Milliy universiteti m. Xudoyqulov ju r n a L ist ik a g a k ir is h



Yüklə 4,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/33
tarix28.11.2023
ölçüsü4,27 Mb.
#135822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Muxtor Xudoyqulov. Jurnalistikaga kirish

INFORMATSIYA VA MATBIJOT
Insoniyat jamiyatida 
informatsiya katta ahamiyatga egadir. 
Informatsiya so zi lotmcha 
Informare — tasvirlash, biron narsa 
haqida tushuncha berish degan m a'noni anglatadi. Ammo 
informatsiyaning asl mazmuni bu tushunchadan kengroq bo lib, 
umuman tiriklik, hayot ma'nosi bilan 
tutashib ketadi. Falsafiy 
m a'noda 
aytganda 
informatsiya 
— 
moddaning 
yashash 
xususiyatlaridan 
asosiysi bo'lib, 
moddalar orasidagi 
o'zaro 
munosabat, bir-biri bilan aloqa va bir-biriga 
ta'sir vositasidir. 
Ya'ni, bir modda o zining biror xususiyati bilan ikkinchi moddaga 
o 'z ta'sirini ko'rsatadi, ikkinchi modda tomonidan bu ta'sir qabul 
qilib olinadi yoki qaytariladi va hokazo. Buni 
tirik vujuddagi 
mayda hujayralaming bir-biriga o 'za ro ta'sirida ham ko'rishim iz 
mumkin. Shu boisdan bu xildagi o 'zaro informatsiya almashish 
tabiatda ham, hayvonot dunyosida ham mayjuddir. Xulosa qilib 
aytganda, 
informatsiya moddaning yashash tarzi, xususiyatidan 
kelib chiquvchi hosiladir. lnformatsiya tabiatda yorug'lik, issiqlik 
va sovuqlik, nurlanish, hid, harakat va boshqa shakllarda mavjud 
bo'lib, hayvonot olamida esa bularga tovush shakli ham 
qo'shiladi.
Inson faoliyatida informatsiya g'oyat muhim rol o'ynaydi. U 
insonning 
dunyoni hilish, tajribaga 
ega 
bo'lishdagi 
asosiy
vositasidir. Kibernetika fanining asoschisi, mashhur olim Norbert 
Viner bu haqda: “ Inson o 'zin i o 'rab olgan olamni o 'z his-tuyg'u 
organlari 
orqali 
qabul qilib 
oladi. Informatsiya — odamning 
tashqi dunyoga moslashuvi jarayonida undan olgan ma'noning 
ifodasidir. 
Haqiqiy hayot — haqiqiy informatsiya olish bilan
bog'liqdir” , ~ degan edi2. Inson oladigan informatsiya tabiatdagi 
shakl, hajm, rang, nur, 
issiqlik, sovuqlik, hid va boshqa
vositalardan 
tashqari 
ko'rish 
(tasvir) 
va 
eshitish 
(tovush) 
kabilardan iborat 
bo'Iadi. 
Tasvir 
informatsiyasiga 
hayolni
k o rish d an
tashqari maxsus 
vositalar 
— 
teleko'rsatuvlar,
kinofilmlar, ko' rgazmalar, shuningdek, gazeta, jurnal hamda kitob
2 R n n e p H K n fie p iicrn K a n 
o
6
ih c c t b o
M . , 195S, C.31.
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


(bosma so 'z), og zaki informatsiya turlariga esa radio, muzika, 
suhbat, 
ma'ruza, 
yig'ilishlar 
kiradi. 
Inson 
oladigan 
informatsiyalarning turlari ham bizni o 'rab tuigan olam kabi 
xilma-xildir. 
Inson oddiy, kundalik turmush informatsiyasidan 
tashqari 
ma'lum sistemaga solingan informatsiyalar orqali ish 
ko'radi. 
Bulaiga 
ta'limiy-tarbiyaviy 
informatsiya, 
kasbiy
informatsiya, ilmiy informatsiya, iqtisodiy informatsiya, badiiy- 
estetik 
informatsiya, diniy informatsiya va boshqalar kiradi. 
Jamiyatni boshqarishda esa o'ziga xos turdagi informatsiyalar — 
ijtimoiy-siyosiy 
informatsiya, 
xalqaro 
informatsiya, 
harbiy
informatsiya, maxfiy informatsiya va boshqa turlari qo'llaniladi. 
Bu informatsiyalar 
orasida ijtimoiy informatsiya alohida o 'rin
tutadi. Ijtimoiy informatsiya 
jamiyat uchun jamiyat haqida 
informatsiya yetkazishdan iboratdir. Bu ijtimoiy ongning faoliyat 
ko'isatishida, jamiyat boshqaruvida hamda insonnj jamiyat bilan 
jamiyatni esa insonlar bilan bog'lab turishda asosiy 
xizmatni 
bajaradi. 
Ijtimoiy informatsiya 
inson ongini o'stirishda, uning 
ijtimoiy 
faoliyatini 
boshqarib 
turishda, jamoatchilik 
fikrini 
shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Ijtimoiy informatsiya yig'ish va tarqatishning tarixiy usullari 
mavjud bo'lib, bu — ommaviy axborot vositalari hali vujudga 
kelmagan paytlarda xabarchilik, jarchilik, 
voizlik 
(notiqlik) va 
yozma adabiyot orqali amalga oshirilgan. Insoniyat taraqqiy etishi, 
sivilizatsiyaning paydo bo'lishi bilan ijtimoiy informatsiya yig'ish 
va tarqatishning telefon, telegraf va boshqa usullari ixtiro qilindi.
Ijtimoiy informatsiya sivilizatsiyaning mevasi bo'Iishi bilan 
birlikda uning taraqqiyotiga ham muhim hissa qo'shadi. Umuman 
olganda, 
ijtimoiy 
informatsiyaning 
jamiyat 
hayoti 
va 
taraqqiyotidagi o 'rn i beqiyosdir.
Shuni aytish kerakki, jamiyatda hukmron bo'lgan ayrim sinflar
tabaqalar ijtimoiy informatsiya yig'ish va tarqatish borasida o 'z
manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashib, ijobiy yoki salbiy ta'sir 
ko'reatib kelganlar. Ya’ni, hukmron sinflar va tabaqalar ijtimoiy 
informatsiyadan ommaga ma'lum bir g'oyaviy ta'sir ko'rsatish 
vositasi 
sifatida 
foydalanadilar. 
Jumladan, jamiyatda 
yakka
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


hukmdorlar mavjud bo'lgan davrda ijtimoiy informatsiya ulaming 
manfaati va siyosatiga moslashtirilgan bo'lsa, ayrim rivojlangan 
mamlakatlarda 
ijtimoiy informatsiyadan 
ko'proq foyda olish 
yo'lida 
foydalaniladi 
Kommunistik 
tuzum 
davrida 
esa
informatsiyadan 
yakka g'oyaviy hukmronlik o 'm atish uchun
foydalanib kelingan cdi Faqat demokratik jamiyatdagina ijtimoiy 
informatsiya jamiyat taraqqiyoti, keng ommaning manfaati uchun 
xizmat 
qilishi 
mumkin. 
Milliy 
mustaqillikka 
erishgan 
va 
demokratik, huquqiy davlat qurish, adolatli fuqaro jamiyati tuzish 
yo'lidan 
borayotgan 
hizning 
mamlakatimizda 
ijtimoiy
informatsiyaga bo'lgan taiab oshdi hamda uni yig'ish va tarqatish 
imkoniyatlari 
yanada 
kengaydi. 
O 'zbekiston 
Respublikasi
Konstitutsiyasi va hukumat qabul qilgan qator qonunlarda axborot 
olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq, ravshan 
bayon etib berilgan. “ Har bir fuqaroning axborot olish huquqi 
kafolatlanadi. H ar kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, 
uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi”,- 
deyiladi O 'zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari 
va erkinligi to 'g 'risid a “gi qonunining uchinchi moddasida3.
Ijtimoiy informatsiya yig'ish va tarqatishda boshqa ijtimoiy 
tashkilotlar qatorida matbuot ham katta nol o'ynaydi. Boshqacha 
qilib aytganda matbuot, ya'ni ommaviy axborot vositalari ijtimoiy 
jnformatsiyani yig'ib, ommaga doimiy ravishda yetkazib turuvchi 
asosiy vositalardir. Ijtimoiy informatsiya yig'ish va 
tarqatishda 
ommaviy axborot vositalarining o'ziga xos ko'rinishi bo'lgan 
informatsiya agentiiklari ham muhim vazifani bajaradi. Umuman 
olganda 
informatsiya va matbuot, informatsiya va OAV bir-biri 
bilan uzviy bog'liqdir. Hozirgi davrga kelib ijtimoiy informatsiya 
yig'ish va tarqatishning zamonaviy texnikaga asoslangan yangi 
turlari (kompyuterlar va boshqalar) vujudga kelayotir. Ammo 
baribir bu borada asosiy vazifani OAV bajaradi.

To'rtinchi hokimiyat. O'zbekiston Respubljkasininj! qonunlan, qarorlan va boshqa 
hujjallari to'plami. Toshkent - O'zbckiston, 1998. 58-b.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 4,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə