Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§-3.ETNOLOGIYANING ASOSIY MAKTABLARI VAYo’NALISHLARI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§-3.ETNOLOGIYANING ASOSIY MAKTABLARI VAYo’NALISHLARI
Har bir fan o’ziga xos uslub, konsepsiya, maktab va yo’nalishlar-ga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xil maktab va yo’nalishlar yuzaga kela boshlagan. XIX asr o’rtalarida nihoyatda keng miqyos-da o’tkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida to’plangan boy ma'lumotlarni jiddiy sistemalashtirishga kirishish, jahon fanida paydo bo’lgan evolyutsionizm, diffuzionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy yo’nalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta'sir o’tkazgan.
23
Etnologiya faniga birinchi bo’lib evolyutsionizm nazariyasi umummetodologik ilmiy ko’rsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan o’tgan evolyutsionistik tasawurlar eng keng tarqalgan nazariya hisoblanadi, shuningdek, XIX asr etnologiya fanida insoniyat madaniyati rivojidagi umumiy qonun-qoidalarning mavjudligini asoslab, turli elatlarning o’ziga xosligini aniqlashga imkon yaratganligi alohida ta'kidlanadi. Mazkur maktab namoyandalari Angliyada Gerbert Spenser, Eduard Teylor, Jeyms Frezer, Germaniyada Adolf Bastian, Teador Bays, Fransiyada Sharl Leturno, AQSHda Lyus Genri Morgan o’z qarashlari, ilmiy izlanishlari bilan etnologiya faniga salmoqli hissa qo’shdilar, yangi g’oyalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar.
Shulardan eng mashhuri Eduard Teylor (1832-1917) o’zining «Insoniyatning qadimgi tarixi to’g’risidagi tadqiqot» (1865) va «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli asarlarida evolyutsion konsepsi-yasini ilgari surgan. Uning eng muhim g’oyasi - odam tabiatning bir qismi va u tabiatga xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi. Demak, barcha insonlar psixologik va intellektual jihatdan bir xil tabiatli va ular nafaqat o’ziga xos, balki umumiy xususiyatlarga ega madaniyatni yaratganlar. Barcha madaniy hodisalardan Teyloraing diqqatini ibtidoiy diniy e'tiqodlar jalb qilgan. Uning ta'rificha, barcha insonlar bir xilda rivojlanib, ibtidoiy davrlardan umumiylikka ega bo’lgan ruhiy olamni yaratganlar. Natijada ilk bora yuzaga kelgan dinlardan animistik tasawurlar hosil bo’lgan. U bunday tasawurlar «yowoyi» kishilarning tabiat sirlarini, tush, uyqu, kasallik, o’lim kabi hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilganligi tufayli paydo bo’lgan dastlabki falsafiy mushohadalarning mahsuli deb hisoblaydi. Odamlar ibtidoiy tushunchalarini tabiat bilan bog’lab oddiylikdan murakkablasha borayotgan tasavvurlarning rivojini mavjud hodisalarga qiyoslab bergan. U jonga va arvohlarga ishonish (animizm) e'tiqodini «din minimumi», deb ataydi. «Animizm, — deb yozadi Teylor - aslida barcha vahshiy va madaniy xalqlar falsa-fasining negizini tashkil qiladi».
Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1908), jamiyat va odamzod ichki va tashqi omillar ta'sirida rivojlanadi, degan g’oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qo’shni jamiyat va xalqlar, ichki omilga - odamning irqiy tuzilishi, tabiati, va ruhiyatining o’ziga xosligi kiradi. Spenser
24
insoniyat tadrijini koinotning universal qonuniyati bilan bog’lab insonning kamol topishini uning tug’ma qobiliyati bilan bog’laydi. Va lekin tug’ma tabiat abadiy emas, u takomillashish xususiyatiga ega. Spenser evolyutsiya g’oyasini bir yoqlama talqin qilib, ibtidoiy odamlar go’yo jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta'rif beradi.
Germaniyada etnologiya fani va evolyutsionizm ta'lichopqi asos solgan Adolf Bastian (1826-1925) yirik ta'limotchi va etnologiya fani tashkilotchisi bo’lib tanilgan. U jahonning turli mintaqasida to’qqiz marta o’tkazilgan ekspeditsiyalari natijasida juda ko’p etnografik materiallar to’plab, muayyan yagona nazariyani yaratishga muyassar bo’lgan. Bastianning eng asosiy bosh g’oyasi shundan iborat ediki, barcha elatlar umumiy dunyoqarashga ega bo’lib, oddiylikdan murakkablikka o’tish evolyutsiyasidan iborat.
Etnologiya faniga evolyutsionizmni tatbiq etgan Lyus Genri Morgan (1818-1881) alohida mavqega ega. Bu mashhur Amerika etnologi o’z zamonasida barcha olimlarga nisbatan yangi nazariya-dan ko’proq va samarali foydalangan. Morgan 40 yillik umrini Amerika tub aholisi - iroxezlar va boshqa qabilalarai o’rganishga bag’ishlangan asarlarida mazmunli va ko’p qirrali g’oyalarni ko’tarib chiqdi. Bu tashabbuskor etnolog olim o’zining asosiy naza-riy tushunchalari va g’oyalarini «Qadimgi jamiyat» (1877) nomli asarida bayon etgan. Unda muallif uchta eng muhim etnologik mu-ammolarni hal qilgan: insoniyat tarixida ibtidoiy urug’chilik tuzu-mining o’rni va ahamiyati, oila-nikoh munosabatlarining shaklla-nish tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirish masalalari. Morgan-ning ta'rificha, urug’chilik jamoasi qadimgi ijtimoiy tuzumlar - osi-yolik, yevropalik, afrikalik, amerikalik va avstraliyaliklarning bar-chasida umumiy xarakterga ega. Uning taklif qilgan davrlashtirish ta'limoti etnografik, tarixiy va arxeologik ma'lumotlarni yaxlitlab, har bir xalqning umuminsoniy tarixdagi o’z o’rnini aniqlashga im-kon berdi. L.Morganning asarlari evolyutsionizm nazariyasining ijo-biy tomonlarini to’ldiribgina qolmay, u insonlar tarixini haqqoniy o’rganishga xizmat qildi va yuqori darajaga ko’tardi.
Rus etnograflari ichida ham evolyutsionizm nazariyasi keng tarqalgan. Ular ham Yevropa va Amerika evolyutsion maktab va-killari (J. Lyobbok, M. Lennan, E. Teylor, A. Bastian, L. Morgan)-ning asarlari orqali o’z tarixini, nikoh-oila munosabatlari va din tarixini o’rganishga, tadqiq qilishga intilganlar. Bundan tashqari,
25
mazkur etnologiya klassiklarining asarlarini qisqa muddat ichida rus tilida nashr etilishi Rossiyada o’sha davrda yangi fanga qiziqish kuchayganligidan, har xil nazariy yo’nalishlarni tarqalishiga imkoniyat tug’ilganligidan dalolat beradi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa etnologiyasida ilg’or evolyutsion g’oyalardan qaytish ro’y beradi va fanga xilof g’ayriilmiy nazariya va yo’nalishlar paydo bo’ladi. Bu davrda, ayniqsa, birinchi jahon urushi arafasida mustamlaka va bozorlar uchun kurash, ijtimoiy ziddiyatlar va ozodlik harakatlari avj olgan edi. Bunday sharoitda hukmron sinflar bir xalqning ikkinchi bir xalq ustidan hukmronligini, bosqinchilik va mustamlakachilikni, ekspluatatsiya va zulmni oqlaydigan va qo’llab-quwatlaydigan g’oyalarga ehtiyoj sezar edi. Ko’pgina g’arb tadqiqotchilari, shu jumladan, etnologlar ham, o’z faoliyatini monopoliyalar manfaatiga, mustamlakachilik idora usuli vazifalariga moslab olib borganlar.
Hozir Yevropa va Shimoliy Amerikada etnologiya fani umumiy vazifa va maqsadlarni aniq tushuna olmasligi, tadqiqot metodlari-ning xilma-xilligi va ilmiy muammolarning ko’pligi tufayli nazariy duoh kelmoqda. Bu hadadlarda etnografiya fani
hamoa ifckiga ajfalgafl%o*fitt, 6'tkastumoslik vazifasini ado etuvchi (o’z xalqini o’rganish sohasi) va boshqa yot (asosan, Yevropadan tashqaridagi) xalqlarni o’rganish sohasidan iboratdir.
o’tgan asrning o’rtalaridan boshlab Shimoliy Amerikada mada-niy relyativizm va qayta tiklangan evolyutsionizmning yangi turlari (neoevolyutsionizm), tarixiylikka ko’r-ko’rona ravishda yondashish va hatto taraqqiyparvar olimlarning g’oyalariga yaqinlashish an'anasi kuchayadi. Atoqli rus etnologi Yu.P. Averkiyeva «1960-yillarda anti-evolyutsionizm urfdan chiqib, ilgarigi evolyutsionizm tanqidchilari endi o’zlari doim evolyutsionist bo’lganliklarini aytib, faqat o’tgan asr evolyutsionizmning asossiz amaliy aqidalarini tanqid qilib kelganliklariga ilmiy jamoatchilikni ishontirishga intiladilar» — deb yozadi. AQSHda 1963 va 1964-yillarda L. Morganning «Qadimgi jamiyat» asari yangi nashrda chiqishi bunga dalildir. Fun-ksionalistik, diffuzionistik va boshqa eski «izm»larning qurama g’o-yalaridan paydo bo’lgan neoevolyutsionizm asli yangi zamon etno-logiyasi nazariyasining oxirgi so’zidir.
Madaniy relyativizmning boshqa eng yirik namoyandasi antro-polog Melvill Xerskovits har bir xalq madaniyatini nisbiy, mustaqil deb hisoblab, umumiy, masalan, Yevropa-Amerika qiymatlilik
26
sistemasini, o’ziga xos madaniy xususiyatlarini inkor qiladi. Ayrim madaniyatning nisbiyligini tan olish bilan birga insoniyatga xos umumaxloq mezonlari ham nisbiy (relyativ) xarakterga ega, xalqlar madaniyati orasidagi ba'zi o’xshashliklar ham mustaqil, yaxlit insoniyat taraqqiyoti yo’q, deb da'vo qiladi. Uning ta'rificha, hozirgi Yevropa-Amerika madaniyatining asosiy belgisi texnologiya, o’rta asr Yevropasida supernaturalizm, ya'ni diniy mafkuraning hukmronligi, hozirgi melaneziyaliklarda ijtimoiy «prestij», Hindistonda sigirga sig’inish kabilar mazkur xalqlarning madaniy xususiyatlarini ifodalaydi.
Neoevolyutsionizm g’oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat to’g’risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi va izdoshi Marshall Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida yorqin ifodasini topgan. Masalan, Lesli Uayt ilmiy dunyoqarashidagi o’rta tushuncha - madaniyat aslida simvol (belgi)lardan tashkil topgan, degan tushunchadir. Madaniyat evolyutsiyasi, Uayt fikricha, asosan, texnologik taraqqiyotdan iborat bo’lib, u evolyutsiyaning «sotsiologik», «ideologik» va «sentimental» kabi o’zaro bog’liq muhim qismtariga kuchli ta'sir o’tkazadi. Ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki shakli oila, kishilik jamiyati va madaniyat evolyutsiyasining negizi mulk hisoblanadi. Uayt o’zining juda ko’p asarlarida «antropolog» (etnolog)larni akademik tadqiqot qobig’i bilan cheklanmay, katta nazariy va hayot o’rtaga qo’ygan amaliy masalalarni dadil hal qilishga chaqiradi. Styuard ham ko’p asarlari-da evolyutsion g’oyani g’oyat xilma-xil madaniyatlar bilan, ijtimo-iy hayot shakllari bilan birma-bir moslashtirishga intiladi. Etnologning asosiy vazifasi, deydi u, faqat madaniyatlarni izohlabgina qolmay, balki ularning taraqqiyot qonunlarini aniqlashdan, kishilarning o’zaro munosabatlari va ularning tevarak-atrofidagi muhitni o’rganishdan ham iboratdir.
Hozirgi davrdagi Yevropa etnologiyasida eng asosiy o’rinni keng tarqalgan strukturalizm oqimi egallaydi. Juda ko’p original etnologik asarlari bilan tanilgan iste'dodli fransuz olimi Klod Levi-Stross shu oqimning asoschilaridan biri hisoblanadi, AQSH va g’arbiy Yevropada uning fikrlarini fan nazariyasi, deb tasdiqlashga intiladilar. Levi-Stross jamiyat to’g’risidagi Dyurkgeym ta'limoti va formal lingvistika uslubini yaratgan Ferdinand de Sossyura g’oyalari ta'sirida tilshunoslikdagi
27
struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strkutrasi)ni simvollar tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Uning ta'rificha, real yaxlit borliq sifatida madaniyatni emas, balki uning strukturasidan sun'iy ravishda ajratib olingan ayrim qismlarni, masalan, qarindoshlik terminologiyasi, folklor, mifologiya, taom tayyorlash va hokazolarni tadqiq qilish zarur, Levi-Stross asarlarining nomlari («Xom va pishirilgan», «Asaldan kulga», «Qadah ko’tarish odatlarining kelib chiqishi», «Yalang’och kishi») fikrimizga dalil bo’la oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini o’rgangan Levi-Stross maishiy turmush va madaniyatning turli tomonlarini o’ziga xos qonuniyatga ega bo’lgan yopiq sistema shaklida ta'riflaydi. Demak, strukturalizm nazariyasining negizida qandaydir tarixiy tuzumdan tashqari, sabab-natija aloqalariga ega bo’lmagan abadiy struktura mavjud va u inson tafakkuri hali bexabar kishi ongi mahsulidir, degan tasavvur yotadi.
Levi-Stross konsepsiyasida jamiyatdan sun'iy ravishda ajratil-gan hodisalarining ayrim qismlarini o’rganish asos bo’lsa, juda ko’p iste'dodli olimlardan iborat «ingliz strukturalistlari» real konkret tarixiy birikmalar (qabila, xalq, davlat)ning ayrim strukturalarini tadqiq qiladilar. Mazkur nazariya vakillaridan atoqli afrikashunos Evans-Pritchard, Okeaniya orollari etnografiyasini o’rganishda mashhur bo’lgan Daymond Fyors, Janubiy Afrikada tug’ilgan etnograf Meyer Fortes va uning hamkasbi Maks Glukmen tadqiqot-lari e'tiborga molikdir.
Yevropa etnologiyasida o’tgan asrda paydo bo’lgan «o'lkashu-noslik» tendensiyasi so’nggi yillarda ancha o’sdi. Natijada o’z xalqini o’rganish, turli muzeylar yaratish, ochiq etnografik muzeylarni tiklash, muayyan tadqiqotlar o’tkazish, ayniqsa kuchaydi. Hozir Yevropa va AQSHda juda ko’p yuqori malakali etnologlar paydo bo’lgan. Faqat AQSHning o’zida taxminan uch mingga yaqin etnolog mavjud. Mamlakatning deyarli hamma universitetlarida etnologiya kursi orqiladi va etnologik ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladi. Ilmiy tadqiqotlar o’tkazishda ko’p muzeylar qatnashmoqda. Maxsus etnologik jamiyatlarning faoliyati nashr etilish («Amerika etno-tarix jamiyati» kabilar), turli jurnal va to’plamlar etnologiya faniga qiziqish katta ekanligidan dalolat beradi. Yevropada o’lkashunoslikning o’sishi natijasida o’z xalqining maishiy turmushi, moddiy va ma'naviy madaniyatini targ’ib qilish kuchayib bormoqda.
28
Bu ishda maxsus qishloq tarzidagi ochiq joylarda tiklangan etnografik muzeylar muhim rol o’ynamoqda.
Etnologiya fani qator Yevropa mamlakatlarida yangi ilg’or g’oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga aylandi va tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. U g’oyaviy jihatdan obyektiv metodga asoslangan holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bo’lishi, an'anaviy moddiy va ma'naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni keng miqyosda tadqiq qilishga kirishgan. Etnologik tadqiqotlar muntazam ravishda ko’p mamlakatlarda boshqa yaqin fan sohalari, ayniqsa, sotsiologiya bilan hamkorlikda davlat siyosatiga muvofiq ilmiy kadrlarni bir maqsad yo’lida katta muammolar tevaragiga jipslashtirgan holda olib borilmoqda.
Ayrim mamlakatlarda an'anaviy o’lkashunoslik doirasidan chiqilib, boshqa xalqlarni o’rganishga o’tish jarayoni sezilmoqda. Xususan, Polshada «o'zbeklar» nomli monografiya yaratilgan. Ger-maniyada etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sha-roitda, ilmiy kadrlarning bir qismi natsizm tuzumi davrida halok bo’lganligi, bir qismi chet ellarga qochganligi tufayli fashistik maf-kura qoldiqlariga qarshi kurash olib borish barobarida rivojlandi. Barcha Yevropa mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va muzeylar doirasida mar-kazlashtirilgan.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog’onaga ko’tar-gan va jahon etnologiya fanida o’ziga xos obro’ga ega bo’lgan mak-tabning paydo bo’lishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P. Tolstov nomi bilan bevosita bog’liqdir. U etnografiya fanini jahon ilm sahnasiga ko’tarib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yo’lida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P. Tolstov etnografiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini o’rgana-di, «turli tarixiy davrlarda paydo bo’lgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta'kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bo’lgan S.P. Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatini o’rganishdagi katta xizmatlari uchun o’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni o’rganishga alohida e'tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste'dodli etnolog
olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P. Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I. Kushner, I.I. Potexin, L.P. Potapov, G.F. De-bes, M.O. Kosven, S.A. Tokarev, M.G. Levin, N.N. Cheboksarov, B.O. Dolgix, D.A. Olderogge, N.A. Kislyakov, T.A. Jdanno bo’ldilar. So’nggi yillarda yetishib chiqqan va etnografiya fanining rivojiga sahnoqli hissa qo’shgan tadqiqotchilar Yu. V. Bromley, Yu. P. Averkiyeva, S.I. Bruk, V.P. Alekseyev, V.I. Kozlov, F.F. Its, G.E. Markov, B.A. Andrianov, V.K. Chistov, S.I. Vaynshteyn, R.K. Kuzeyev, V.V. Ginzburg, M.V. Kryukov, R.N. Ismagilova, Yu.V. Arutyunyan, Yu.I. Semenov, N.A. Butinov, S. Kamolov, K. Shoni-yozovlar o’zlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar. Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda ko’plab iste'dodli olimlar milliy etnologiya fanini o’z asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb mu-ammolarni hal qilishda o’zlarining muayyan hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə