7.1.3.Qonunlarda belgilangan tartibda bank yoki mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar
toʻxtatilganda.
7.1.4.Toʻlovlar mijoz tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlarining rasmiylashtirilishida yoʻl
qoʻyilgan nuqsonlar natijasida kechiktirilganda;
7.1.5.Bank oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda va Mijoz tomonidan belgilangan
texnik sharoitlarga
rioya qilinmaslik natijasida axborotlarni uzatish va qabul qilishdagi uzilishlarga javob bermaydi;
7.1.6.“SMS-Banking” dasturi orqali yuboriladigan maʼlumotlar SMS koʻrinishida, yaʼni ochiq
holda (parol yoki boshqa himoya vositasisiz) maʼlumotlar boʻlganligi sababli bankka bogʻliq
boʻlmagan holda (telefon apparatining yoʻqolishi, raqamning boshqa shaxsga oʻtishi
va boshqa
bankka vaqtida maʼlum qilinmagan sabablar orqali) mijoz hisobraqami boʻyicha bank sirini
tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor boʻlganda bank javobgar hisoblanmaydi;
7.1.7. Mijozning xalqaro operatsiyalari toʻlov zanjirida ishtirok
etuvchi korrespondent
banklarning komplayens siyosati yoki sanksiya talablari boʻyicha toʻxtatilganda, ijrosiz
qaytarilganda yoki ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan (muzlatilganda) bank javobgar boʻlmaydi.
Dostları ilə paylaş: