Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

4.2.Bankning huquqlari: 
4.2.1.Hisobvaraq ochayotgan shaxsning yohud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz 
hisobvaraq ochishni rad etish; 
4.2.2.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki Bank boshqaruvi qarorlariga asosan bank 
tariflari oʻzgarganda, yangi tariflarni qoʻllash bank va mijoz oʻrtasida kelishuvga asosan amalga 


oshiriladi. 
4.2.3.Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Markaziy bankning koʻrsatmalari, 
Bankning ichki meʼyoriy hujjatlariga muvofiq, shuningdek mijoz tomonidan hisob-kitob 
hujjatlarini rasmiylashtirish va oʻz muddatida taqdim qilish boʻyicha yoʻl qoʻyilgan tartibbuzarlik 
holatlari mavjud boʻlganda, hisob-kitob, kassa operatsiyalarini toʻxtatib turish hamda yuqoridagi 
meʼyoriy hujjatlarga zid boʻlgan operatsiyalarni bajarishni rad etish; 
4.2.4.Yuridik shaxsning boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat 
koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili)da mavjud 
boʻlmaganida, operatsiyalarni amalga oshirishni rad etish;
4.2.5.Mablagʻlarning but saqlanishi va ularning mijoz tomonidan erkin tasarruf etilishini 
kafolatlagan holda mijozning boʻsh mablagʻlaridan resurs sifatida foydalanish; 
4.2.6.Qonunchilikda belgilangan tartiblarga muvofiq, mijoz hisobvaragʻidan byudjet daromadiga, 
byudjetdan tashqari fondlarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan toʻlovlarni hamda qonunchilikda koʻzda 
tutilgan boshqa hollarda mijozning roziligisiz (akseptsiz) uning hisobvaragʻidan mablagʻlar 
oʻtkazish; 
4.2.7.Mijoz aybi bilan bankka zarar keltirilganda yetkazilgan zarar summasini akseptsiz tartibda 
mijozning hisob raqamidan memoreal order asosida yechib olish; 
4.2.8. Mijoz tarafidan shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining korporativ 
bank kartalaridan foydalanishning amaldagi yoʻriqnoma shartlari buzilganda, mijozga nisbatan 
bank tariflarida tasdiqlangan jarima sanksiyalarini qoʻllash va korporativ bank kartasi 
amaliyotlarini toʻxtatish; 
4.2.9.Mijozning bank karta hisobvaragʻiga xatolik tufayli tushib qolgan mablagʻlarni, 
shuningdek, karta hisobvaragʻida texnik nosozliklar tufayli ortiqcha paydo boʻlib qolgan 
mablagʻlarni mijozning karta hisobvaraqlaridan akseptsiz tartibda yechib olish
4.2.10.Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun asos boʻluvchi hujjatlarning haqiqiyligiga 
shubha tugʻilganda, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni imzolash huquqiga ega boʻlgan 
mansabdor shaxslarga xabar berib, operatsiyalarni amalga oshirishni toʻxtatish; 
4.2.11.Mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida 2-sonli kartoteka mavjud 
boʻlgan taqdirda, uning ikkilamchi hisobvaraqlari (Hukumat qarorlari asosida ochilgan maqsadli 
akkreditiv, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari bundan mustasno) dan mablagʻlarni 
mijozning qarz majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar asosiy depozit hisobvaraqqa oʻtkazish va 
ikkilamchi hisobvaraqlardagi operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish; 
4.2.12.Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilgandan soʻng, xato yozuvlar aniqlangan 
hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga keyingi bank ish kunida teskari 
buxgalteriya yozuvlari kiritish yoʻli bilan hisobvaraqlardan tegishli summalarni mijozning 
roziligisiz hisobdan chiqarish; 
4.2.13.Byudjetga va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini 
taʼminlash maqsadida, qarzdor mijozning milliy valyutadagi mablagʻlari yetishmaganda va 
valyuta hisobvaragʻida mablagʻlari mavjud boʻlgan holatda, davlat soliq xizmatining 
taqdimnomasiga koʻra soʻzsiz ravishda uning valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi 
Valyuta birjasida sotilishini amalga oshirish;
4.2.14.Mijoz tomonidan qasddan notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun 
hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda operatsiyalarni amalga oshirishni 
rad etish; 
4.2.15. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarga muvofiq lozim darajada tekshirish va operatsiyaga 
doir tegishli hujjatlarni talab qilib olish. 
4.2.16. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarga muvofiq soʻralgan hujjat va maʼlumotlar taqdim 
qilinmaganda yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 


moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
boʻyicha ichki nazorat qoidalarida belgilangan boshqa hollarda mijoz bilan amaliy ish 
munosabatlariga kirishishni yoki mijozning operatsiyalarini amalga oshirishni rad etish. 
4.2.17. Mijoz yoki uning operatsiyalari xalqaro va milliy sanksiyalar taʼsir doirasiga tushganda, 
tushish xavfi mavjud boʻlganda yoki xalqaro va milliy sanksiya taʼsir doirasiga tushishini 
aniqlash imkoniyati boʻlmaganda, operatsiyani oʻrganish maqsadida qoʻshimcha maʼlumotlarni 
soʻrash, operatsiya miqdorini chegaralash, amaliyotlarni rad etish. 
4.2.18. Mijoz hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni kelib tushgan mablagʻ sanksiya va 
ta`qiqlardan holi ekanligi aniqlangunga qadar vaqtincha alohida tranzit hisobvaraqda saqlash
4.2.19. Mijoz yoki uning operatsiyalari sanksiya va ta`qiqlardan holi ekanligi boʻyicha mustaqil 
ekspert yoki nufuzli konsalting kompaniyasi xulosasini talab qilish.
4.2.20. Masofaviy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida mijozlar bilan imzolanadigan shartnomalarda 
mijoz tomonidan ushbu xizmatlardan foydalangan holda amalga oshirilgan shubhali operatsiyalar 
aniqlangan taqdirda, bajarilgan operatsiyalarning qonuniyligi haqida mijoz yozma tushuntirish 
bergunga qadar ushbu xizmatlarni koʻrsatishni toʻxtatib turish yoki rad etish. 
4.2.21. Masofaviy xizmatlardan foydalanilgan holda shubhali operatsiyalar amalga oshirilganligi 
haqidagi gumonlar mavjud boʻlganda masofaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada 
qayd etilgan shaxs tomonidan operatsiyalar amalga oshirilayotganligini mijozning joylashgan yeri 
(pochta manzili) yoki masofaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan 
manzil boʻyicha oʻrganish. 
4.2.22. 
Shubhali 
operatsiyalar 
amalga 
oshirilganligi 
haqidagi 
gumonlar 
mavjud 
boʻlganda masofaviy xizmatlar koʻrsatishni 30 kun muddatga toʻxtatib turish huquqiga ega. 
4.2.23.Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda operatsiyalarni amalga oshirishni rad 
etish. 
4.2.24. ADM orqali koʻrsatilgan xizmatlar uchun xizmat haqi hisoblash va mijozdan ushbu 
xizmat haqini toʻlashni talab etish. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə