Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


§-3. MELANEZIY A V A MIKRONEZIY A XALQLARI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/39
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#182330
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Milliy mafkuraning shakllanishi o \'zbek xalqining, ayniqsa-www.fayllar.org

§-3. MELANEZIY A V A MIKRONEZIY A XALQLARI
«Qora orollar» deb atalgan Melaneziyaga papuaslar o’lkasi -Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshqa mayda orollar kiradi. Mustamlaka arafasida papuaslar va melaneziyaliklar xo’jalik jihatdan deyarli bir darajada turganlar. Ularning xo’jaligida eng bosh soha tropik tipdagi dehqonchilik va dengiz baliqchiligi bo’lgan. Hayvonot dunyosi qashshoq bo’lganligi tufayli ovchilik deyarli rivojlanmagan.
Tirikchilik asosan, dehqonchilik mahsulotlari - ildizmevali o’sirnliklar va mevali daraxtlar o’stirishdan iborat bo’lgan. Quruq joylarda emas, namroq yerda taro, kokos xurmosi, non daraxti, banan, keyin paydo bo’lgan kofe, kakao, sholi, choy va hokazo hozirgacha ham asosiy ekinlar hisoblanadi. Yil bo’yi yerga ishlov berilib, tropik iqlimga xos ekin ekilgan. Yerni oddiy yog’och bilan; kovlab, kesagini yog’och bel bilan hamda qo’lda maydalangan va
88
urug’ sochilgan. Yerga ishlov berishda erkak-ayol teng ishlagafl. Ekish, yaganalash va yig’im-terim asosan, ayollar zimmasida bo’lgan. Sohillarda yashovchi baliqchilar bilan savdolashib dehqonchilik mahsulotlarini ayirboshlaganlar. Baliq ovlash bilan erkaklar shug’ullangan. Baliqchilikda suyak va chig’anoqdan yasalgan turli qarmoqlar, to’r va savatlar, eni ikki metr, uzunligi 300 metrli to’rlar, sanchqi va hatto o’q-yoylardan foydalanilgan. Chorva kam bo’lib, uy hayvonlaridan it, cho’chqa, tovuq saqlangan va ularni asosan, bayramlarda so’yganlar. Go’shtni «yer o’chog’ida» toshni qizdirib yoki olov yoqib kulida pishirganlar, ba'zan qaynatib ham yeganlar. Terib-termachlash bilan shug’ullanganlar. Uchli yog’ochni chaqmoq toshga ishqalab yoki burov usuli bilan olov hosil qilingan.
Melaneziyaliklarning asosiy qurollaridan toshbolta, nayza, cho’qmor, o’q-yoy (Yangi Gebrid orollarida eng muhim qurol), palaxmon kabilar keng tarqalgan. Mudofaa uchun ba'zan yog’och yoki to’qima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yog’och va bambukdan, kokos yong’og’i qobig’idan yoki qovoqdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik, savat, bo’yra, xalta, yelpig’ich, kabi buyum-larni to’qish keng rivojlangan. Ammo gazlama to’qishni bilmagan-lar, tapa (maxsus daraxt qobig’i)dan va o’simlik yaprog’idan etakli belbog’ va hokazo tikilgan.
Melaneziyaliklar va papuaslar asosan, o’troq bo’lib, urug’ ja-moa shaklida kichik qishloqlarda istiqomat qilganlar. Ularning uylari odatda har xil tipdagi yengil ustunlarga qurilgan, to’g’ri burchak yoki doirasimon shaklda cho’qqaytirilgan bo’lib, tomlari palma yoki daraxt yaprog’i bilan qalin qilib yopilgan. Sohillarda ba'zan qoziqoyoqlar o’rnatilgan uylar ham uchraydi. Oddiy turar uylardan tashqari har bir qishloqda erkaklar bo’sh vaqtlarida to’planadigan ba'zan turli naqshlar bilan bezatiladigan hashamatli jamoa uyi («erkaklar uyi») qad ko’targan. An'anaviy transport vositasi kema bo’lgan. Ular bir-ikki odam sig’adigan qayiqchadan tortib 40 taga yaqin odam sig’adigan balansirli yog’och kemalargacha ega bo’lganlar. Kemalar eshkakli va ba'zan uchburchakli chipta yelkanli bo’lgan.
Papuas va melaneziyaliklarning kiyimlari, tropik iqlimga moslashgan bo’lib, asosan, erkaklar fartukli belbog’ va ayollar esa o’simlikdan tikilgan kalta yubka, ba'zi joylarda yaqin davrlargacha tayloq ham kiyib yurishgan. Qattiq yog’ingarchilik vaqtlarida qalin
89
yaproqlardan yoping’ich shaklida tikilgan kiyimni yelkaga yopib yurganlar. Ammo kiyimlarga nisbatan turli bezaklar ko’p bo’lgan. Ayniqsa, erkaklar bezaklarni ko’proq osgan, sochlarini turli xilda taragan. Bambukdan yoki cho’plardan taroqlar yasab, ba'zan ularni ham bezak sifatida ishlatganlar.
Mustamlaka arafasida ijtimoiy munosabatlar ona urug’ining oxirgi davriga to’g’ri keladigan tuzum darajasida bo’lgan Yangi Gvineyada, masalan, urag’-jamoa munosabatlari mustahkam bo’lsa, Fidji orollarida sinfiy jamiyat endi kurtak otgan edi. Katta orollarning aholisi qabilalarga bo’lingan, urug’ jamoasi esa uning asosini tashkil qilgan. Mulk shakli bir oz murakkab: yer jamoaniki bo’lsa-da, undan foydalanish individual xarakterga ega, har kim, hatto bola ham, o’zi ekkan mevali daraxtiga ega bo’lgan. Uy va uning jihozlari, qurollar shaxsiy mulk, katta kemalar esa jamoaga tegishli bo’lgan. Meros ona urug’i tomonidan hisoblangan. Jamoa mustaqil iqtisodiy hujayra bo’lib yashagan va qabilalararo munosabatlar natural savdo va nikoh shaklida amalga oshirilgan. Janubiy va sharqiy orollarda (Yangi Kaledoniya, Fidji va hokazo) yashovchi melaneziyaliklar jamoasida ijtimoiy tabaqalanish natijasida badavlat shaxslar, zodagonlar va urug’ boshliqlari paydo bo’lgan. Ular jamoa mulkining bir qismini egallaganlar, ayrim ja-moa a'zolarini o’zlariga qaram qilib olganlar, urushlarda asirlarni qul qilganlar, bo’ysundirilgan qabilalarga soliq solganlar.
«Erkaklar ittifoqi» hukmron zodagonlarning qudratli quroli hisoblangan. Mazkur ittifoq tabaqalarga bo’lingan va eng yuqori tabaqadagi ittifoqqa a'zo bo’lish uchun katta badal to’lashi va maxsus boy marosimlar o’tkazishi shart bo’lgan. Chunki yuqori tabaqadagi ittifoq a'zolari katta imtiyozlarga ega bo’lib, o’ziga xos mustabid hokimiyat vazifasini bajarganlar, aholini qo’rqitib, boyliklarini tortib olganlar. Butun Melaneziyada keng tarqalgan mashhur Duk-duk nomli erkaklar ittifoqi aslida initsiatsiya marosimlari bilan bog’liqdir.
Initsiatsiya marosimi Yangi Gvineya va melaneziyaliklarda tar-biyaviy ahamiyatga ega bo’lgan. Erkaklar qatoriga qabul qilinish uchun yoshlikdan tayyorgarlik ko’rilgan, o’spirinlar maxsus ajratilgan tarbiyachilar qo’liga topshirilgan, turli og’ir sinovlardan o’tkazilgan: masalan, bola do’pposlangan, tatuirovka qilingan, ovqat va uyqudan mahrum etilgan. o’spirinlar faqat «erkaklar taomi» -banan, shakarqamish va o’rmon mevalarini iste'mol qilishlari shart bo’lgan. Ayollar qo’lidan ovqat yeyish, ular o’stirgan daraxt mevasini
90
tamaddi qilish qafiyan man qilingan. Xullas, butun marosim o’g’il bolani onasidan, umuman ayollardan ajratib, erkaklar dunyosiga jalb qilishdan iborat bo’lgan. Ba'zan sinov va udumlar turli qo’shiq va raqslar, surnay navolari ostida o’tkazilgan.
Koko qabilasida marosimning oxirida o’spirinlarga qabilaning odat va odob tartiblarini o’rgatish bilan birga turli nasihatlar ham berilgan. Masalan, ularga: «O'g’irlama! Fohishalik katta gunoh, unga berilgan tez o’ladi! Xotiningni urma! Birovning polizidan meva olma! Adolatli bo’lsang uzoq yashaysan!», deyilgan. Torresova bo’g’ozidagi orollarida quyidagicha nasihat diqqatga sazovor: «Birov sendan bir narsa so’rasa, yo’q dema! Agar unga taom, suv yoki yana boshqa narsa zarur bo’lsa, ayama, yarmini bergil! Shunda sen yaxshi odam bo’lasan! Agar sen va xotining ota-onangdan hech narsa olmagan bo’lsanglar ham ularga g’amxo’rlik qilishni unutmangiz! Onangga hech vaqt qo’pollik qilma! Ota va onang sening qorningdagi taoming, agar ular o’lsa, sen och qolasan! Tog’ang va boshqa qavmu qarindoshlaringga ham g’amxo’rlik qilishni unutma!...»8. Marosim nog’oralar ovozi va surnay kuylari, o’rtaga boshiga konus shaklida baland niqob kiygan, ustiga qatma-qat yaproqlar yopingan tuyaqushga o’xshash daxshatli arvoh obrazidagi Duk-duk o’yini bilan tugaydi. Shunday qilib o’g’il bolalar erkaklar guruhiga o’tadi va o’z vaqtini asosan, oiladan va xotinlardan tashqari, «erkaklar uyi»da o’tkazishga majbur bo’ladi.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha erkaklar ittifoqining paydo bo’lishi ona urug’i hukmronligiga qarshi qaratilgan o’ziga xos qurol hisoblangan, ya'ni matriarxat urug’idan patriarxatga o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan. Initsiatsiya natijasida bir oilada tug’ilib o’sgan o’spirin ona uyini tashlab, erkaklar uyiga, ya'ni urug’ ixtiyoriga o’tadi va yangi oila tashkil qiladi. Ammo uning ahvoli ikkilanma va qarama-qarshi bo’lgan, bir tomondan u urug’ a'zosi, ikkinchi tomondan oila boshi, bir kecha erkaklar uyida yotsa, ikkinchi kecha o’z uyida yotadi, o’z vaqtining bir qismini umumiy urug’ ishlariga sarflasa, ikkinchi qismini oilasiga ajratadi. N.A. Butinov ta'rificha, Yangi Gvineyadagi Maklay sohilida o’tkazilgan initsiatsiya tantanalari 10-15 yilda bir marta nishonlanib, hayotga yangi mehnatkash avlod kirib kelganligini namoyish qiladi. Mazkur
8 KJapanr: %. BonbHeuHH. Y aSopHreHOB OxeaHHH. — M: «Hayxa». 1976, 165 6er
91
marosimni nishonlashdan maqsad o’spirinlarni oilasidan ajratib urug’ a'zoligiga o’tkazibgina qolmay, balki eng muhimi ularni uylanib, yangi oila va uyga ega bo’lgandan keyin ham erkaklar uyida saqlab qolishdan iboratdir. «Bunday marosimlar, — deb xulosa qiladi muallif, ikki vazifani bajaradi. Birinchidan - oiladan begonalashti-rish har bir erkak tomonidan individual holatda turli udumlar orqali (badanini «ayollar sarqiti»dan tozalash, ona qonidan qutulish uchun burundan qon oqizish, tilni sal kesish, xatna qilish odatlari) amalga oshiriladi. Ikkinchidan -urug’ga mustahkam bog’lanish ayollardan maxfiy saqlangan urug’ning muqaddas joyi erkaklar uyida, butun urug’doshlar tomonidan jamoaviy holatda yilda bir necha marta o’tkaziladigan ayol va bolalar ishtirok qilmaydigan urug’chilik bayramlari orqali namoyish qilinadi»9.
Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bo’lgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga to’ldirilgan. Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bo’lmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va boshqarib turuvchi qavmu qarindoshlik munosabatlari ancha o’zgargan, katta qalin to’lash, ko’pxotinlik paydo bo’lgan. Gvineyaga borgan Ya. Volnevich so’nggi o’n yillikda kelin bahosi o’n hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bo’lib, kambag’al yigitlarga uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan.
Eri o’lganda xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasa-dini qabrdan kovlab olib ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus to’r xaltaga solib o’zi bilan olib yurgan. Kukuku qabilasida kishi o’lgandan keyin jasadni uyda maxsus ustunga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, so’ng chiptaga o’rab qabristonga eltib qo’ygan-lar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba'zan bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha cho’zilishgan hollari kuzatilgan. Faqat qaynog’asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi mumkin bo’lgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi o’lgan ayol bir barmog’ini motam belgisi sifatida kesib tashlagao va bo’yniga osib yurgan.
Papuas va melaneziyaliklarning diniy e'tiqodida mana tushun-chasi muhim rol o’ynagan. Mana tabiatning turli hodisalari, arvohlar, boy kishilar bilan bog’liq qandaydir qiyofasiz kuch hisoblangan. Eng
9 Ilpoiiuioe h Hacrosmee ABcrpanHH h OxeaHHH. — M.: «Hayica». 1979, 136 6er
92
kuchli mana, odatda, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning arvohlariga xos bo’lib, ularga sig’inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat kuchli bo’lgan. Ajdodlarning arvohlariga sig’inish e'tiqodi o’liklarning kalla suyagini maxsus muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiylikka o’tish davriga xos turli animistik tasavvurlar, sehrgarlik e'tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli arvohlar obrazi va u bilan bog’liq marosimlar melaneziya-liklarning ma'naviy madaniyatiga ta'sir etgan.
Bayramlarda kuy va raqslar ijro etilgan, ayniqsa, erkaklar raqsi turli xilda va dramatik mazmunda harbiy harakatlar, eshkak eshish kabilarda tasvirlangan. Dekorativ san'at, o’ymakorlik rivojlangan. Ammo amaliy bilimlar ancha past, faqat xalq tabobatigina bir oz rivoj topgan: uqalash, qon chiqarish, suyakni joyiga solish, trepanatsiya qilish, o’tlardan dori tayyorlashni puxta o’zlashtirganlar.
Migratsiyaning kuchayishi natijasida ayrim orollarning etnik tuzilishi ancha o’zgargan, tub aholi soni kamayib, kelgindi ko’payib ketgan. Eski qabilaviy tuzum asta-sekin yemirilib, qabila boshliqlari mustamlakachilarning ma'muriy malaylariga aylangan. Fidji orolida serunum yerlarni egallagan mustamlakachilar plantatsiya xo’jaligini tuzib shakarqamish eka boshlaganlar. Ular ishchi kuchiga muhtoj bo’lib, qo’shni orollardan va Hindistondan juda ko’p yollanma ishchilarni olib kelganlar. Orol aholisining deyarli 50 foizini hozirda hindlar tashkil qiladi, tub aholi esa undan ham oz qolgan.
Yangi Gvineyada hozir papuaslar va melaneziyaliklar 2,8 milli-ondan ortiq. Ammo ularning ko’pchiligi ibtidoiy tuzum darajasida -noqulay sharoitda, tropik o’rmonlarda va botqoqlik qirg’oqlarda yashaydilar. Aholining 40 foizi natural xo’jalik bilan band. Mahalliy tub aholining ozodlik kurashi natijasida papuaslar Yangi Gvineyasi o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega bo’ldi va 1975-yilda mustaqil davlat deb e'lon qilindi.
«Mayda orollar» nomi bilan atalgan Mikroneziya asosan, marjon va vulqonlardan paydo bo’lgan juda ko’p kichik orollardan iborat. Bunga Tinch okeanining g’arbiy qismida joylashgan Marshall, Karolin, Marian orollari va Gilbert arxipelagi kiradi. Nihoyatda keng hudud (14 mln. km2)da tarqoq joylashgan mazkur orollarning umumiy maydoni 3,5 ming km2 ga ham yetmaydi. Ammo geografik mavqei nuqtayi nazardan Mikroneziya Janubi-sharqiy Osiyo
93
mamlakatlari bilan Polineziya va Melaneziya orolligida joylashganligi juda qulay.
Antropologik jihatdan Mikroneziya aholisi melaneziyalik va polineziyaliklarga yaqin mongoloid va negroid irqining aralashma-sidan paydo bo’lgan tipdir. Ular o’rta bo’yli, jigarrang tanli va bir oz jingalak sochli. g’arbiy Mikroneziyada mongoloid qo’shimchasi borligi seziladi.
Mikroneziya xalqlarining tillari kam o’rganilgan, ammo so’nggi - klassifikatsiya ma'lumotlari malayya-polineziya turkumi avstroneziya til oilasiga oid ekanligini tasdiqladi. Mikroneziyalik-larning ko’p qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida so’zlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. g’arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi (15 ming kishi) g’arbiy Mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari ko’p sonli metislar va immigrantlar ham mavjud.
Mikroneziyaliklarning xo’jaligida serunum yerlar kam bo’lgan-ligi tufayli faqat kokos palmasi, shakarqamish, non daraxti o’stiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun ko’radi. Mayda orollarda qisman o’ziga xos madaniyatga ega bo’lgan dengiz ko’chmanchilari deb nom olgan qabilalar ham yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog’och tola-lardan to’qilgan to’rlar, bambukdan po’pak va hinjilardan qarmoq-lar, xivichdan yasalgan har xil to’rlar, sanchqi va hokazo. Palau orollarida sholikorlik va kulolchilik bilan shug’ullanganlar. g’arbiy Mikroneziyada sug’orish dehqonchiligi asosiy rolni o’ynasa, sharqiy qismida baliqchilik eng muhim soha hisoblangan.
g’arbning moddiy madaniyati yuksak kulolchilik, tosh ustunlar-ga uy qurish va boshqa kasb xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Tosh yoki yog’och ustunlariga sinch qilib qurilgan uylari palma yaprog’i bilan yopilgan. Kiyimlari o’simlik tolalaridan to’qilgan har xil belbog’ va etaklardan iborat, ayollar asosan, xashak va yaproqlardanjikilgan yubka kiyadilar.
Ayrim orollar ijtimoiy tuzumida va ma'naviy madaniyatida ibtidoiy an'anaviy munosabatlar saqlangan. Ammo sotsial tabaqalanish ham paydo bo’lgan. Harbiylar, dengizchilar va kema-sozlar zodagonlar tabaqasiga kirgan, dehqonchilik va baliqchilik bilan shug’ullanuvchilar esa kambag’al hisoblanganlar. Ayrim Palau kabi orollarda urug’ va qabilaviy munosabatlar kuchli bo’lgan.
94
Ayniqsa, ona urug’i tartib qoldiqlari saqlangan, qizlar erkin nikoh huquqiga, umuman ayollar erlar bilan teng huquqqa ega bo’lganlar. Katta oila xo’jalik hujayrasi bo’lib yetishgan. Karolin va Marshall orollarida qabila boshliqlarining hukmronligi va an'anaviy ijtimoiy tartiblari hozirgacha ham saqlangan. Dini qadimiy animistik tasav-vurlar bilan bog’liq o’liklar va ajdodlar ibodatidan iborat. Folbin va kohinlar ham bo’lgan. Hozir ko’p orollarda nasroniy dini ayniqsa, katolitsizm tarqalgan. Ammo «muqaddas homiylar»ga bag’ishlan-gan bayramlar («Fiyesta»)ni nihoyatda tantanali nishonlaganlar. Juda boy va hashamatli nikoh to’ylari ham o’ziga xos xarakterga ega bo’lgan.
Mikroneziya hozirgi davrda butunlay AQSH ta'sirida. Ular orollardagi qulay yerlarining ko’p qismini o’z tasarruflariga olganlar, tub aholiga esa 40 foizgina yer tekkan, xolos. Marian va Marshall orollarining ko’p qismida amerikaliklarning harbiy bazalari joylash-gan.
Mikroneziyaning hozirgi iqtisodiyoti asosan, kokos palmasini o’stirish va kokos yong’og’ini ishlab chiqarishdan iborat. Ayrim orol-larda shakarqamish, kakao va sabzavot yetishtiriladi. Gilbert orol-larida fosforit qazib olinadi. Maorif tizimi nihoyatda past darajada rivojlangan.
II. OSIYO XALQLARI VA ELATLARI
Osiyo qifasi jahonda eng katta hududga ega bo’lgan, tabiati ni-hoyatda rang-barang, eng ko’p va zich joylashgan aholiga ega. Bu yerda odamzod paydo bo’lgach, eng qadimiy madaniyatlar yaratil-gan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda Osiyoning hududi 32 mln.kv km ga yaqin, aholisi 3 mlrd.dan ortiq, ya'ni jahon aholisining yarmidan ko’pini osiyoliklar tashkil qiladi.
Odatda Osiyo fanda geografik va tarixiy-etnografik jihatdan olti qismga bo’lib o’rganiladi: g’arbiy yoki Old Osiyo xalqlari, Markaziy Osiyo va Qozog’iston xalqlari, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari, Sharqiy va Shimoliy Osiyo yoki Sibir xalqlari.
Tabiiy-geografik jihatdan butun Osiyo qifasi nihoyatda notekis va xilma-xil. Uning iqlimi va tabiatiga qifa sohillarini har tomondan yuvib turgan Shimoliy Muz, Tinch va Hind okeanlari, Atlantika okeaniga tegishli Yapon, Sariq, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlari, Qora va o’rta dengizning suvlari ancha ta'sir qiladi. Osiyoning ko’p
95
qismi baland va yassi tog’liklar, adir va bepoyon cho’lu biyobondan iborat bo’lib, bu uning kontrast iqlimi bilan bog’liq. Osiyoda jahon-dagi eng baland tog’lar - Qora Qurum va Himolay (eng baland cho’qqi - Jomolungma - 8848 m) va quruqlikning eng quyi joyi -o’lik dengiz (o’rta dengiz sathidan 392 metr pastlik)da joylashgan.
Shimoliy Muz okeani tomonidan keladigan arktika havosi Sharqiy Osiyo tomon cheksiz pasttekisliklarga yoyiladi va qish paytlari g’arbiy Osiyoga nisbatan (bu yerda baland tog’lar to’siq bo’ladi) ancha sovuq bo’ladi. Qifaning Tinch va Hind okeanlariga yaqinligi eng katta musson iqlimli hududni hosil qilgan. Agar ba-land tog’ tizmalari bir tomondan Janubiy Osiyoni qutb havzasidan saqlasa, ikkinchi tomondan o’sha to’siq, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoning ichki dasht va yarim dasht hududlariga namlik keltiradigan dengiz havosini o’tkazmaydi. Oqibatda bir yoqda qalin tropik va subtropik o’rmonli tog’ ekinlari yastanib yotsa, ikkinchi yoqda qarama-qarshi iqlimli bepoyon sahro va yarim dasht hududlar o’ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qifaning okean sohillariga yaqin joylari, ayniqsa, janubiy qismidagi nam yerlarida yashil o’rmonlar go’zal manzara kashf etadi. Aksincha, yozgi jaziramada bir xil rangdagi qurg’oq, cheksiz dashtu biyoban kishini garang qiladigan darajada ma'yus ko’rinishga ega bo’ladi. Umuman, Osiyo beshta mintaqa; mo’tadil yoki o’rtacha, subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial bog’lamalarda joylashgan.
Osiyo juda ham ko’p qazilma boyliklariga ega. Ammo bu qazil-ma boyliklar juda kam tekshirilgan. Bu yerda neft va gaz, ko’mir va qo’rg’oshin, volfram va boksit, kumush va oltin, nikel va kobalt, xrom va mis, fosfat, temir, surma, simob, grafit, oltingugurt, uran, asbest, magniy kabi foydali qazilmalar topilgan. Masalan, 80-yillarning o’rtalarida jahonda ishlab chiqarilgan neftning yarmidau ko’pi Osiyodan olingan. Agar dengiz tubidan ham neft chiqarilishini hisobga olsak, bu ko’rsatkich yana ham ortadi. Ko’pchilik hududlar, ayniqsa, namligi haddan ortiq ekvator hududlar va nihoyatda keng qurg’oq,_suvsiz yassi tog’lik va tekisliklar dehqonchilik uchun noqulaydir. Shuningdek, nam tropik joylar ham dehqonchilik va ; chorva uchun noqulay, u yerlarda faqat daraxtzor plantatsiyalari | tashkil qilingan. Musson iqlimli yerlarda sholi, qisman texnik ekinlar 1 (jut, shakarqamish), salqinroq tog’li hududlarda choy, kofe va tungal daraxti ekiladi. Sug’oriladigan quruq yerlarda paxta, tamaki, arpaw iliq namli subtropik hududda bug’doy va arpa; tog’larda esa sitruij
96
ekinlari, uzum, zaytun daraxti o’stiriladi. Jahonda eng ko’p sug’ori-ladigan yerlar Osiyodadir. Bu yer hatto ayrim ekinlarning vatani hamdir. Hozirgi davrda jahondagi natural kauchukning 91 foizi, sholining 84 foizi, choyning 70 foizi Osiyo qifasida yetishtiriladi.
Osiyo suv resurslariga ham boy. Bu yerda har yili 20 ming kub km yomg’ir yog’adi. Eng katta Yenisey, Lena, Amu va Sir, Tigr, Yefrat, Hind, Ganga, Braxmaputra, Xuanxe, Yanszi daryosi suvi-ning ko’pligi jihatidan (yiliga 1000 kub km) faqat Amazonka va Kongo daryolaridan keyingi o’rinda turadi. Ganga bilan Braxma-putra daryolarining bir yillik suv hajmi 800 kub km.dan oshadi. Daryo suvlarining ko’p qismi asosan, dehqonchilikka sarflanadi. Masalan, Hindistonda iste'mol qilinadigan chuchuk suvlarning 95 foizi, Yaponiyada 70 foizdan ko’pi irrigatsiya ishlariga sarflanadi. Butun jahonda sug’oriladigan maydonning to’rtdan uch qismi Osiyoda joylashgan bo’lib, har bir kishiga taxminan 84 ga sug’oriladigan yer to’g’ri keladi. Ayrim joylarda esa dehqonchilikda yer osti suvlaridan foydalaniladi, qurg’oq yerlarda ariq qazilib suv chiqariladi, tog’ etaklarida kariz sistemasi joriy etilib, u hozirgacha ham saqlangan.
Osiyoning o’simlik dunyosi ham rang-barang. Bu yeraing juda keng hududlarida shimoldan janubga qarab har xil bargi qalin o’rmonlar, yashil subtropik o’rmon va butazorlar, pichanzor va dasht o’simliklari, daraxti siyrak subtropik va tropik dashtlar, savanna va xazonrez o’rmonlar, tog’ o’simliklari mavjud. Osiyoning sernam sharq va qurg’oq g’arb manzarasi bir-biridan farq qiladi. Masalan, sharqiy qismning o’simlik dunyosi nihoyatda boy bo’lib, 20 mingdan ortiq o’ziga xos turga ega. Janubi-sharqiy mintaqalardagi o’rmonlarda sanoat uchun zarur qimmatbaho daraxtlar o’sadi. Masalan, ko’pgina o’rmonlardan teri oshlashda ishlatiladigan po’stloq, konifol, qatron (smola), kauchuk, sariq mum, spirt, dorivor o’simliklar va turli yemishli mevalar yig’ib-terib olinadi. Bambuk va palma daraxtlaridan turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi. Afsuski, o’rmonlarning aksariyat qismi yiqitilib o’tin sifatida ishlatilib yuborilmoqda.
Atoqli rus olimi N.I. Vavilovning fikricha, Osiyo ko’pgina madaniy ekinlarning vatanidir. Bu yerda jahon dehqonchilik markazlarining o’ndan olti qismi joylashgan (Markaziy Osiyo, Old Osiyo, Qora dengiz, Hindiston, Indoneziya va Xitoy) bo’lib g’alla, poliz, sabzavot va texnik ekinlar o’stirilgan va boshqa qifalarga
yirik miqdorda eksport qilingan. Masalan, Hindiston sholi va bug’-doyning ayrim turlari, loviya, bodring, shakarqamish, jut va ba'zi kanop xillarining vatanidir. Choy daraxti, apelsin, non daraxti, bananning ayrim turlari, kokos, qand va sago palmalari, yams va taro vatani Janubiy Osiyodir. Arpaning ayrim turlari, chumiza, turp, so’ya, olma va nok, shaftoli va o’rikning ko’p turlari, tut daraxti, ingichka tolali paxta va boshqa o’simliklarning vatani esa Sharqiy Osiyodir. Bug’doyning ko’p turlari, arpa va sulining ayrim navlari, javdar, no’xat va zig’ir, ayrim mevali daraxtlar (olcha, qorali, behi, gilos) va boshqa o’simliklarning vatani Janubi-g’arbiy Osiyo hisob-lanadi.
Osiyoning hayvonot dunyosi ham boy. Bu yerda faunaning ja-hondagi eng qadimiy vakillari saqlangan. Ayniqsa, Hind-Himo-lay, Markaziy Himolay va Himolay-Xitoy mintaqalari, janubda Araviya yarim orolidagi Efiopiya faunasi juda boy. Osiyo mintaqasida eng keng tarqalgan hayvonlar sutemizuvchilar oilasi-ga mansub tapir, hind fili, gayal ho’kizi, karkidon, yo’lbars, lor, tupayi, orangutan, gibbonlar; qushlardan tovus, har xil turdagi tustovuqlar; sudralib yuruvchilardan ko’zoynakli zaharli ilon (kobra), turli pitonlar, uchar ajdarho (maxsus yon terisi bilan daraxtlar oralab uchib o’tadigan kaltakesak)lardir. Osiyo sohilla-riga yaqin bo’g’oz va dengizlarning hayvonot dunyosi ham rang-barang. Turli xildagi baliqlar, yemishli suv o’simliklari mahalliy aholini oziq-ovqat sifatida ta'min qiladi.
Osiyoda 10-15 mln. yillar muqaddam yashagan gominidlarning suyaklari topilgan. Eng qadimiy ibtidoiy odam ajdodlaridan Yavadagi pitekantrop, Xitoydagi sinantrop odamlaridir. Laos va Vetnam gominidlari g’arbiy hududlardan bir mln. yillar muqaddam ko’chib kelgan. 200-400 ming yillar avval yashagan paleoantrop (neandertal) vakillarining suyaklari Osiyoning ko’p joylarida (masalan, Falastin va Iroqda) topilgan. So’nggi paleolit va mezolit davriga mansub hozirgi irqlar shakllangan. Janubi-sharqiy qismida avstraloidlar, Sharqiy Osiyoda Tinch okean mongoloidlari paydo bo’lgan. Asli neolit davridayoq (eramizdan awalgi 7-4 ming yillar) hozirgi tipdagi odamlar keng hududlarda joylashgan g’arbiy va Janubiy Osiyodan Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoga ko’chib kelgan va neandertaloid avlodlari bilan aralashib, hozirgi sharqiy etnoslar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. o’sha davrdan boshlab hozirgi etnoslarning ajdodlari shakllana boshlagan.
98
Yevropoid irqining Old Osiyo va hind-pomir guruhlari qatoriga butun Janubi-g’arbiy va Janubiy Osiyo Arabiston, Araviya yarim oroli va Turkiyadan tprtib to Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston va Bangladesh xalqlarigacha kiradi. Maxsus armanoid guruhiga o’zining katta burni va badanining serjunligi bilan ajralib turadigan Osiyo arablari, yahudiylar, armanlar, turklar, kurdlar va greklar kiradi. Yamanda armanoidlar bilan Afrikadan kelgan negroidlar aralashib, o’ziga xos guruhni tashkil qiladi. hind-pomir guruhiga eronlik (fors)lar, tojiklar, turkmanlar, ozarbayjonlar, pushtunlar va Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston xalqlari kiradi. Yevropoid va avstraloid oralig’ida paydo bo’lgan «Janubiy Hind» yoki «dekan» irqiy tipi Janubiy Hindiston, Shri-Lankada uchraydi. Janubiy yevropoid va mongoloidlarning duragaylashishi natijasida uyg’urlar va boshqa turkiy elatlar, xitoy musulmonlari xuey (dungan)lar o’ziga xos irqiy tipni hosil qilgan. Osiyo xalqlari-ning ayrim yevropoid belgilari Birma va Indoneziya xalqining ba'zi elatlarida uchraydi. Qisman avstraloid irqining maxsus guruhini Shri-Lanka veddalari, Hindixitoy, Indoneziya va Janubiy Xitoyning ayrim mayda elatlari, pakana bo’yli negritoslar (Janubi-sharqiy Osiyodagi andamaliklar, malakkadagi semanglar va Filippindagi aetolar) tash-kil qiladi. Yaponiyaning qadimiy aholisi hisoblangan aynlar ham o’ziga xos tip hisoblanadi. Butun Sharqiy va Markaziy Osiyodagi mongoloidlar janubiy, sharqiy va Tinch okean guruhlaridan iborat.
Hozirgi Osiyoning etnolingvistik qiyofasi asosan, eramizdan avvalgi I ming yilliklardan boshlab shakllana boshlagan. o’sha davrda Kichik Osiyoning g’arbida ellin tillari, sharqida kartvel va arman tillari, o’rta dengiz sharqida esa aramey tillari hukmronlik qilgan. Shimoliy Hindistonga Markaziy Osiyodan kelgan hindariy xalqlari Ganga tekisliklarida yashagan aholi bilan qisman aralashib, ularni butunlay siqib chiqarib (ayniqsa, dravid va munda tillarida so’zlashuvchi xalqlarni) qadimiy xarappi madaniyati negizida yangi etnolingvistik guruhlarga asos solganlar. Eroniy tildagi xalqlar ham markaziy osiyolik etnoslar bilan mahalliy hindariy xalqi bilan aralashib, butun Eron va Afg’onistonda, g’arbda Mesopatamiyagacha, sharqda Shimoliy Hindistongacha tarqalgan. Yangi etnoslarni paydo qilgan Xuanxe vohasida dastlabki davlat yaratgan in va chjou qabilalari janub tomon tarqalib mahalliy tan va indoneziya qabilalari bilan aralashib qadimiy xitoy xalqining shakllanishiga sabab bo’lgan. Mazkur etnik
guruhlar eramizning boshlanishi arafasida Hindixitoy yarim oroliga borib vet qabilalari negizida eng qadimgi Vetnam davlat birikmasi (Aulak)ni yaratgan. Hozirgi Manchjuriyadan oltoy til oilasiga oid, janubdan indoneziya tillariga oid xalqlarning Koreya va Yaponi-yaga kelib mahalliy tub aholi (Koreyada paleosiyoliklar, Yaponi-yada asosan, aynlar) bilan aralashib ketishi natijasida o’ziga xos yangi etnoslarga asos solingan.
Shunday qilib, eramizning boshlarida Janubiy va Sharqiy Osiyoda eng yirik etnolingvistik guruhlar - semit, eron, hindariy, oltay, dravid, munda, mon-kxmer tillaridagi qabila va elatlar, xitoy, vetnam, qadimiy koreya va yapon xalqlari shakllana boshlagan yangi erada mazkur jarayon davom etib, xalqlarning etnik qiyofasi uncha o’zgarmagan. Ammo VII asrdan boshlab arablarning keng hududlari joylashuvi va islomning tarqalishi oqibatida semit xalqlari arab tiliga o’tgan va hozirgi etnoslarning shakllanishiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyo dashtlaridan g’arbga va janubi-g’arb tomon ko’plab ko’chib kelgan turk qabilalarining qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi bilan aralashib ketishi, natijasida turkiylashish hodisasi ro’y bergan. Markaziy Osiyoning o’zidan esa ko’chib ketgan turkiy qabilalar o’rnini Sharqiy Mo’g’ulistondan kelgan qabilalar egallagan.
Hozir Osiyoda etnik taraqqiyot jihatidan turli pog’onada turgan mingdan ortiq xalqlar yashaydi. Ular har xil til oilasi va guruhlarga oid bo’lib, son jihatdan eng ko’p sonli -100 mln. kishidan ortiq aholiga ega to’rtta xalq - xitoylar, hindistonliklar, bengalliklar, yaponlar yashaydi. Bir mln.dan ortiq 90 xalq 2400 mln. kishidan iborat bo’lib, butun Osiyo aholisining 97,4 %ini tashkil qiladi. Shulardan oltitasi 50 mln.dan ortiq, 21 tasi 10 mln.dan to 50 mln.ga yaqin aholiga ega bo’lgan xalqlardir. Osiyo etnolingvistik jihatdan qancha rang-barang l bo’lmasin, aholisining uchdan ikki qismi dunyoda eng ko’p sonli bir; tilda so’zlashadigan etnoslarni tashkil qiladi (xitoy, hind, yapon, i bengal,~arab va forslar). Umuman, xitoy-tibet til oilasiga oid xalqlar I soni 990,7 mln.dan ortiq (shulardan xitoy guruhi 938,6 mln., tibet-J birman guruhi 52 mln. kishi); hind-yevropa oilasi 700,1 mln. kishisj (hindariy guruhi 637,5 mln., eron guruhi 60,5 mln. Qolgani armanJ grek, german va slavyan vakillari), avstroneziya oilasi 196 mln.,| dravid oilasi 161,6 mln., yaponlar 114,2 mln., avstroosiyo oilasii 73,3 mln., oltoy oilasi 63 mln. (shulardan turkiy guruhi 55 mln.),| semit-xamit oilasi 46,2 mln., tay oilasi 60 mln., koreyslar 56,4 mln.|
100
kishidan iborat. Qolgan elatlar kavkaz, papuas, andaman til oilalariga kiradi.
Keyingi yillarda xalqaro va davlat tili sifatida butun Malayziya va Indoneziyada malayya tili (uni ba'zan indoneziya yoki baxasa, indonesiya deb ham ataydilar) muhim rol o’ynay boshladi. Shu bilan birga butun Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda rasmiy til sifatida ingliz tili ham keng tarqalgan.
Osiyo mamlakatlari aholisining milliy tuzilishi va etnik xarakteriga qarab to’rt guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga milliy jihatdan bir xil bo’lib, tub xalqi umumiy aholining 95 %ini tashkil qiladigan Yaponiya, Koreya, Bangladesh va ko’pchilik Arab mamlakatlari kiradi. Ikkinchi guruhga tub xalq butun aholiga nisbatan 70 %ni tashkil qiladigan Vetnam, Birma, Kambodja, Turkiya, Suriya, Iroq, Xitoy, Shri-Lanka, Singapur singari davlatlar kiradi. Uchinchi guruhga aholisining yarmidan ko’pi tub xalq, qolgani boshqa turli etnoslardan iborat mamlakatlar kiradi (Eron, Afg’oniston, Pokiston, Malayya, Laos). To’rtinchi guruhga esa ko’p millatli mamlakatlar kiradi. Masalan, bunday mamlakatlarda Hindiston va Indoneziyada 150 dan ortiq. Filippinda lOOga yaqin turli xalq va elatlar yashaydi. Ba'zi davlatlarning etnik tuzilishi shunchalik murakkabki, ayrim xalqlar bir necha mamlakatlarga bo’linib ketgan. Masalan, kurdlar Turkiya, Eron, Iroq va Suriyada, belujiylar Afg’oniston, Eron va Pokistonda, panjobliklar Pokiston va Hindistonda yashaydilar. Butun Janubi-sharqiy Osiyo mamla-katlari bo’ylab yirik guruh bo’lmish xitoy immigrantlari joylash-gan.
Osiyo mintaqasida xitoy-tibet til oilasiga oid xalqlar butun aholining 40,2 %ini, hind-yevropaliklar 28,4 %ini, avstroneziya til oilasi 7,9 %ini, dravidlar 6,6%ini, yaponlar 4,6%ini, avstroosiyo oilasi 3%ni, oltoy oilasi 2,6%ni (shu jumladan, turkiy tildagilar 2,2 %ni), tay oilasi 2,4%ni, koreyslar 2,3%ni, semit-xamitlar 1,9 %ni tashkil qiladi. Oltoy til oilasiga oid turkiy, mo’g’ul va tungus-manchjur tillarida so’zlashadigan etnoslar g’arbda Bosfor bo’g’ozi va Marmar dengizidan tortib, sharqda Tinch okeanigacha cho’zilgan hududlarda joylashgan. Osiyoda aholi zichligi ham notekis: serunum tuproqli daryo vohalarida va qulay tabiatli dengi/ sohillarida bir kvadrat km.ga 500 kishi (Hindistonning ayrim hududlarida hatto ming kishi) to’g’ri kelsa, yashashga noqulay tog’li va dasht-biyobon yerlar ko’p bo’lganligi tufayli umumiy aholining
101
yarim qismi butun Osiyoning o’n foiz hududini egallaydi, xolos. Skuni ham aytish lozimki, bu yerda azaldan xalqlar va elatlar migratsiyasi nihoyatda kuchli bo’lgan. Qadimgi davrlardan juda katta hududda eng qadimgi til oilalari: dravid, munda, mon-kxmer, xitoy-tibet, avstroneziya va malayya tillari shakllanib kelgan. Yuqorida qayd qilinganidek, hozirgi Mo’g’uliston va Shimoliy Xitoyda oltoy til oilasi paydo bo’lgan, keyinchalik boshqa joylar-ga ham tarqalgan. Semit tillari ham Osiyoda eng qadimiy davrlarda paydo bo’lgan. III-II ming yilliklarda bu yerga hind-yevropa tilla-ri kirib kelib mahalliy tillar bilan aralashib ketadi. Hozirgi elatlar-ning etnolingvistik qiyofasining shakllanishida mana shu jarayon-lar asosiy zamin bo’lgan.
Osiyoning xo’jalik-madaniy tiplari ham juda qadim - tosh asridayoq paydo bo’lib, tabiiy sharoitga moslashgan. Tog’li va tog’ etaklaridagi nisbatan qurg’oq issiq hududlardagi aholi yuqori paleolit davrlaridan yirik hayvonlarga ov qilishdan mayda jonivorlarni ovlashga va yemishli o’simlik va mevalarni, ildizmevali ekinlarni terib-termachlashga o’tadi. Bu madaniyatga xos ishlab chiqarish qurollari uzunchoq chaqmoq toshlardan sindirib olingan turli shakldagi yassi tosh parchalaridan iborat bo’lgan. Janubi-sharqiy Osiyoning namli tropik va subtropik hududlarida (Hindixitoy, Janubiy Xitoy, Malayziya) tosh qurollariga qaraganda bambukdan yasalgan qurollar muhim rol o’ynagan. Tabiati issiq va namli changalzor (jungli)da yirik tosh qurollar ishlatilgan. Shimoliy qurg’oq dasht hududlarda va qisman dengiz sohillarida (g’arbda Eronning sharqida, Xuanxe vohasigacha) dasht hayvonlarini ov qilish, terib-termachilik va baliqchilik kabi xo’jalik tiplari shakllana boshlagan, aholisi o’troq va yarim o’troq terimchi ham baliqchilarga, ikkinchi-dan daydi ovchilarga bo’lingan. Sibirda bug’uchilik va ovchilik aso-siy xo’jalik tiplari bo’lgan.
Taxminan 10 ming yillar muqaddam Janubi-g’arbiy Osiyo tog’ etaklarida qadimiy dehqonchilik paydo bo’la boshlagan, mahalliy aholi yowoyi o’simliklarni terib-termachlashdan parvarish qilishga, yovvoyi hayvonlarni ov qilishdan ularni xonakilashtirishga o’ta boshlagan. o’sha davrlardayoq butun Janubi-sharqiy Osiyoda eng qadimgi chopqi dehqonchiligi paydo bo’la boshlagan. Keyinroq (mil. aw. VII-V ming yilliklarda) Eron, o’rta yer dengizi, Hindiston,4 Shimoli-sharqiy Osiyo, Indoneziya dehqonchilik o’choqlari payda:| bo’ladi.
102
Hozirgi davrgacha saqlangan eng qadimiy birinchi tipga issiq
iqlimli mintaqada yashovchi o’rmon terimchilari va ovchilari - Shri-
Lanka veddalari, Hindistondagi chenchu, mudugar, birxor kabi
mayda elatlar, Malakka semangilari va senoilar, Sumatradagi kubu,
Kalimantondagi panan va Filippin orollaridagi aeta etnoslari kiradi.
Ular oziq-ovqat axtarib, oddiy o’q-yoy va yer kovlash uchun uchli
tayoq bilan qurollanib pona yoki butoqlardan vaqtincha omonat
tikilgan chaylalarda yashab kun kechirganlar. Keyinchalik semanti,
senoi va aeta kabi ovchi-termachlovchi guruhlar chopqi dehqonchiligi
xo’jaligiga o’ta boshlashgan. Sohil bo’yi termachlovchilari va
ovchilari (andaman orollari, Mergun arxipelagi, Indoneziya va Fi-
lippindagi ayrim elatlar) ham yarim o’troq holatda yashab chopqi
dehqonchiligiga o’ta boshlashgan. Bu guruhga Markaziy va Janubi-
g’arbiy Osiyoning bepoyon dashtlarida ko’chmanchi qabilalardan
tashqari o’ziga xos xo’jalik-madaniy tip yaratgan tog’li terib-ter-
machlovchi, ovchi va baliqchi elatlar (masalan, Xitoydagi nu va
dulun xalqlari), Tibet-Birmadagi ayrim etnoslar, Yaponiyadagi ayn-
lar dehqonchilikka o’tishdan oldin sanchqi, turli to’r va zaharlangan
o’q-yoy bilan baliq ovlaganlar, ayollar esa yemishli molluska va
qisqichbaqalarni suvdan ushlaganlar.
Ikkinchi guruh - chopqi dehqonchiligi xo’jalik-madaniy tipga In-doneziya, Filippin, Hindixitoy va Hindistonning ayrim mayda xalqlari kiradi. Ular o’troq holda yashab, shudgorlash dehqonchilikdan bexabar bo’lganlar. Asosan, tugunak va ildizme-vali ekinlar, qisman bahori, turli palma, banan, shakarqamish kabi o’simliklar ekib yetishtirganlar. Uy hayvonlaridan it, cho’chqa va parranda saqlangan. Uylarini ustunli sinchdan mustahkam qilib, loydan, ba'zan bambukdan qurganlar. Taomlarida asosan, o’simlik mahsulotlari ishlatiladi, go’shtga nisbatan baliq ko’proq iste'mol qilinadi. Mazkur xo’jalik tipiga mo’tadil va salqin iqlimli baland tog’ dehqonchiligi ham kiradi (asosan, tibetliklar). Ular qishloq xo’jalik ekinlaridan arpa, suli, qisman bug’doy, kandir, qorabug’doy (grechixa) ekadilar, uy hayvonlaridan qo’y, echki va qo’tos boqadilar. Uylari somonli loydan, guvala va xomg’ishtdan, ba'zan ydg’och va toshdan qurilgan. Taomida har xil non, sut mahsulotlari va go’sht, ichimlikdan choy ishlatiladi. Baland tibet tog’larining shimoli va g’arbida chorva bilan shug’ullanuvchi xalq o’ziga xos xo’jalik — madaniy tipiga ega. Ular eng baland salqin yassi tog’liklarda qo’tos, sarliq (qo’tos bilan sigir chatishmasi), qo’y, echki, yirik shoxli qora-
103
mol va yilqilardan iborat kichik poda bilan tor doiradagi yaylovlarda ko’chib yurganlar.
Osiyoning serquyosh issiq iqlimli, serunum tuprog’i, rang-barang tabiati bu yerda uzoq o’tmish - neolit davridan dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklarining turli tiplarini paydo bo’lishiga imkon yaratgan. Eng yangi arxeologik kashfiyotlarga qaraganda (ayniqsa, Janubi-g’arbiy, Markaziy va Sharqiy Osiyodagi neolit makonlari), juda keng hududda qurg’oq dasht va tog’ etaklarida chopqi dehqonchiligi bilan shug’ullangan qabilalar yashagan. Ular don (asosan, bug’doy va suli), poliz (ayniqsa, qovoq) ekinlari ekkanlar, o’troq holda yashab yirik va mayda shoxli mol saqlaganlar, turli hunarmandchilik ishlari bilan (kulolchilik, to’qimachilik va hokazo) shug’ullanganlar. Uylari to’g’riburchak shaklida bo’lib, somonli loy, xomg’ishtdan qurilgan, sopol idishlarda turli obinon, atala va o’simlik mahsulotlarini pishirib iste'mol qilganlar. Mazkur madaniyat negi-zida dastlabki jamiyatlar paydo bo’la boshlagan.
Uchinchi, xo’jalik-madaniy guruhidagi qirg’oq yerlarda paydo bo’lgan eng qadimiy shudgor dehqonchiligi insoniyat tarixida nihoyatda muhim rol o’ynagan va ijtimoiy taraqqiyotning qudratli omili bo’lgan. Aynan ushbu yerlarda Tigr va Yefrat, keyinchalik Hind, Yanszi va Xuanxe, Amu va Sirdaryo vodiylarida rivojlangan sug’orma chopqi dehqonchiligi negizidagi yirik shoxli qoramol ku-chidan foydalanib, dastlabki shudgor dehqonchilik xo’jaliklarida yerni haydash kashf etila boshlangan. Ular don ekinlaridan bug’-doy, tariq, jo’xori, chumiza, har turli loviya va poliz ekinlari (qovoq, qovun, tarvuz), tok va meva daraxtlari ekkanlar. Sug’orish tizimi ancha takomillashgan (ariq va kanallar qazish, chig’ir va charx ishlatish kabilar). Dehqonchilik qurollari - turli shakldagi temir tishli omochlar, mola, o’roq va tegirmonlar paydo bo’lgan. Yerga ishlov berishda ho’kiz, ba'zan sigir va eshakdan foydalanilgan. Katta g’ildirakli aravalar transport vositasi vazifasini bajargan, ularga ot yoki ho’kiz qo’shilgan. Aholisi tekis yoki nishab tomli to’g’ri bur-chakli, devori paxsa, xom yoki pishgan g’ishtdan, qisman toshdan qurilgan uylarda yashagan, turli non va patir, atala, ziravorli taom-lar, qisman sut mahsulotlari, go’sht va baliq iste'mol qilgan. Hunar-mandchilik (ayniqsa, badiiy) ancha rivojlangan. Chit va jun mato-dan tikilgan kiyimlar, har xil bezak, taqinchoqlar keng tarqalgan.
Eramizdan oldingi VII-VI ming yilliklarda Janubiy Osiyo Hindixitoy, Xitoyda dehqonchilik va chorvachilik mustaqil xo’jalik
104
sohasiga aylanib, sun'iy sug’orish, metallurgiya va savdo rivojlana boshlagan, sinfiy jamiyatlar paydo bo’la boshlagan. Keyingi davrda (ayniqsa, IV-II ming yilliklarda) bu yerda quldorlik tuzumiga asoslangan ilk davlatlar tuziladi, yozuv, ilm-fan, badiiy hunarmandchilik, momimental qurilish, haykaltaroshlik kabi sohalar rivoj topadi. Osiyo qifasi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ayniqsa, sun'iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik xo’jaligining takomillashuvi, har tomonlama ravnaq topa boshlagan shahar-davlatlarning paydo bo’lishi tufayli jahonning qadimiy madaniyat o’choqlaridan biriga aylanadi.
Mazkur madaniyat markazlari qadimgi davrda paydo bo’lib hozirgacha saqlanib kelgan. Iroqdagi dabdabali Bobil xarobalari, Hindistondagi Adjanta va Ellora ibodatxonalari, keyingi yillarda kashf etilgan Maxendjodaro va Xarappi madaniyati, Suriyadagi kishini hayajonga soladigan Palmira vayronalari, lordaniyadagi monolit tog’ qoyalarida o’yilib qurilgan hashamatli Petro inshootlari, Kambodja changalzor(jungli)laridagi afsonaviy Angkor - Vata ibodatxonalari, Nepaldagi gumbazli Svayambunaxt va Bodiaxt muqaddas budda inshootlari va boshqa noyob obidalar bunga yorqin dalil bo’la oladi. Anuno noqulay tabiiy sharoit (baland tog’liklar, changalzor to’qaylar va hokazo)da joylashgan ayrim etnik guruhlar mazkur madaniyat markazlaridan chekkada qolib, bir necha ming yillar davomida juda sekinlik bilan rivojlanib hozirgacha qoloq ibtidoiy ijtimoiy tuzum darajasida yashab kelmoqdalar.
Ko’chmanchi chorvachilik xo’jaligining dehqonchilikdan ajra-lib chiqib keng dashtu biyobonlariga tarqalishi va yirik ishlab chiqa-rish sohasiga aylanishi yangi yerlarni egallashda muhim rol o’yna-gan edi. Lekin bu hodisa texnik-iqtisodiy jihatdan intensiv dehqonchilik xo’jaligidan orqada qolgan chorvachilikni oqibatda o’troq aholiga qarama-qarshi qilib qo’yadi va ikkita yirik soha orasida katta ziddiyatlar tug’diradi. Madaniy-iqtisodiy qoloq ko’chmanchi qabila va elatlar vohalarga tez-tez hujum qilib turib, awaliga talon-toroj va qirg’in keltirib turganlar. Qadimiy davrlardan XVIII asrga qadar davom etib kelgan Dashti Qipchoqdagi sak-massaget, keyin ko’chmanchi arab va mo’g’ul qabilalarining bosqinchilik yurishlari sharqda Xitoydan to g’arbdagi arab davlatlarigacha katta hududda yuksak madaniyat yaratgan o’troq xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ancha putur yetkazgan.
105
Keyinchalik yangi davrda Osiyo mamlakatlarining ko’pchiligi Yevropa davlatlari tomonidan mustamlaka yoki qaram qilinib, g’arb sarmoyasining kuchi bilan golland, portugal, fransuz, german va ayniqsa, ingliz mustamlakachilarining yangi talon-taroj siyosati tufayli iqtisodiy-madaniy tushkunlikka uchraydi. Oqibatda ishlab chiqarish kuchlarining odatiy taraqqiyoti bo’g’iladi, yangi ilg’or ijtimoiy munosabatlarning tug’ilishi sekinlashadi. Ayniqsa, mustamlakachilar eng qoloq konservativ ijtimoiy tuzum - feodal patriarxal va hatto ibtidoiy jamoa urug’chilik munosabatlarini saqlab qolishga intilganlar.
Mintaqada eng taraqqiy qilgan industrial davlat Yaponiyadir. Qolgan mamlakatlar faqat keyingi davrlarda mustamlaka va yarim mustamlakachilikdan ozod bo’lib endigina o’zining sanoatini yaratmoqda. Mustaqil ijtiinoiy taraqqiyotga o’tgan davlatlar industrializatsiya sohasida ancha yutuqlarini qo’lga kiritdilar. Bu sohada ularga iqtisodiy va texnik jihatdan rivojlangan ba'zi davlatlar katta yordam bermoqda, ularning yordami bilan so’nggi yillarda turli obyektlar qurildi va qurilmoqda. Industrial bazaning yaratilishi rivojlanayotgan erkin mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni mustahkamlaydi hamda ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga ega bo’lgan keng yo’lni ochib beradi. Bunga, Quvayt, Arab mamlakatlari, Koreya va o’zbekiston misol bo’la oladi.
Osiyo aholisining hozirgi diniy qiyofasi qadimiy davrlarda, ayniqsa, o’rta asrlarda shakllangan. Hozirgi davrgacha yetib kelgan dinlarning ko’pchiligi (iudaizm yoki yahudiylik, zoroastrizm, induizm, jaynizm, buddizm, daosizm, konfutsiylik, nasroniylik, sintoizm, islom, sikxizm) Osiyoda paydo bo’lgan va keyinchalik butun jahonga tarqalgan. Masalan, miloddan avval shakllangan yahudiylik, yangi erani rasmiylashtirgan nasroniy dini, yoki o’rta asr boshlarida kirib kelgan islom dini ham paydo bo’lgan vatanidan tashqari juda ko’p mamlakatlarga, bir qancha qifalarga yoyilib ketgan.
Dastlab eramizning boshlarida Kichik Osiyo, Messopotamiya va Janubiy Arabistonda turli politeistik dinlar hukmron bo’lgan. Arabiston yarim orolining shimoli va markaziy qismlarida hatto urug’-qabilaviy shaklidagi dinlar ham saqlanib kelgan. Falastinda hukmronligini o’rnatgan yahudiylik (iudaizm) endigina monoteistik tusga kira boshladi. Eron, Afg’oniston, Markaziy Osiyo hamda Kavkazorti sharqida zoroastrizm dini tarqalgan. Hindistonda,
106
ayniqsa, uning shimolida, braxmanizm dinini buddizm siqib chiqargan va Shri-Lanka (Seylon)da qaror topgan. Janubi-sharqiy Osiyo va Malayya orollarida asosan, turli mahalliy politeistik xarakterdagi dinlar, qisman oddiy urug’-qabilaviy ibodatlar tarqalgan. o’sha davrlarda Xitoyda ham har xil sinfiy jamiyatga xos mahalliy diniy e'tiqod, ayniqsa, ajdodlarga sig’inish muhim rol o’ynagan.
Eramizning I ming yilligi oxirlariga kelib Old Osiyo deyarli musulmofllashgan. Nasroniy dini juda tor doirada (Kichik Osiyo, Armaniston, Kipr, qisman Suriya, Livan va Falastinda) saqlangan. Islom bu davrda asta-sekin zoroastrizmni ham yengib Eron, Sharqiy Kavkazorti, hozirgi Afg’oniston, Markaziy Osiyo va Hindistonning g’arbiy qismidagi mintaqalarga tarqaladi. Asli Hindistonning ko’pchilik hududida qadimiy yirik dinlardan braxmanizm islohltlashgan holda yangi nom (induizm) bilan tiklanadi. Shri-Lanka va Hindixitoyda buddizm o’z hukmronligini saqlab, Malayya arxipelagida buddizm bilan induizm keng yoyiladi. Xitoyda «uch din» tizimi (sanszyaobuddizm, konfutsiylik, daosizm), Koreyada mahalliy diniy e'tiqodlar bilan birga buddizm va xitoy dinlari, Yaponiyada milliy din hisoblangan sintoizm bilan buddizm ildiz otgan. Buddizm Markaziy Osiyodan, hozirgi Sinszyan va Tibetga o’tgan va aynan shu yerlarda mustahkam asos topgan.
So’nggi ming yillikda Osiyoning diniy qiyofasida bir qadar o’zga-rishlar ro’y bergan. Masalan, Old va Markaziy Osiyo yana ham ko’proq musulmonlashgan, nasroniylik faqat Kipr aholisining ko’pchiligida saqlangan bo’lib, boshqa joylarda juda kamayib, janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari (Malayziya va Indoneziyaga-cha) va hatto Shimoliy Osiyo - Sibirgacha yetib boradi, Sinszyandan esa buddizmni siqib chiqaradi. o’z navbatida buddizm ham sharqqa tarqalib Hindixitoy va Tibetda o’z hukmronligini mustahkamlaydi. Hindistonda asosan, induizm va islom, Yaponiyada sintoizm va buddizm o’z mavqeini saqlab qolgan. Xitoy va Koreyada asosan, eski dinlar saqlangan.
Shunday qilib, Osiyo dinlari o’rta asrlarga kelib asosan, shakllanib bo’lgan. Hozirgi davrda islomning shia mazhabi Eron, Iroqning janubiy qismida, zeydizm nomi bilan Yaman Arab respublikasida hukmron din hisoblanadi. Sunniy mazhab butun Janubi-g’arbiy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida (Isroil, Livan va Kiprdan tashqari) ko’pchilik aholining diniy e'tiqodi hisoblanadi.
107
Afg’oniston, Pokiston, Bangladesh, Malayziya va Indoneziya aholisining ham ko’pchiligi musulmonlardir. Hindistonda (ayniqsa, Kashmir shtatida) va Xitoyda (Sinszyan viloyatida uyg’urlar, Nineya - Xuey avtonom hududida dunganlar) musulmonlar ko’p. Maldiv orollarida, Shri-Lanka (mavrlar) va Birmada (arakanlar), Kambodja va Vetnamda (chama), Filippinda (moro) va Janubiy Tailandda ham qisman musulmonlar yashaydi.
Induizm asosan, Hindiston, Nepal, Bangladesh va Shri-Lanka (taillar)da tarqalgan. Induizmning mazhabi sifatida ajralib chiqqan joynizm va sikxizm hindlarning milliy dinlariga aylangan. Hindistonda paydo bo’lgan buddizm vatanni tark etib (xinayana mazhabi) hozir Birma, Tailand, Kambodja, Laos va Shri-Lankada, lamaizm shaklida Nepal, Butan, Mo’g’uliston va Tibetda hukmron din bo’lib tanildi. Buddizmning mahayana mazhabi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Vetnamga tarqalgan.
Nasroniy dini Filippinlar orasida hukmron bo’lib, Livan, Janubiy Hindiston (Kerala shtati) va Indoneziyaning ba'zi joylariga qisman tarqalgan. Qadimiy dinlardan zoroastrizm, mazdeizm, mitroizm qoldiqlari ayrim etnik guruhlarda, Turkiya, Eron, Iroq, Bombey va Gudjaratda saqlangan. Isroilda davlat dini hisoblangan iudaizm (yahudiylik) dini negizida reaksion millatchilik ta'limoti - sionizm yuzaga keldi. Xitoyda hozirgacha daosizm va ayniqsa, konservativ tartiblarni va oilada patriarxalchilikni muqaddaslashtiruvchi kon-futsiylik dinlari mustahkam saqlanib kelmoqda. Shuningdek, kon-futsiylik Yaponiya va Vetnamga ham tarqalgan. Yaponlarning mil-liy dini hisoblangan sintoizm 1945-yilgacha militaristik kuchlarning ideologik tayanchi bo’lib kelgan, uning negizida keyingi davrda konfutsiylik va nasroniy dinlari aralashmasidan turli mazhablar paydo bo’lgan. Dinning ta'siri qanchalik kuchli bo’lmasin Osiyo qit'-asining ko’p mamlakatlarida qisman sekulyarizatsiya jarayoni ham ro’y bermoqda.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə