydo bo’lgan.
Shimoliy xalqlar ilk davrlardan (loparlardan tashqari) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullana boshlaganlar. Ularning xo’jaligida o’rmon ovchiligi, baliqchilik, asalarichilik muhim rol o’ynagan. Ijma daryosi bo’yidagi komiziryanlar neneslarning ta'sirida qisman bug’uchilik bilan ham shug’ullangan-lar. Yangi mulk munosabatlarining paydo bo’lishi har xil yollanma kasblarni yuzaga keltirgan edi.
Loparlarning xo’jaligi majmuiy xarakterda bo’lib bug’uchilik, baliqchilik va ovchilik birga qo’shib olib borilgan. Ilgari yil bo’yi bir necha marta oila bo’lib ko’chib yurgan loparlar o’tgan asr oxirlaridan
boshlab faqat erkaklar ko’chmanchilik qilib, ayollar boshqa oila a'zolari bilan birga qishloqlarda qolgan.
Karel, veps, komi-ziryan va komi-permyaklarning moddiy ma-daniyatida umumiy belgilar saqlangan. Ularning uylari tarqoq uya shaklida bosh qishloq tevaragida joylashgan. Yog’ochdan tiklangan uylar xo’jalik hujralari bilan birga qurilgan. An'anaviy kiyimlar ham umumiy xarakterda: uzun yengli ko’ylak, sarafan, boshida do’ppi va qalpoq, ayollarda har xil ro’mol va shol ro’mollar bo’lgan. Umuman kiyimlari qo’shni ruslarnikiga o’xshagan.
Loparlarning uylari ilgari mo’rili yarim yerto’ladan iborat bo’lgan, yozda ular ko’chishga qulay bo’lishi uchun cho’qqaygan daraxt qobig’i bilan yopilgan chaylalar qurganlar. XV-XVII asrlarda raslarning ta'sirida oynali yog’och uylar tiklaganlar.
XIX asr boshlarida Yevropaning shimolidagi xalqlarning ko’pchiligi yozuvni ham bilmaganlar. Ularaing ma'naviy madani-yatida asosiy o’rinni og’zaki ijod va amaliy san'at egallagan. Har xil epos, rivoyatlar, masallar, matallar va ertaklar keng tarqalgan. Ayniqsa, ajoyib xalq eposi «Kalevala» mashhur bo’lgan. Kashta-chilik, naqshli tikuv, yog’och o’ymakorligi rivojlangan.
Pravoslav dini o’tmishda hukmron bo’lganligi sababli hozirga-cha ibtidoiy diniy tasawurlar bilan birga mavjud. Masalan, lopar-lar har xil kasb-hunar, «xo'jayin» homiylariga sig’inganlar, muqaddas toshlarga itoat qilganlar, shomonizm saqlangan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə