|
![](/i/favi32.png) Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma10.Maxfiylik
10.1.Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha maʼlumotlar
maxfiy axborotlar deb tan olinadi.
10.2.Taraflar shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish
chogʻida boshqa tarafning tijorat siri hisoblangan maxfiy axborotlar va maʼlumotlarni axborot
egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
10.3.Mazkur talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda shartnoma muddati tugagan
vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi
10.4.Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha zararni
toʻliq hajmda qoplab beradi.
11.Fors-major holatlari.
11.1.Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu taraflarning irodasi, xohishi va
faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va
boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va
eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron toʻlov hamda
taʼminot tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan taxdid (uchinchi
shaxslar tarafidan qilingan hujumlar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda taraflarga qabul qilingan
majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulotda, oldini olib boʻlmaydigan va
kutilmagan holatlardir.
11.2.Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga qadar
shartnoma boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladilar.
11.3.Yuzaga kelgan Fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi haqida
taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab, 3 bank kuni ichida bu
haqda ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
11.4.Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi xabarnomalar
taraflarda mavjud boʻlgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.
11.5.Fors-major holatlari 30 kun mobaynida bartaraf etilmagan taqdirda taraflar ushbu
shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga haqli boʻladilar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|