Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

2.Shartnoma predmeti. 
2.1.Mazkur shartnoma bank tomonidan mijozning arizasiga koʻra amaldagi qonunchilik hujjatlari 
talablariga muvofiq, bank hisobvaraqlarini (bundan buyon “hisobvaraq” deb yuritiladi) ochish, 
uning hisobvaragʻiga kelib tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kirim qilish, mijozning 
hisobvaragʻidan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish va toʻlash hamda hisobvaraq boʻyicha 
boshqa operatsiyalarni amalga oshirish, kassa xizmatlarini koʻrsatish, masofaviy xizmatlar 
dasturiy majmualari orqali elektron bank xizmatlarini koʻrsatish, korporativ bank kartasi orqali 
amalga oshirilgan xisob-kitoblar boʻyicha Bank tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq 
munosabatlarni tartibga soladi. 


2.2.“Internet banking”, “Mobile-banking” dasturlari mijozga oʻz hisobvaraqlarining holati va pul 
aylanmasi haqida maʼlumot olish, elektron toʻlov topshiriqnomalarini oʻtkazish, dastur 
imkoniyati doirasida bank xizmatlari haqida maʼlumotlarni olish imkoniyatini beradi. 
2.3.“SMS-Banking” dasturiy majmuasi mijozga uning asosiy va ikkilamchi hisobraqamlarining 
holati va pul aylanmasi haqida maʼlumot, hisobvaraqdagi har bir pul harakatidan soʻng mijozning 
arizasida belgilangan telefon raqamiga SMS (SMS) koʻrinishida maʼlumot taqdim etadi. 
Shuningdek, mijoz ushbu raqam orqali bank ish kuni davomida dastur yoʻriqnomasida keltirilgan 
tartibda maʼlumotlarni SMS soʻrov yuborish orqali ham olishi mumkin. 
2.4.Mijoz bilan aloqa bogʻlash usuli: mazkur shartnomaning 13 bobida koʻrsatib oʻtilgan 
rekvizitlar, shu jumladan, cheklanmagan holda mijozning yuridik manzili, telefon raqami 
(vakilning uyali aloqa raqami). 
Bank bilan aloqa bogʻlash usuli: mazkur shartnomaning 13 bobida koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlar, 
shu jumladan cheklanmagan holda 0 800 1 200 200 hamda 1256 (pullik) raqamlar. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə