|
![](/i/favi32.png) Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma4.Taraflarning huquqlari.
4.1.Mijozning huquqlari:
4.1.1.Oʻzining hisobvaragʻidagi mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda erkin tasarruf
etish;
4.1.2.Hisob-kitob va kassa xizmatlari boʻyicha bankka topshiriqlar berish, inkasso boʻyicha
soʻrovnomalar berish, topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish;
4.1.3.Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, xatolik aniqlangan
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan mijozning hisobvaragʻiga ushbu mablagʻni oʻtkazib
berilmagan taqdirda, mijoz bankdan mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir
kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin
notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summaning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda
penya toʻlashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab qilish;
4.1.4.Ish haqi toʻlash jadvaliga muvofiq asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqida
mablagʻlari va broni mavjud boʻlganda, qonunchilikka muvofiq naqd pul mablagʻlarini olish;
4.1.5.Bank tomonidan shartnomaviy hamda qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar oʻz
vaqtida va/yoki toʻliq bajarilmaganligi oqibatida koʻrilgan zararlarni oʻrnatilgan tartibda qoplab
berilishini talab qilish;
4.1.6. Bankdan belgilangan joyga borib tushmagan pul mablagʻlarini qidirish, aniqlash va
qaytarishda yordam soʻrash;
4.1.7.“Masofaviy bank xizmatlari” dasturlari orqali hisob-kitob hujjatlarini kiritish va tuzish,
oʻziga tegishli boʻlgan dastur imkoniyati doirasida bank operatsiyalari boʻyicha maʼlumot olish;
4.1.8.Oʻzbekiston Respublikasining bank qonunchiligi va ularda boʻlayotgan qoʻshimchalar
toʻgʻrisida axborotlar olish.
4.1.9.MSKH qoldigʻini toʻldirib borish.
4.1.10.MSKH aylanmalari toʻgʻrisida Bankdan koʻchirma olish.
4.1.11. Bankdan qaytarilgan toʻlovlarni karta hisobvaragʻiga qaytarishni, korxona (yoki tashkilot)
(savdo va xizmat koʻrsatish obyekti) tomonidan amalga oshirilgan tranzaksiya boʻyicha
maʼlumotlar olingandan soʻng talab qilish.
4.1.12.Mijoz bank bilan bogʻlanish, shuningdek, bankdan xabarnomalar (maʼlumotnomalar) olish
usuli mustaqil ravishda tanlaydi va tanlangan usul ushbu shartnomaning 13-bandida koʻrsatilishi
lozim. Mijoz xabarnoma (maʼlumotnoma) yetkazish usulini bankka shaxsan yoki pochta orqali
yozma ariza taqdim etish yoʻli bilan oʻzgartirish huquqiga ega.
4.1.13. ADM orqali kirim qilingan banknotalari koʻrsatilgan holatda mablagʻ qabul qilinganligini
tasdiqlovchi chekni talab kilish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|