Milliy valyuta barqarorligini taminlashda markaziy bank tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar


International Conference on Developments in Education



Yüklə 160,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü160,25 Kb.
#138304
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org April 30
th
 2022 
92 
1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastagi yordamida boshqarish;
2. Hisob-kitob va pul oʻtkazish operasiyalarini bajarishni yoʻlga qoʻyish;
3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish;
4. Tijorat banklarining kassa zahiralarini jamgʻarish va saqlash;
5. Rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlash;
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operasiyalarini bajarish;
7. Tijorat banklariga kredit berish;
8. Pul emissiyasi.
Markaziy bank hukumatning rasmiy pul-kredit instituti sifatida namoyon boʻladi. Markaziy 
bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrogʻi davlatning monetar siyosati olib 
boriladi.
Monetar siyosat – pul-kredit tizimining iqtisodiyotni faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishiga 
jiddiy tarzda taʼsir koʻrsatish qobiliyatiga tayanadigan iqtisodiy siyosat boʻlib hisoblanadi. 
Monetar siyosat valyuta kursiga, foiz stavkalariga, bank tizimining umumlikvidlilik hajmiga 
va tabiiyki butun iqtisodiyotga taʼsir oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladi. Bu vazifalarni echishda 
iqtisodiyotni barqaror oʻsishini hamda ishsizlik va inflyasiyani kamayishini taʼminlash 
maqsadi yotadi. Markaziy bank monetar siyosati ikkita asosiy siyosatdan iborat boʻlib, bular: 
pul-kredit siyosati va valyuta siyosatidir. Oʻz navbatida valyuta siyosati pul-kredit siyosatiga 
bevosita bogʻliq boʻlib, ikkala siyosat ham davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. 
Koʻpgina rivojlangan davlatlarda valyuta va pul-kredit siyosatini ajratishmaydi va bittagina 
termin – “Monetar siyosat” deb atashadi. Monetar siyosatning asosiy maqsadi milliy valyuta 
barqarorligini taʼminlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona oʻrnatish asosida inflyasiya 
surʼatlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning 
barqaror oʻsishini taʼminlashdan iborat. Monetar siyosatning asosiy maqsadidan kelib chiqib 
oraliq va pirovard maqsadlarni ajratish mumkin. Monetar siyosatni amalga oshirishning oraliq 
maqsadlari milliy valyuta kursining barqarorligini taʼminlash, muomaladagi pul massasi 
hajmini tartibga solish, moliya tizimining barqarorligini taʼminlash boʻlsa, pirovard 
maqsadlari iqtisodiy oʻsish, toʻliq bandlikni, baholarning hamda toʻlov balansining 
barqarorligini taʼminlashdan iborat. Monetar siyosatning oraliq maksadlariga erishish orqali 
pirovard maqsadlarga erishishni mumkin. 

Yüklə 160,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə