Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

3.2.Bankning majburiyatlari: 
3.2.1.Mijozning topshirigʻiga koʻra qonunchilikka muvofiq hisob-kitob va kassa xizmatlarini 
koʻrsatadi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan barcha hisob-kitob va kassa amaliyotlarini 


amalga oshiradi. Jumladan: 
a)
mijozning arizasiga asosan hujjatlar taqdim qilingan kundan soʻng, keyingi ish kunidan 
kechiktirmay milliy hamda xorijiy valyutadagi asosiy, ikkilamchi, maxsus, akkreditiv hisob 
raqamlar ochadi, yopadi, asosiy hisobraqamni boshqa banklarga koʻchiradi; 
b)
mijoz hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjati bankka kelib 
tushgan kunning oʻzida yoki keyingi ish kunidan kechiktirmay mijoz hisobvaragʻiga kiritadi; 
c)
Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u mablagʻni 
xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan toʻlov topshiriqnomasida 
koʻrsatilgan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart; 
d)
mijoz hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjatlari yoki mijozdan “Masofaviy 
bank xizmatlari” dasturlarining aloqa kanallari orqali olingan elektron toʻlov topshiriqnomasi 
asosida oʻtkazish (toʻlash) toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarini bajaradi; 
e)
mijozning qarz majburiyatlari boʻyicha toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini 
qonunchilik doirasida ijro qiladi
f)
amaldagi qonunchilikka muvofiq mijozdan naqd pul mablagʻlarini qabul qiladi va beradi; 
g)
fuqarolik Kodeksining 781-moddasiga muvofiq mijozning talab qilib olinguncha depozit 
hisobvaragʻining oʻrtacha oylik qoldigʻiga yillik 0,00 foiz miqdorida haq toʻlaydi; 
h)
boshqa hisob-kitob, kassa xizmatlarini koʻrsatadi (bank va mijoz oʻrtasida alohida 
shartnomalar asosida tartibga solinadigan munosabatlar bundan mustasno). 
3.2.2.Mijoz hisobvaragʻidan faqat uning topshirigʻi boʻyicha yoki uning roziligi bilan 
mablagʻlarni (akseptsiz toʻlov talabnomasi va inkasso topshiriqnomasi bundan mustasno) 
hisobdan chiqaradi.
3.2.3.Mijozga belgilangan jadvalga muvofiq (dam olish kunlaridan tashqari) muayyan muddatda 
xizmat koʻrsatadi. 
3.2.4.Mijoz topshirigʻiga asosan hisob-kitob amaliyotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida 
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va bank kartalaridan foydalanish yuzasidan amaldagi 
qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiradi. 
3.2.5.Toʻlov hujjatlarini ijro uchun qabul qilishda amaldagi konunchilikda belgilangan tartib 
asosida rasmiylashtirilishini talab qilgan holda, toʻlov hujjati bankka kelib tushgan ish kuni (agar 
amaliyot kuni davomida kelib tushgan boʻlsa) yoki kelib tushgan ish kunining keyingi ish 
kunidan (agar amaliyot kuni tugagandan keyin kelib tushgan boʻlsa) kechiktirmay, ijrosini 
taʼminlaydi.
3.2.6.Mijozning yozma arizasiga asosan uning oʻziga yoki ishonchli vakiliga (ishonchnomaga 
asosan) hisobvaraqlaridan koʻchirma va boshqa tegishli hujjatlarni beradi. 
3.2.7.Mijozga taalluqli boʻlgan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning sir saqlanishini 
kafolatlaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 
3.2.8.Mijoz hisobvaragʻida erkin mablagʻ boʻlganda yoki mablagʻ yetishmaganligi sababli 
mablagʻlarni band qilishga bron mavjud boʻlgan hollarda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya 
pullarini(qonunchilikda belgilangan tartibda) birinchi talabdayoq berilishini taʼminlaydi. 
3.2.9.“Masofaviy bank xizmatlari” dasturlarini uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlaydi.
3.2.10.Mijozga “Masofaviy bank xizmatlari” dasturlarida bank ish kuni mobaynida elektron 
maʼlumotlarni avtomat rejimda uzatilishini taʼminlaydi, elektron hisob-kitoblar, hujjat aylanish 
qoidalari, bank texnikasi va boshqalar buyicha maslahatlar beradi va amaliy yordam koʻrsatadi. 
3.2.11.“Internet banking” dasturi foydalanuvchisining elektron raqamli imzo kaliti (I-key), 
mobayl banking dasturi oʻrnatilgan telefon va SMS informer biriktirilgan mobil telefon raqami 
yoʻqolib qolganligi, oʻgʻrilanganligi va oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabar bankka kelib tushgan 
vaqtning oʻzidayoq dastur boʻyicha bank operatsiyalarini toʻxtatadi. 
3.2.12.Mijozga MSKH ochadi hamda korporativ bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha 
tranzaksiyalardagi mablagʻlarni mijozning MSKHdan toʻlab beradi. 
3.2.13.Mijozning yozma arizasiga asosan MSKH orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha 
koʻchirma beradi.
3.2.14.Mijozning korporativ bank kartasi yoʻqolganligi yoki oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisidagi yozma 


murojaati kelib tushganidan soʻng, mazkur karta orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarni 
vaqtincha toʻxtatib turadi. 
3.2.15.Masofaviy bank xizmatlarini rasmiylashtirish buyicha ariza yoki aloqa xati va 
dalolatnomalar rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda saqlanadi. 
3.2.16.Mijozning bank hisobvaragʻi, shu jumladan, korporativ bank kartalari boʻyicha (bank 
kartalaridan foydalanayotgan paytda “PIN-kod”ni notoʻgʻri terilishi oqibatida blokirovkaga 
tushgan holatlar bundan mustasno) amaliyotlar toʻxtatib qoʻyilganda, bank amaliyot toʻxtatilgan 
sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda xizmat koʻrsatish toʻxtatilganligi va 
uning sabablari yuzasidan xabarnoma (maʼlumotnoma) yuboradi. 
3.2.17.Xabarnomalar (maʼlumotnomalar) mijozga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari 
va boshqa kommunikatsiya kanallari orqali topshirilishi mumkin. 
3.2.18. ADMni doimiy soz holatda ishlashini taʼminlash. Topshirilgan pul mablagʻni mijoz hisob 
raqamiga oʻz vaktida kirim kilish. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə