Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

6.2.Bankning javobgarligi: 
6.2.1.Qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda bank tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish 
muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan 
toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10 foizidan 
koʻp boʻlmagan miqdorda mijozga penya toʻlaydi. 
6.2.2. Toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchining aybi bilan toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan 
taqdirda, u xato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini 
oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart. Aks holda, toʻlovchi qonunda belgilangan tartibda 
toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchidan mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib 
yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1 foizi 
miqdorida, biroq notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan 
miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
6.2.3.Bank mijozning hisobvaragʻidagi mablagʻlarni uning topshirigʻisiz yoki qonunchilikda 
belgilangan tartibda roziligi olinmagan (akseptlanmagan) holda hisobdan chiqargan (oʻtkazib 
bergan) taqdirda, ushbu mablagʻlarni hisobvaraqqa tiklaydi.
6.2.4.Bank mijozning bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarini asossiz ravishda oshkor 
qilganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgardir. 
6.2.5.Bank mijoz tomonidan korporativ bank kartasi yoʻqolganligi yoki oʻgʻirlanganligi yozma 
ravishda maʼlum qilingandan keyingi davr davomida ushbu karta orqali amalga oshirilgan 
operatsiyalar natijasida mijozga yetkazilgan moliyaviy yoʻqotishlar boʻyicha javobgar 
hisoblanadi. 
7.Bankni belgilangan javobgarlikdan ozod etish. 
7.1.Bank quyidagi hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi: 
7.1.1.Fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida roʻy berishi 
mumkin boʻlgan uzilishlarda; 
7.1.2.Bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos kelmaydigan 
toʻlov hujjatlari taqdim qilinganda; 


7.1.3.Qonunlarda belgilangan tartibda bank yoki mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar 
toʻxtatilganda. 
7.1.4.Toʻlovlar mijoz tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlarining rasmiylashtirilishida yoʻl 
qoʻyilgan nuqsonlar natijasida kechiktirilganda; 
7.1.5.Bank oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda va Mijoz tomonidan belgilangan texnik sharoitlarga 
rioya qilinmaslik natijasida axborotlarni uzatish va qabul qilishdagi uzilishlarga javob bermaydi; 
7.1.6.“SMS-Banking” dasturi orqali yuboriladigan maʼlumotlar SMS koʻrinishida, yaʼni ochiq 
holda (parol yoki boshqa himoya vositasisiz) maʼlumotlar boʻlganligi sababli bankka bogʻliq 
boʻlmagan holda (telefon apparatining yoʻqolishi, raqamning boshqa shaxsga oʻtishi va boshqa 
bankka vaqtida maʼlum qilinmagan sabablar orqali) mijoz hisobraqami boʻyicha bank sirini 
tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor boʻlganda bank javobgar hisoblanmaydi; 
7.1.7. Mijozning xalqaro operatsiyalari toʻlov zanjirida ishtirok etuvchi korrespondent 
banklarning komplayens siyosati yoki sanksiya talablari boʻyicha toʻxtatilganda, ijrosiz 
qaytarilganda yoki ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan (muzlatilganda) bank javobgar boʻlmaydi. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə