Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma



MILLIY VALYUTADAGI BANK HISOBVARAGʻIGA XIZMAT KOʻRSATISH 
BOʻYICHA SHARTNOMA № 
[raqami] 
[shartnoma tuzilgan joy toʻldiriladi] [sana] 
Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB (bundan buyon “Bank” deb yuritiladi) 
nomidan [yil] [sana] kungi №[raqam yoziladi] sonli ishonchnomaga asosan faoliyat koʻrsatuvchi 
[vakolatli xodim FIO si yoziladi] bir tomondan va [mijoz nomi toʻldiriladi] (bundan buyon 
“Mijoz” deb yuritiladi) nomidan oʻz nizomi (ishonchnoma, guvohnoma) asosida faoliyat 
koʻrsatuvchi [mijoz vakolatli xodimi FIO.si yoziladi] ikkinchi tomondan ushbu shartnomani 
quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar. 
1.Tushunchalar. 
1.1.Korporativ bank kartasi – bank tomonidan emissiya qilingan va Mijozga karta hisobvaragʻida 
hisobda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etgan holda tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish 
uchun milliy valyutada naqd pulsiz shaklda toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi toʻlov 
kartasi. Mazkur karta Bank mulki hisoblanadi.
1.2.Korporativ bank kartasini saqlovchisi – mijoz yoki u vakolat bergan shaxs (yoki yakka 
tartibdagi tadbirkor).
1.3.MSKH – Mijoz uchun bankda ochilgan maxsus milliy valyuta karta hisobvaragʻi. 
1.4.Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt.
1.5.Tranzaksiya —mijoz tomonidan amalga oshiriladigan va uning bankdagi hisobvaragʻida 
mablagʻlar harakatiga olib keladigan toʻlov orderi. 
1.6.PIN KOD – Mijoz tomonidan korporativ bank kartasi orqali amalga oshiriladigan 
operatsiyalarni tasdiqlash uchun foydalaniladigan shaxsiy identifikatsion raqam. 
1.7.Qaytarish uchun chek – korporativ bank kartasi orkali toʻlov amalga oshirilgandan soʻng 
Mijoz tomonidan toʻlov bekor qilinganda, Korxona/tashkilot tomonidan toʻlov bekor qilinganligi 
toʻgʻrisidagi xabarnoma. 
1.8.Toʻlovlarni qaytarish – Mijozning MSKH ga kirim qilish uchun korxona (yoki tashkilot) 
tomonidan Bank tomonidan oʻrnatilgan shaklda mablagʻning qaytarilishi. 
1.9.Terminal – Mijozga korporativ bank kartasi orqali toʻlovlarni amalga oshirish, parolni 
almashtirish, plastik kartadagi pul mablagʻ toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini beruvchi 
elektron qurilma. 
1.10.Masofaviy bank xizmatlari – “Internet banking”, “Mobile-banking” va “SMS-Banking” 
tizimidan foydalanish xizmatlari. 
1.11.Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron 
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan 
hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik 
yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish 
imkoniyatini beradigan imzo. 
1.12. Avtomatlashgan depozit mashina (kelgusida ADM deb yuritiladi) – “Hamkorbank” 
ATBning filiallariga tegishli boʻlgan, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mablagʻlarni 
ularning hisobvaraqlariga mijozni oʻzi tomonidan bajarilgan amaliyot orqali avtomat kirim 
qiladigan qurilma. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə