Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

3.Taraflarning majburiyatlari. 
3.1.Mijozning majburiyatlari: 
3.1.1.Bankka hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni 
taqdim etadi. 
3.1.2.Bankda belgilangan ish vaqti, toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibiga 
rioya qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi meʼyoriy hujjatlari 
talablarini bajaradi. 
3.1.3.Mijoz naqd pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga 
tenglashtirilgan toʻlovlar uchun naqd pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek, oʻz 
kassasida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻiga limitni belgilash boʻyicha 
hisobvaraq ochilgandan keyingi oydan kechikmasdan, keyinchalik har yilning yanvar oyi 
mobaynida hisob-kitob maʼlumotnomasini ikki nusxada toʻldirgan holda bankka taqdim etadi. 
3.1.4.Hisobvaraqda mablagʻ mavjud boʻlganda ish haqi, pensiya va nafaqalar olishning kalendar 
jadvaliga muvofiq pul chekini bankka taqdim etadi va olingan mablagʻlardan qatʼiy belgilangan 
maqsadlarda foydalanadi.
3.1.5.Mijoz hisobvaragʻiga qoʻyilgan talablarni va toʻlovlarni amalga oshirish uchun oʻzining 
asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida yetarli mablagʻlar boʻlishini taʼminlaydi. 
3.1.6.Koʻrsatilgan bank xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni mazkur shartnomaning 5-boʻlimida 
belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi. 
3.1.7.Bank talabiga koʻra qonunchilik asosida bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish 
uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etadi. 
3.1.8.Agar mijozning tashkiliy huquqiy shaklida oʻzgarish boʻlsa, bu haqdagi maʼlumotlarni
 
3 ish 
kuni mobaynida, yuridik manzilida oʻzgarish boʻlganda esa, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 5 ish 
kuni mobaynida bankka taqdim qiladi.
3.1.9.Belgilangan muddat ichida deponentga oʻtkazilgan ish haqi, pensiya, nafaqa va moddiy 
yordam pullarini Bank kassasiga topshiradi. 
3.1.10.Oʻz kassasiga naqd pullarni kirim qilish va sarflash tartibiga, kassa intizomiga hamda 
limitdan ortiqcha naqd pullarni bank kassasiga topshiradi. 
3.1.11.“Masofaviy bank xizmatlari” dasturlari bilan ishlash uchun soz xolatdagi viruslardan 
ximoyalangan va internet tarmogʻiga ulangan shaxsiy kompyuter yoki mobil telefon apparati 
mavjud boʻlishi kerak. Agar mijozda mazkur imkoniyat mavjud boʻlmasa, bankning mijozlarga 
hizmat koʻrsatish zallarida joylashtirilgan “Internet banking” uchun ajratilgan maxsus kompyuter 
vositalaridan foydalanadi. 
3.1.12.Mijoz “Masofaviy bank xizmatlari” dasturlari bilan ishlash uchun masʼul shaxsni 
tayinlash va unga elektron raqamli imzo kaliti (I-key) mobayl banking dasturi oʻrnatilgan 
telefonni saqlash, uning xavfsizligini taʼminlash va ishlatish uchun moddiy javobgarlikni oʻzi 
toʻliq nazoratiga oladi.
3.1.13.“Masofaviy bank xizmatlari” dasturlari elektron raqamli imzo kaliti (I-key), mobayl 
banking dasturi oʻrnatilgan telefon va SMS informer biriktirilgan telefon rakami oʻzgarsa, 


yoʻqolib qolsa, oʻgʻirlansa ushbu holat boʻyicha oʻsha kunning oʻzida bankni xabardor qiladi.
3.1.14.Mijoz “Masofaviy bank xizmatlari” dasturlarida ishlash boʻyicha berilgan login va 
parollarni sir saqlaydi va uchinchi shaxslarga dasturlardan foydalanish huquqini bermaydi. 
3.1.15.“Masofaviy bank xizmatlari” dasturlari orqali oʻtkazilgan elektron toʻlov 
topshiriqnomalarning tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va masʼul shaxslar tomonidan 
imzolangan qogʻoz nusxalarini oʻzida saqlab boradi. 
3.1.16. Mijoz “Masofadan xizmat koʻrsatish tizimi” orqali yuborilgan elektron toʻlov 
topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar 
hisoblanadi.
3.1.17. Toʻlovlarning qonuniyligini tekshirish yoki boshqa masalalar boʻyicha bank talab qilgan 
barcha xujjatlarni taqdim qiladi. 
3.1.18. Mijoz korporativ bank kartasi olish uchun bankda maxsus tranzit hisobvaraq hamda 
milliy valyutadagi maxsus karta hisobvaraqlarini ochishi kerak.
3.1.19.Yuridik shaxs korporativ bank kartasini oʻzining hodimiga toʻliq moddiy javobgarlik 
toʻgʻrisida shartnoma tuzib, unga bank kartasi saqlovchisi sifatida vakolat berishi mumkin. 
Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasining saqlovchisi emitent bank bilan shartnoma asosida 
bank kartasidan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. 
3.1.20. Korporativ bank kartasidan toʻlov tizimining qoidalari asosida va Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining korporativ bank kartalaridan foydalanish boʻyicha amaldagi 
yoʻriqnomalariga asosan foydalaniladi.
3.1.21.Milliy valyutadagi maxsus karta hisobvaragʻini toʻldirilishi faqat talab qilib olinguncha 
hisobvaraqdan mijozning toʻlov topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi, milliy valyutadagi 
maxsus karta hisobvaragʻini nakd pulda toʻldirilish man etiladi. 
3.1.22 Korporativ bank kartasini olgan kunidan boshlab bir kun ichida bank kartasining PIN 
kodini oʻzgartirishi kerak. 
3.1.23 Mijoz korporativ bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha amaliyotlar uchun 
javobgardir. 
3.1.24.Korporativ bank kartasi yoʻqotilganda, oʻgʻirlanganda yoki yaroqsiz holatga kelganda
Bankga zudlik bilan maʼlum qiladi.
3.1.25.Mijoz karta hisobvaragʻiga xatolik tufayli tushib qolgan mablagʻlarni, shuningdek karta 
hisobvaragʻida texnik nosozliklar tufayli ortiqcha paydo boʻlib qolgan mablagʻlarni bankka 
qaytaradi. 
3.1.26. ADM orqali hisob raqamga mablagʻ kirim qilishda mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 
toʻgʻri kiritish. 
3.1.27. Bankning (yozma, ogʻzaki yoki kelishilgan aloqa kanali orqali yuborilgan) talabiga 
binoan 1 yilda bir marotaba mavjud elektron raqamli imzo kalitlarini (I-Key), elektron raqamli 
imzo sertifikatini soz/but holatdaligiga ishonch hosil qilish maqsadida Mijozga topshirilgan 
elektron raqamli imzo kalitlari (I-Key) va elektron raqamli imzo sertifikati haqida mijoz bankka 
maʼlumot taqdim etadi hamda kalit va elektron raqamli imzo sertifikati sozligini tekshirish uchun 
bank vakiliga taqdim etadi. 
3.1.28. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda Bankning soʻroviga asosan 
lozim darajada tekshirish va operatsiyaga doir tegishli hujjatlarni taqdim qilish. 
3.1.29. Oʻz faoliyati bilan bogʻliq bank operatsiyalarining xalqaro va milliy sanksiyalar 
talablariga muvofiqligini oʻrganib borish. 
3.1.30. Xalqaro va milliy sanksiya talablarini buzmaslik, qasddan chetlab oʻtishga urinmaslik. 
3.1.31. Oʻz faoliyati bilan bogʻliq bank operatsiyalarining xalqaro va milliy sanksiyalar taʼsiriga 
aloqadorligi aniqlanganda, bu toʻgʻrisida bankka yozma maʼlumot taqdim qilish. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə