Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§-6.ETNOLOGIYA FANIGAXOS MAXSUS ATAMALAR, TADQIQOT USLUBI VA MUAMMOLAR



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§-6.ETNOLOGIYA FANIGAXOS MAXSUS ATAMALAR, TADQIQOT USLUBI VA MUAMMOLAR
Har bir fan o’zining maxsus uslubi va terminologiyasiga ega. Etnologiya fani ham mustaqil ilm sohasi sifatida boshqa ijtimoiy fanlar singari zamonaviy fan yutuqlariga tayanadi va dolzarb muammolarni o’ziga xos uslub va vositalarga asoslangan holda hal qiladi.
54
Etnologik uslubni aniqlab olish uchun, dastavval, unga xos maxsus atamalarni bilish zarur. Yuqorida qayd qilinganidek, etnologiyaning asosiy tadqiqiy obyekti kishilikning tarixiy birligi hisoblangan «xalq» yoki «etnos» tushunchasi bilan bog’liq bo’lib, uning kelib chiqishi, irqiy tuzulishi, xo’jalik tiplari, moddiy va ma'naviy madaniyatining turli tomonlari, ijtimoiy va oilaviy maishiy turmush muammolari, dunyoqarashi va ijodiy faoliyati kabi hayotiy muammolarni qamrab oladi.
Ma'lumki, «xalq» degan tushuncha ancha keng ma'noga ega. Ba'zan xalq deb bir to’p kishilarni yoki ma'lum sonli ommani tu-shunsak, ba'zan bir necha elat va millatlar yashaydigan davlat yoki mamlakat aholisini tushunamiz. o’zbek klassik adabiyotida «xalq» so’zi ikki ma'noda: yaratish, borliq yoki odamlar, deb ta'riflanadi2. Aslida etnologiya fanida muayyan hududda joylashgan, tili, kelib chiqishi, moddiy va ma'naviy madaniyati, turmush tarzi va tashqi umumiy xususiyatlariga ega bo’lgan tarixiy birlikni anglatadigan xalq ma'nosida «etnos» atamasi ishlatiladi. Har bir etnos o’zining nomi (etnonim)ga ega bo’lib, ma'lum bir etnik guruhga oid ekanligini anglashi zarur. Etnik birlik ayrim shaxs yoki kishilaraing istagi bilan emas, tarixiy taraqqiyotning obyektivzaruriyati natijasida namoyon bo’ladi.
Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida o’zining etnogenezi (kelib chiqishi) bilan ham belgilanadi. Shuning uchun ham etnoslarni, yuqorida qayd qilganimizdek, bir necha maxsus tarixiy-etnologik atamalar va fan sohalari bilan hamkorlikda o’rganiladi. Jumladan, Paleoantropologiya fani, umuman odamning paydo bo’lishi va joylashuvini o’rganibgina qolmay, bal-ki ayrim etnoslarning tub joy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan migratsiya natijasida ko’chib kel-ganligini aniqlab beradi. Antropologiya fani esa ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlab beradi. Umumiy ilmiy atamalardan «irq» tushunchasi orqali ilgari aytilganidek, etnoslarning tashqi -jismoniy belgilari - badan terisining rangi, kalla suyagi va sochlarining tuzilishi, burni va ko’zining shakli, bo’yi va boshqa xususiyatlari bilan aniqlanadi. Etnologiya «sof» irqlarni emas, balki tabiiy jihatdan o’zaro yaqinlashgan, faqat tashqi biologik xususi-
o’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at. — T.: 1963, 367-bet
55
yatlarga ega bo’lgan barcha irqiy birlashmalar, ya'ni antropologik tiplarni o’rganadi.
Etnoslarning moddiy madaniyati tarixini va xususiyatlarini arxeologiya fani bilan hamkorlikda aniqlash mumkin. Madaniyat tushunchasi umuman tarixiy jihatdan inson qo’li va aqli yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarni anglatadi. Rus tilida «kultura» so’zi aslida lotincha so’z bo’lib «ishlab chiqarish», «yasash, yaratish» degan ma'noni anglatadi. Etnologik jihatdan bu ma'noga moddiy madaniyatda xo’jalik qurollari va mahsulotlari, uy-ro'zg’or buyumlari, kiyim-kechak va bezaklar, taom va idish-tovoqlar, turar joy va uylar, badiiy faoliyat mahsulotlari va hokazolar kiradi. Keng ishlatiladigan atamalardan «genezis» so’zi, yuqorida ko’rganimizdek, grekcha «tug’ilish, kelib chiqish manbai» ma'nosini anglatib, ayrim irqlarning, etnoslarning kelib chiqishiga oiddir. o’z navbatida arxeologiya fanida ham ishlatiladigan tabiiy tarixiy jarayon bilan bog’liq «urug’», «qabila», «jamoa», «elat yoki xalq», «millat» kabi ijtimoiy tushunchalar etnologiyada keng foydalaniladi.
Ijtimoiy munosabatlarni aniqlashda va ta'riflashda umumiy tushuncha va atamalardan tashqari keng ishlatiladigan urug’ jamoasi, qishloq yoki ovul jamoasi, qo’shnichilik (hududiy) ja-moasi, qabila ittifoqi va kengashi kabilar muhim ahamiyatga ega. Urug’chilik munosabatlarini tartibga solishda zarur bo’lgan nikoh bilan bog’liq maxsus tushunchalar ham mavjud. Masalan, urug’-chilik tartiblarini o’rganishda «ekzogamiya» (grekcha «ekzo» -tashqi, «gamos» - nikoh) so’zi urug’ yoki qabila ichida nikoh tar-tibi, ekzogamiyaga qarshi holatda boshqa urug’ yoki fratriyadan uylanish man qilinadigan odatlarni ifodalovchi atamalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan ko’p uchraydigan ortokuzen yoki kross-kuzen (grekcha «ortos» to’ppa-to’g’ri, «kross» — inglizcha tutashgan, «kuzen» - fransuzcha tog’a-ji-yanlar) nikoh tartibi bo’lib, faqat aka-ukalarning farzandlari orasidagi nikoh munosabatlarini anglatadi. Yoki ibtidoiy nikoh shakllaridan «poligamiya» (grekcha ko’pnikohlik), «poliandriya» («poli» - ko’p, «andre» - er, ya'ni ko’p erlik) kabi odatlar hozir-gacha, masalan, Tibetda saqlangan, Markaziy Osiyo ko’chman-chilari, Sibir xalqlari orasida yaqin davrlargacha saqlanib kel-gan «levirat» (lotincha «levir» - aka-uka) odati bo’yicha beva qolgan aka yoki ukaning xotiniga uylanish, «sororat» («soror» xotinning singlisi) xotini vafot etsa, uning singlisi yoki bir necha
56
singillariga uylanish odatlari ham asli ibtidoiy nikoh shakllari-dan qolgan tartiblardir.
Matriarxat (ona urug’i)dan patriarxat (ota urug’i)ga o’tish davriga oid munosabatlarni belgilovchi ayrim atamalar ham mavjud. «Kuvada» (fransuzcha «tuxum bosish») tushunchasi otaning bolaga nisbatan o’z huquqini tasdiqlash uchun o’tkaziladigan maxsus odat (masalan, hindilarda ona tug’ayotganda ota ham o’zi tug’ayotgan-dek ko’rpa orasiga kirib og’ir kuchanib yotish rasm bo’lgan), yoki «avunkulat» (lotincha «amaki») tartibiga ko’ra onaning aka-ukalari bilan bolalari (amakivachchalar) o’rtasida maxsus munosabatlar o’rnatilgan, amakisi jiyanining tarbiyasi va taqdiriga javobgar hisoblangan.
Etnoslarning xo’jalik faoliyati va mashg’uloti bilan bog’liq turli maxsus atamalar ibtidoiy xo’jalik shakllarini ifodalovchi yig’im-terimchilik, ovchilik, baliqChilik, keyinroq paydo bo’lgan chorvachilibva dehqonchilikka oid ko’p tushunchalar uchraydi. Masalan, dehqonchilik yerga ishlov berish usuliga qarab bir necha xilga bo’linadi (o’rmon yoki butazorlardagi daraxtlarni kesib, o’t yoqib, kuydirib, kufiga urug’ sepish usuli, yerni almashtirib partov yerga ekin ekish usuli, oddiy tayoq yoki chopqi (ketmoncha) bilan yerga ishlov berish usuli, omoch bilan hayvon kuchidan foydalanib yer haydash usuli va hk.). Asosiy tirikchilik manbai hisoblangan chorvachilik ham har xil tarmoqqa bo’lingan (yilqichilik, tuyachilik, bug’uchilik kabi sohalar). Hunarmandchilikning tarmoqlari juda ko’p bo’lib, turli etnoslarga xos har xil maxsus atamalar ishlatilgan. Masalan, umumiy atamalardan usta-shogirdlik, sex tuzumi, uskunalar va ish uslubi va ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi so’zlar ko’p uchraydi.
Etnoslar joylanishi, uy-joy qurilishi, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechaklari, bezaklari va boshqa moddiy-madaniy buyumlari, taomi va ovqatlanish tartibi bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Hozirgacha ba'zi yerlarda chaylalar yoki yerto’lalar (chum, vigvam, kata), chodir va qorauy (o’tov)lar guvala, xomg’isht, yog’och yoki toshdan qurilgan, ustunlargayoki poydevorga o’rnatilgan, tekis cho’qqaygan yoki gumbazsimon tomli oddiy uylardan to zamonaviy ko’pqavatli shahar binolari, ko’shk va saroylargacha uchratish mumkin. Etnologiyada mazkur turar joylar va ular bilan bog’liq buyumlar, munosabatlar va irimlar maxsus atamalar bilan belgilariadi. Turli tabiiy sharoitga moslashgan va milliy xususiyatni ifodalovchi kiyim-
57
kechagi (tikilishi, materiali, shakli, naqsh-bezaklari) va taomlari (go’sht, sabzavot, baliq, sut mahsuloti, o’simlik, pishirish usuli va hokazolar) ham ayrim etnoslarning o’ziga xos atama va tushunchalarida namoyon bo’ladi. Kiyim-kechak va taomlar ham kundalik turmushda, bayramlar va diniy marosimlarda farqlanib turlicha bo’lishimumkin.
Ma'naviy madaniyat tushunchalariga oid diniy e'tiqod va marosimlar bilan bog’liq atamalar juda ko’p ishlatiladi. Masalan, ibtidoiy din shakllaridan totemizm, magiya (sehrgarlik), shamanizm, animizm, tabiat kuchlari va arvohlarga sig’inish kabi ibodat shakllari va marosimlarni aniqlovchi turli atamalar, shuningdek, jahon dinlari bilan bog’liq xudo, pir, avliyo, qurbonlik, har xil diniy odat, marosim va irimlarni ifodalovchi atamalar mavjuddir.
JEtnologiya fanining o’ziga xos atama va tushunchalaridan tash-qari maxsus tadqiqot usullari ham bor. Albatta, etnoslarni o’rganishda etnologiyada nihoyatda keng va xilma-xil tadqiqotlardan foydalaniladi. Yozma manbalar, moddiy buyumlar, og’zaki ma'lumotlar, arxiv hujjatlari va yaqin fanlar to’plagan manbalar uning diqqat-markazida bo’ladi. Etnosotsiologiyalar va etnograf-larning etnos hayotini bevosita kuzatish yo’li bilan joylarning o’zida dala ishlari natijasida to’plagan ashyo va manbalarmng ahamiyati ham beqiyos. Atoqli rus etnografi V.G. Bogoraz dala ishlariga yuk-sak baho bergan. Bir joyda uzoq davr yashab kuzatish olib borish naqadar samarali ekanligini mashhur Amerika etnologi L. Morgan va atoqli rus tadqiqotchisi N.N. Mikluxo-Maklay ham alohida qayd qilganlar. Hozir etnologiya fanida statsionar uslub kam ishlatiladi. Ko’pincha qisqa muddatda o’tkaziladigan usul va ayrim keng hududni o’z ichiga qamrab olgan mavsumiy ekspeditsion dala ishlari keng qo’llaniladi.
Dala ishlarida asosan, axborotchilardan savol-javob yo’li bilan yozma yoki magnitofon orqali ma'lumotlar to’plash, muayyan marosim, maishiy turmush hodisalari, oilaviy nikoh munosabatlari, madaniyat veqealarini kuzatish, bevosita ishtirok qilish, jiddiy o’rganish (yozish, chizish, rasmga olish orqali) kabi usullar qo’llaniladi. Ma'naviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odatlar, marosim, ibodat, xalq ijodi - o’yin, ashula va hk.) kino-foto, vizual videoapparatlar, magnitofon kabi texnika vositalaridan keng foydalaniladi, dala ishlari vaqtida etnologlar etnoslarning maishiy turmushi va ma'naviy hayotiga oid barcha buyumlarni jiddiy
58
o’rganibgina qolmay, eng noyoblarini muzey eksponatlari sifatida yig’ib oladilar. To’plangan turli ma'lumotlarni haqqoniyligini aniq-lash uchun qiyosiy usul asosida kamida ikki-uch marta boshqa man-balar orqali tekshirib ko’riladi.
Etnologik tadqiqotlar boshqa gumanitar va ba'zi tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada o’tkaziladi va ularning yutuqlaridan keng foydalaniladi. Chunki, etnos iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha tomonlari bilan bog’liq. Etnologiya xalqlarning kelib chiqishi, shakllanishi, tarixi, irqiy tuzilishini o’rganishda arxeologiya va antropologiya bilan yaqin munosabat-da bo’lganligi tufayli maxsus sohalar - etnik antropologiya, paleoetnologiya kabilar bilan uyg’un aloqada bo’ladi. Etnik tarix va xususiyatlarini aniqlashda til muhim belgi bo’lganligi uchun tilshunoslikda yangi soha - etnolingvistika paydo bo’lgan. Etnoslarning ma'naviy madaniyati san'atshunoslik, musiqashunoslik va folklor bilan hamkorlikda o’rganiladi. Tadqi-qotlarning rivoji natijasida etnik jarayonni chuqur tadqiq qilish maqsadida so’nggi o’n yilliklarda yangi sohalar - etnosotsiologiya va etnopsixologiya yuzaga kelgan.
Etnologiya aslida geografiya fanidan ajralib chiqqanligi tufayli aholining joylashuvi, o’sishi, tevarak-muhit ta'siri, migratsiyasi kabi masalalarini o’rganishda maxsus soha etnik geografiya va demografiya fani muhim rol o’ynaydi. Xalqlar orasidagi xo’jalik birligini aniqlashda tabiiy fanlar ham katta yordam beradi. Ba'zi xalqlar yovvoyi o’simliklarni ekib o’stirish, yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatib, urchitishda kashfiyotchi bo’libgina qolmay, o’ziga xos usullarni ham yaratganlar. Mazkur etnik xususiyatlarni aniqlashda etnobotanika va etnozoologiya muhim ahamiyatga ega.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardan boshlab keng ko’lamda o’tkazilgan katta-kichik ekspeditsiyalar ko’p qirrali xu-susiyatga ega bo’lgan edi. Ko’pgina etnologik tadqiqotlarning ar-xeolog, antropolog, san'atshunos va folklorchi olimlar bilan birga-likda o’tkazilishi etnik jarayonning rang-barang va murakkabligi-dan darak beradi.
Hozirgi kunda o’tkaziladigan etnologik tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari va muammolari nihoyatda keng va qamrovlidir. Bu tadqiqotlarning eng muhim mohiyati zamon talab qilgan muammo-larni nazariy va amaliy jihatdan birgalikda hal qilishdan iborat.
59
Ayniqsa, mustaqil respublikalar paydo bo’lgandan keyin istiqlol yo’liga o’tgan milliy mafkura asosida rivojlana boshlagan ko’p millatli mamlakatlarning barcha xalqlarida o’zligini anglash jarayonida uyg’ongan jo’shqin vatanparvarlik tuyg’ulari ularning o’z xalqining tarixi va madaniy merosiga qiziqishini yanada kuchaytirdi. Mustaqillik negizida yaragan vaziyat nafaqat o’z xalqiga, balki uzoq-yaqin xalqlarga bo’lgan qiziqishni ham tabiiy ravishda jonlantirdi. Natijada etnologiya fanining tadqiqot doirasi, mavzu va muammolari nihoyatda kengayib, etnologik ishlar yangi, ijobiy pog’onaga ko’tarila boshladi.
Jahon etnologlarining, jumladan, MDH mamlakatlarida asosiy yo’nalishlaridan biri barcha qifalarda yashovchi xalqlarni tarixiy-etnografik jihatdan o’rganishdir. Bu yo’nalish ijtimoiy tuzum shakllaridan va etnogenez muammolaridan tortib to hozirgi davr madaniy-maishiy va etnik jarayonni qamrab olgan kompleks muammolarni o’z ichiga oladi. Mazkur fikrni ko’p yillik tadqiqotlar natijasida mashhur olim S.P. Tolstov boshchiligida yaratilgan «Jahon xalqlari» ruknida nashr etilgan ko’p jildlik yirik tarixiy-etnografik asarlar tasdiqlaydi. Aytish joizki, ayrim mamlakatlarda yashovchi yoki umuman jahondagi aholining kelib chiqishi, etnik qiyofasi va shakllanishi, joylashuvi va etnik xususiyatlarni aniqlash etnologiya fanining eng murakkab, ammo juda muhim masalalaridandir. Bu sohada ham nazariy ham amaliy jihatdan samarali ishlar olib boril-moqda. Eng zarur tarixiy-etnologik masalalarni o’rganishda tadqi-qotchilar hozirgi etnoslar madaniyatining turli an'anaviy belgilari-ni, maishiy turmush namunalari bilan uzviy bog’lab qiyos qilish usu-lidan keng foydalanmoqdalar. Etnologlar an'anaviy maishiy turmush madaniyati tabiiy belgilarining hozirgi rolini aniqlabgina qolmay, yangi paydo bo’layotgan unsurlarning vazifasi va rolini oydinlashti-rishga intiladilar. Bunday hollarda so’rovnomalar va statistik ma'-lumotlarni o’rganish orqali «traditsiya va innovatsiya» namunalari tadqiq qilinadi. An'anaviy va yangi etnologik nazariyotning keng miqyosda har tomonlama o’rganilishi samarasi o’laroq so’nggi yillarda juda ko'p ilmiy asarlar yaratilganligi bejiz emas.
Hozirgi ko’p qirrali murakkab etnik jarayonni, millatlarning
yaqinlashishi va birlashishi, elat va xalqlarning konsolidatsiyasi va
• integratsiyasi, oila va etnik munosabatlar, innovatsiyalar, yangi etnik
birliklarning shakllanishi, milliy madaniyatlardagi noyob tarixiy
meroslarni o’rganib, ularni jahon madaniyatiga singdirish va boyitish
60
ham amaliy ahamiyatga ega. Masalan, ko’pmillatli bizning mamla-katimizda umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtirgan zamonaviy o’zbek eli madaniyatini yaratishda har bir xalqning o’z hissasi bor, uni tadqiq qilish, o’rganish esa etnologiyamizning asosiy vazifalaridan biridir. MDHga a'zo mustaqil respublikalarda etno-loglar so’nggi yillarda hozirgi zamonaviy milliy-maishiy turmush muammolari, umuminsoniy qadriyatlar va nikoh-oila masalalariga katta e'tibor bermoqdalar. Yangi maishiy, turmush shakllarining paydo bo’lishi va shakllanish jarayonini o’rganish nazariy va amaliy jihatdan juda muhimdir. Ayniqsa, oila va oilaviy turmush, nikoh va jinslarning o’zaro munosabati, mahalla an'analari, bolalar tarbiya-si, axloq masalalafi etnologlarning diqqat markazida turibdi. Oila-viy hamda ijtimoiy urf-odat va marosimlar ham eng dolzarb tadqi-qiy muammolar qatoriga kirgan.
An'anaviy muammolardan etnoslarning xo’jalik faoliyatini, moddiy-madaniy belgilari (uy-joy qurilishi va jihozlari, kiyim-ke-chak va bezaklar, transport vositalari, taomlar va hk.)ni o’rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shiddatli tarzda kechayotgan ilmiy-texnik taraqqiyot va yer yuzidagi globallashuv jarayonlari ta'sirida jiddiy o’zgarishlar nihoyatda tez sur'atlar bilan ro’y bermoqda. Butun moddiy madaniyatga standart buyumlarning tarqalishi natijasida ularni integratsion jarayoni kuchayib, milliy an'anaviy xususiyatlar qisman yo’qolib ketmoqda. Ushbu murakkab masalalarni tadqiq qilishda etnologlarga katta mas'uliyat yuklaydi. Keyingi o’n yillik-da etnologlar bu vazifani amalga oshirishda muayyan yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Ular muayyan dasturlar asosida Yevroosiyoning barcha mintaqalarida keng miqyosda tadqiqotlar o’tkazib, mayjud adabiyotlarga tayanib, bir necha jildli «tarixiy-etnografik atlas»lar-ni yaratdilar. Ushbu asarlarda etnoslarning an'anaviy mashg’uloti, urf-odati, dunyoqarashlari va tasawurlarining moddiy buyumlarda ifodalanishi kabi masalalarga oid qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Shuni alohida qayd qilish lozimki, tadqiqotchilar moddiy madani-yat unsurlarini o’rganishda etnoslarga xos xususiyatlarni aniqlabgi-na qolmay, balki undagi umumiy belgilarni, masalan, umuminsoniy qadriyatlar asosida paydo bo’layotgan turmush tarziga xos etno-madaniy tomonlarini ham jiddiy tadqiq qilish zarurligiga e'tibor ber-moqdalar.
Ma'naviy-madaniy sohada etnologlarning diqqatini albatta badiiy va amaliy ijod masalalari o’ziga tortmay iloji yo’q. Ularni,
61
dastavval, moddiy va maishiy-madaniy jihatdan milliy ehtiyojlarni qondiradigan buyumlarni yaratish (kashta. gilam to’qish, kulolchilik, to’qimachilik, metallva yog’ochdan badiiy buyumlar yasash kabilar) masalalariga qiziqishlari tabiiy. Shu o’rinda ta'kidlash lozimki, ayrim mintaqalarda xalq teatri, milliy musiqa, raqs va o’yinlarni o’rga-nishda muayyan yutuqlar qo’lga kiritilgan. Ma'naviy boy va rang-barang hisoblangan oilaviy-maishiy bayram va marosimlarni har tomonlama tadqiq qilish katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi sir emas. Bu sohada ham etnolqglar keyingi davrlarda keng miqyosda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Jahon etnologlari, jumladan, bizning olimlarimiz oldida hozirgacha kam o’rganilgan, ammo muiiim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan etnopedagogika (yangi avlodni an'anaviy odatlar va zamonaviy talablar asosida tarbiyalashning xalq tajribasi) masalalari diqqatga sazovordir. Umuman, asrlar davomida to’planib kelgan xalqning ijobiy tajribasjni o’rganish eng muhim sof etnologik muammolardandir. Shu nuqtayi nazardan, masalan, etnopsixologiya va etnotabobat, ya'ni xalq tabobatini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega bo’lib, hozir bu masalada bir oz jonlanish sezilmoqda.
So’nggi yillarda jahon xalqlari dinlarini o’rganishga ham qiziqish kuchaymoqda. Har bir xalqning an'anaviy, ma'naviy ma-daniyatining muhim qismi hisoblangan din va diniy tasavvurlar-ni tadqiq qilish etnologiyaning muhim vazifalaridandir. Bu sohada ham dinshunos-etnolog tadqiqotchilar juda ko’plab yutuqlarga erishib, yetuk asarlar yaratganlar. Bugungi kunda mustaqillikka erishgan respublikalar o’tish davriga xos vaziyatda diniy tasavvurlarning ba'zan ortodoks shaklida namoyon bo’lishi et-noslar turmush tarziga salbiy ta^sir o’tkazishi mumkinligi sabablarini ko’rsatish bilan birgalikda ijobiy tomonlarini ham o’rganish ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o’rnini ilmiy jihatdan aniq-lab olish zarur. Diniy nizolar va xun olish, qalin to’lash, ayollarga adolatsiz munosabatda bo’lish, xurofiy odat va rusmlarga rioya qilish kabi saibiy tushunchalarni ochib berish va unga qarshi ku-rash yo’llaritii ko’rsatish, aksincha, ibtidoiy davrlardan beri saqlanib kelayotgan hashar, barnkorlik, mehmondo’stlik, biro-darlik, mahallachilik, kabi ijobiy xalq odatlarini o’rganib, hayot-ga singdirish va jrivojkntirish masalalarini etnologlarsiz hal qilish juda qiyin.
Hozirgacha ibtidoiy-urug’chilik tuzumi va uning qoldiqlari-
ni o’rganish etnologiyaning eng muhim muammolaridan hisob-
lanadi. Ibtidoiy jamiyat tuzumi qoldiqlari (ilk xo’jalik va texni-
ka shakllari, ijtimoiy munosabatlari, ilk din, san'at va dastlabki
ijobiy bilimlar)ni bizning davrimizgacha yetib kelgan Avstraliya,
Afrika va Amerikadagi ibtidoiy qabilalarni o’rganish orqali
aniqlanadi. Ibtidoiy jamiyat davridan bizgacha yetib kelgan
jamoatchilik munosabatlarining belgilari hatto eng taraqqiy
qilgan etnoslarning turmush tarzida ham ychraydi. Mazkur
ijobiy xarakterga ega an'analarni aniqlab, ibtidoiy tuzum
jamoatchilik tartiblarini fanda qayta tiklashda ham etnologlar-
ning xizmatlari katta. v
Demak, ko’p qirrali tarixiy-etnologik muammolarni jahon fani yutuqlari va kompleks usullarga asoslanib tadqiq qilish ilmiy jihatdangina emas, balki siyosiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Shu o’rinda ta'kidlash lozimki, mustaqillikka erishganimizdan buyon, etnologlar demokratik mamlakatlardagi kat-ta-kichikelat, xalq va millatlarning etnik jarayonini har tomonlama jiddiy o’rganmoqdalar, hamda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan il-miy xulosalari va tavsiyalari bilan yuksak madaniyatli yangi jamiyatni barpo etishga o’z hissalarini qo’shishga intilmoqdalar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə