Reja: O'zini o'zi anglash, o'z o'ziga munosabat



Yüklə 39,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü39,82 Kb.
#152099
  1   2   3
O\'zini o\'zi anglash



Mavzu:
O'zini o'zi anglash, o'z o'ziga munosabat va o'zini o'zi baholash
metodlari. Shaxs qadriyatlari diagnostikasi metodlari


Reja:
1. O'zini o'zi anglash, o'z o'ziga munosabat 
2. O'zini o'zi bahlosh metodlari
3.Shaxs qadriyatlari diagnostikasi metodlari


1. O'zini o'zi anglash o'z o'ziga munosabat
Insoniyat paydo bo'lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o'zi haqidagi masalalar
qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo bo'ganligi, qay
tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa mavzular
haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo'Igan. Merriyam-Vebster lug'atiga binoan,
o'z o'zini anglash tushunchasi - «o'ziga tegishli bo'lgan va undan kelib chiqadigan
harakatlar yoki holatlarni anglash» deb
ta'riflanadi. O'z-o'zini anglashning psixologik xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya
fanida o'z - o'zini anglash, ahloqiy o'z-o'zini anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon
sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to'liq organilmaganligi tufayli uni tahlil qilish
ahloq, milliy xarakter, milliy ma'naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog'liq
ravishda amalga oshirilmogda. Ushbu kategoriyalarni o'ziga xos tarzda
yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsni yaqqol
anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini o'rganish
imkoniyatini yaratadi.


XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning
Ijtimoiy - psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash va yondashuv vujudga kelgan
bo'lib, ular o'zaro bir - biridan keskin darajada tavofutlanib turadi. Birinchi
yondashuv talqinicha o'z-o'zini anglash - bu o'z yo'nalishini o'zgartirgan ongning
aynan o'zidir. Mazkur talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan bo'lib,
L.S. Vigotskiy,
A.N.Leontev,
V.V.Stolin
va ularning shogirdlari tomonidan tadqiq qilib kelinadi. Ikkinchi yondashuv mohiyati S.L.
Rubinsteynning Ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. Birinchi yondashuvning
namoyondalari talqinida o'z-o'zini anglash: L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha,
o'z-o'zini anglash turli xil manolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga
keltiruvchi jarayon sifatida va o'zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo'ladi. A.N. Leontev
talqiniga qaraganda, individual ongdagi mohiyat bilan
mazmun o'rtasidagi ziddiyat o'zini - o'zi anglashning
sababchisidir.


Boshqacha so'z bilan aytganda, o'z - o'zini anglashni shakllantirishning
manbai ong va undagi ziddiyat bo'lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib
topishi hamda rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi)
obektiv shart - sharoitlari sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, —
deb yozadi S.L. Rubinshteyn. Insonning o'z - o'zini anglash jarayonidagi
subektligi bilan amalga oshirishga mo ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat
natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan
tamoman forig' ekanligini bildiradi. Demak, bu ilmiy yondashuvda o'z-o'zini
anglashning uzluksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa
odamlar to'grisidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari o'rtasidagi
ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o'zi haqida fikr yuritar ekan,
albatta, u o'zining boshqa odamlar bilan kechadigan o'zaro munosabatlari natijasini
tahlil qiladi va ularing samarali ekanligiga asoslanib o'z "Men"ligini yaratadi.


S.L.Rubinshteyn va K.A.Abulxanova - Slavskayalar o'z-o'zini anglashning ichki mohiyati
ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta'kidlaydilar. Negizning birinchisi -
insonning atrof - muhit va shaxslararo munosabatlarining mazmunidan iboratdir. Uning
ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to'grisida uni fikr yuritish
imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya'ni obektiv xususiyatiga ega
bo'lsa, uning ikkinchisi subektiv, binobarin, insonning psixofiziologik va ruhiy
xususiyatlariga bog'liqdir. Har ikkala asosning o' zaro bir - biri bilan mos kelishi yoki
mos kelmasligi o'zlik, "Men"lik to'g risidagi aniq, haqqoniy tasavvurlarni vujudga
keltiradi. Mualliflarning mulohazasicha, ijtimoiylik insonning ongiga va ruhiyatiga kirib
boradi, ongning, o'zini - o'zi anglashning hamda idora qilishning manbai bo'lib
qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganda - bu yondashuv uni ongining
ijtimoiylashuvini nazarda tutadi va ana shu tariqa o'z - o'zini anglashning
ijtimoiylashuvdagi o'rni hamda uning roli huddi shunday tushuntiriladi. Mazkur
yondashuvga binoan, o'z - o'zini anglash jarayonida ruhiyat va ijtimoiylashuv o'rtasida
muttasil ravishda o'zaro munosabatlar vujudga keladi.


Munosabatlarning o'zaro mazmuni yuzaga keladi. Bizningcha, insonda o'z - o'zini
anglashning subektliligi bosqichidayoq ijtimoiylik aks etadi. Shuning uchun ruhiyat bilan
ijtimoiylik o'rtasidagi masalalarni maxsus muammo sifatida ajratish, talqin qilish
g'ayritabiiylikdir.
Shunday ekan, inson tomonidan o'zining ijtimoiylik, ya'ni insoniylik mohiyati va darajasida
anglash psixologik nuqtai nazardan ana shu muhtojliklar, qiziqishlar, intilishlar
mohiyatining anglashi hamda shu asnoda o'zining hayoti,
faoliyati yuzasidan shaxsiy maqsadini yaratish jarayonidir. Yuqoridagi fikr -
mulohazalardan kelib chiqqan holda ahloqiy o'z- o'zini anglashga biz ikki xil ta'rif
berishimiz mumkin: A) O'z - o'zini u yoki bu ahloqiy ma'naviy me'yor va qoidalarga
asoslangan holda anglash deb ta'riflansa; B) Bizningcha, ahloqiy o'z. - o'zini anglash bu
o'z - o'zini inson sifatida tasdiqlash va ana shu tariqa o'zligida
insoniylikni shakllantirishga nisbatan intilishdir. Agarda shaxs o'z - o'zini inson
sifatida e'tirof etmas ekan, unda insoniylik fazilatlari vujudga kelishi mumkin emas. O'z -
o'zini anglash esa inson uchun ana shu e'tirofni amalga oshiruvchi muhim
vosita sifatida namoyon bo'lish jarayoni yoki holatidir.



Yüklə 39,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə