Milliy universiteti m. Xudoyqulov ju r n a L ist ik a g a k ir is h


MATBUOTNING TARIXIY KO'RINISHLARI



Yüklə 4,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix28.11.2023
ölçüsü4,27 Mb.
#135822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Muxtor Xudoyqulov. Jurnalistikaga kirish

MATBUOTNING TARIXIY KO'RINISHLARI
Insoniyat tarixida matbuotning paydo bo'lganiga uncha ko'p 
vaqt bo'lgani yo'q. Mathuotning dastlabki kurtaklari garchi 
eramizdan oldingi davrlarda paydo bo'lgan bo'lsa-da, bular ayrim 
misollaigina bo'lib, to la ma'nodagi matbuot deyish qiyin. Shu 
boisdan hali matbuot bo'lm agan, ommaviy axborot vositalari 
shakllanmagan davrlarda uning 
funksiyalarini boshqa ijtimoiy 
usullar — jarchilik, xabarchilik, notiqlik, publitsistikaning vazifasini 
esa yozma adabiyot bajarib kelgan edi.
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ammo 
zamon 
taraqqiyoti, 
insoniyat 
tarixining 
yangi 
bosqichlari, 
ayniqsa, 
kishilik jamiyatida madaniy hayot 
— 
sivilizatsiyaning vujudga kelishi uning oldiga juda k o 'p ijtimoiy 
talablar qatorida matbuot masalasini ham ko'ndalang qilib qo'ydi. 
Ijtimoiy informatsiyaga bo'lgan ehtiyoj va boshqa ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy, tarixiy sabablar turtki bo'lib, dastlabki 
matbuotning ko'rinishlari paydo b o 'la boshladi. Matbuot dastlab 
qo'lyozm a varaqalar shaklida paydo bo'Idi. Jumladan, XVI asrda 
Venetsiyada dastlabki 
qo'lyozm a varaqalar kelib chiqdi. Ular 
“gatsetta” degan italyan tangasiga sotilganligi sababli “gazeta” 
deb nom oldilar. Xuddi shu davrda 
Rossiyada Ivan Grozniy 
hukmronligi davrida 
“C
jiobo
degan 
qo'lyozm a varaqalar
chiqarila boshlandi. Ularda rus hukmdorining markazlashgan rus 
davlatini tuzish, o 'z hukmronligini mustahkamlash borasida olib 
boigan siyosati o 'z aksini topgan edi. Keyinchalik Rossiyada 
“ KypaHTbi” degan 
qo'lyozm a gazetalar chiqarila boshlandi,
ularda Yevropa 
va boshqa mamlakatlardan olingan yangilikiar 
yoritiiar edi. Bu orada bosma dastgohning ixtiro qilinishi kitoblar 
bilan bir qatorda bosma gazetalaming ham paydo bo'lishiga oiib 
keldi. Biz Yevropada chiqqan birinchi bosma gazetalar — “Oder 
saytung” , “Uikli Nuys from” , “ La-gazeta” va boshqalar haqida 
oldinroq to'xtalib o 'tg an edik. Rossiyada birinchi bosma gazeta 
Petr I tom onidan 1702—yiida chiqarilgan “ BenoMocTH” bo'ldi. 
Turkistonda tashkil topgan ilk gazeta — 1870—yildan chiqarila 
boshlangan “TypKecraHCKHe BeaeMOCTn” gazetasi va unga ilova 
sifatida chiqarilgan “Turkiston viioyatining gazeti” edi.
Matbuotning dastlabki davr faoliyati 
shuni ko'rsatadiki, bu 
davrda aksariyat matbuot nashrlari o 'sh a davr hukmdorlari 
tomonidan chiqarilib, ulaming manfaatlari uchun xizmat qilgan. 
Ya'ni, bu matbuot nashrlari kishilaming informatsiyaga bo'lgan 
ehtiyoji bilan birlikda o 'sh a zamon hukmdorlarining ijtimoiy- 
siyosiy 
ehtiyojlari 
natijasida 
vujudga 
kelgan. 
Jahon 
matbuotshunosligi 
yakka 
shaxslar 
hukmronligini 
qo'llab- 
quvatlovchi bunday matbuotni avtoritar matbuot deb nomlaydi. Bu 
davr matbuotining ijobiy tomoni shundaki, bunday matbuot 
nashrlarining chiqishi insoniyat tarixi uchun butunlay yangilik
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'ldi, kishilar dastlabki gazetalar orqali dunyo voqealaridan 
bahramand bo'ldilar, madaniy-ma'rifiy hayot biroz bo'lsa-da 
jonlandi. Ammo bu nashrlar asosan yakka hukmdorlar manfaatini 
himoya etganligi boisidan ma'lum darajada cheklangan matbuot 
bo'ldi.
Zamon 
taraqqiy 
etishi 
bilan 
yangi 
ijlimoiy 
voqealar, 
o'zgarishlar sodir bo'ldi. XVIl-XVIII asrlarda bo'lib o'tgan 
inqilobiy hodisalar tufayli Yevropaning 
qator mamlakatlarida 
yakka hukmronlik tugatilib, o 'm ig a yangi, ancha ilg'or tartiblar 
o'rnatildi. Tarix sahnasiga buijuaziya deb atalgan ishbilarmon sinf 
chiqdi. Savdo-sotiq rivojlandi, fan-tcxnika taraqqiy etdi, shu 
jumladan poligrafiya sanoati ham o'sd i, takomillashdi. Bu davrga 
kelib matbuot to 'la ma'noda shakllandi, yer yuzidagi juda k o 'p
mamlakatlarda ko'plab gazeta va jum allar chiqarila boshlandi. 
Matbuot yangi sinfga ikki tomonlama q o 'l kela boshladi: 
buijuaziya o 'z matbuoti orqali eskirgan feodal tartiblami tanqid 
qilib, ulami ag'darib tashlash uchun xalq ommasini o 'z tarafiga 
chorladi, keyin, hokimiyatni egallagandan keyin esa undan o 'z
hokimiyatini 
mustahkamlash 
uchun 
foydalandi. 
Ikkinchi 
tomondan 
bu davrga kelib matbuot ham boshqa korxonalar 
singari foyda olish, iqtisodiy manfaat ko'rish manbaiga aylandi. Bu 
esa matbuotchilikning beqiyos o'sishiga olib keldi. Yangi, 
rivojlangan matbuotning paydo bo'lishi sivilizatsiyaning yanada 
taraqqiy etshi, 
ijtimoiy fikrning shakllanishida 
muhim 
rol 
o'ynaydi. Yevropa va Rossiyada ilg'or, taraqqiyparvar matbuot 
nashrlari paydo bo'ldi. Rossiyada genial rus shoiri A.S.Pushkin 
tomonidan 
nashr etilgan 
“CoBpevieHHHK” jurnaii, 
Gersen, 
Chemishevskiy, Nekrasov va boshqa mutafakkir adiblar tomonidan 
chiqarilgan gazeta va jurnallar ilg'or, taraqqiyparvar ms ijtimoiy 
fikrining o'sishida muhim rol o'ynadi, XX asming boshlariga kclib 
Turkistonda ham milliy uyg'onish matbuoti vujudga keldi. Bu 
davrning ilg'or fikrli ziyolilari - jadidlar tomonidan chiqarilgan 
“Taraqqiy” , “Xurshid” , “Sadoyi Turkiston” , “Sadoyi F atg 'o n a”, 
“N ajot”, “ Samarqand” , “Hurriyat” kabi gazetalar, “Oyna”, 
“Chayon” kabi jum allar Turkiston xalqlari ma'naviy tarixida 
g'oyat katta o'rin egalladi. Atoqli o'zbek adiblari, jurnalistlaridan
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


M.Behbudiy, 
M.Abdurashidxonov, 
H.Niyoziy, 
A.Avloniy, 
C h o 'lp o n , LObidov, IT ohiriy va boshqalar mazkur nashrlaming 
asoschilari bo'ldilar va o 'z asarlari bilan Turkistonda ozodlik, 
mustaqillik g'oyalarining vujudga kelishi va rivojlanishida katta 
xizmat qildilar Jahon matbuotshunoslari bu davr matbuotini erkin 
dunyo matbuoti deb nomladilar. Mazkur matbuot o 'zid an oldingi 
avtoritar matbuotga nisbatan “yirik shaxslar matbuoti" bo'ldi.
Bu davr matbuoti ommaga juda k o 'p sohada ijtimoiy 
informatsiya yetkazib berdi, u birinchi bor o 'z funksiyasini to 'la
bajara boshladi, ya'ni, erkin matbuotga, to rtinchi hokimiyatga 
aylana boshladi. Ammo bu davrda chiqarilgan yana bir turdagi 
matbuot nashrlari o z oldilariga ko proq iqtisodiy foyda olish 
maqsadini qo'yganligi boisidan matbuotda turli shov-shuvli 
yangiliklar ketidan quvish, o 'zaro raqobat, reklama va e’lonlaiga 
keng o 'rin berish boshlandi. 
Matbuotning pulga, kapitalga 
qaramligidan kelib chiquvchi bu salbiy xususiyat ko'pgina matbuot 
nashrlarida hoziigacha davom etib kelmoqda.
XIX asming o'rtalarida Yevropada ilmiy kommunizm ta'limoti 
ijtimoiy ong maydoniga chiqdi. Bu ta'lim ot jahon taraqqiyoti 
uchun butunlay yangilik bo'lgan maqsad va vazifalarga — mavjud 
tuzumni ag'darib ishchi-proletarlar diktaturasini o 'm atish va shu 
vosita orqali xalqni farovon hayotga erishtirish - kommunizm 
jamiyati qurish shiorini oldinga surdi. K o 'p o'tm asdan bu 
ta'lim otga xizmat qiluvchi matbuot nashrlari paydo b o 'ld i. XIX asr 
oxirlarida Rossiyada ham marksizm ta'limoti yoyildi va shu 
yo'nalishdagi 
nashrlar 
chiqarila 
boshlandi. 
1917-yilning 
oktyabrida yuz betgan o'zgarishdan so'ng 
Rossiyada hukumat 
bolsheviklar qo'liga o 'td i va kommunistik mafkura yakka hukmron 
bo'lib qoldi. Butun Rossiya va qo'shni mamlakatlardagi kabi 
Rossiyaning 
mustamlakasi 
bo'lgan Turkistonda ham mavjud, 
crkin matbuot tugatilib, uning o 'm in i kommunistik 
matbuot 
nashrlari egalladi. Bu matbuot garchi bolshevistik g'oyalarga 
tayangani, hukumat tomonidan qo'llab-quw atlanganligi boisidan 
ancha ommalashgan bo'lsa-da, yakka g'oyaviy hukmronlikka 
asoslangan mafkuraga xizmat qilishi tufayli bir taraflama va 
cheklangan matbuot bo'ldi va oxir oqibat inqirozga yuz tutdi. Bu
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


matbuotning kuch-qudrati uning sinfiyligida bo'lib, zaifligi ham 
shundan kelib chiqar edi. Shu boisdan insoniyat bu, zo'ravonlikka 
asoslangan luzum va uning biryoqlama matbuotini, ideojogiyasini 
rad etdi.
XX asrning oxirlariga kelib kommunistik tuzumning inqirozga 
uchrashi natijasida boshqa qator mamlakatlar qatorida O'zbekiston 
ham o z milliy mustaqqilligiga erishdi, 
Rossiyaning milliy 
asoratidan qutilib, o 'z davlati, o z milliy 
mafkurasi, o ’z 
matbuotiga ega bo'ldi. Mustaqil O'zbekiston matbuoti qisqa davr 
ichida ham son, ham sifat jihatidan o'sdi, takomillashdi. 
Demokratik jamiyat, huquqiy davlat tuzish yo'lidan borayotgan 
O'zbekiston matbuoti jahon demokratik matbuotining tarkibiy 
qismiga qo'shilib bormoqda 
Matbuotimiz xalqimizga keng 
jabhada ijtimoiy infonmatsiya yetkazib berish bilan birlikda, uni 
milliy mustaqillik ruhida tarbiyalashga, mamlakatimizda ijtimojy- 
iqtisodiy islohotlaming muvaffaqiyatli amalga oshishida ko'm akchi 
bo'lib xizmat qilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasining 1997— 
yilda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to 'g 'risid a ” va 
shu yili qabul 
qilingan 
“Jumalistik faoliyatni himoya qilish 
to 'g 'risid a ” , “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to 'g 'risid a ”gi 
qonunlar matbuotimiz faoliyatida muhim 
rol 
o'ynamoqda. 
O'zbekiston matbuoti jahonning erkin, demokratik matbuoti 
tasnifida o'zining munosib o 'm in i egallamoqda.

Yüklə 4,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə