Reja: O'zini o'zi anglash, o'z o'ziga munosabat


 Shaxs qadriyatlari diagnostikasi metodlari



Yüklə 39,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü39,82 Kb.
#152099
1   2   3
O\'zini o\'zi anglash

3. Shaxs qadriyatlari diagnostikasi metodlari
Yoshlar dunyoqarashi va xulq atvori shakllanishida qadriyatlarning rolini o'rganish
ko'plab tadqiqotlarning predmetiga aylanishi lozimligini hayotning o'zi taqozo
etmoqda. Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy, jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan
qadriyatlarni organadi. Ularning kelib chiqishida muhim bo'lgan omillar quyidagilardir:
madaniy qadriyatlar maskanlari: oila, maktab, mahalla, jamoatchilik fikri;
bolalikda orttirilgan tajriba (tengqurlar jamoasi);
ommaviy axborot vositalari;
Dunyo olimlari qadriyatlarning shaxs hayotida va tajribasidagi benazir rolini
anglagan xolda, ularni o'lchashning vositalari, metodikalari va testlarni taklif etishgan.
Barcha olimlar turli millat va xalqlarda deyarli bir xil natijalarga erishish mumkin
bo'lgan samarali universal testlar turkumini yaratish muammosi ustida ish olib
borganlar. 


Tadqiqotlar va ularning natijalari asosida Shvars shu guruh qadriyatlarning
qisqacha tavsiflari bilan 10 ta bo'limlarga ajratdi:
1.
O'ziga yo'nalganlik yoki o'zini boshqara bilish - fikrlash tarzi va xulqidagi
mustaqillik, erkinlik, bilimga va ijodga intilish, qiziquvchanlik, tanlash olish layoqati,
yaratuvchanlik.
2. 
Unday olish: yangiliklarga nisbatan moyillik, shiddatli va hayajonli hayotni
yoqtirish, yangiliklarga o'chlik, kutilmagan hayot vaziyatlarini idrok qilib, abul gila
olish, jozibali taassurotlarni istash.
3. 
Gedonizm: har ganday vaziyatdan, jumladan kongildagidek bajarilgan
ishdan maroqlanish, lazzatlanish, o'z qilgan ishidan pozitiv xissiyotlarni boshdan
kechira olish, hayotdan zavqlanish.
4.
Muvaffaqiyatga intilish: ijtimoiy kutilmalarga mos tarzda erishilgan
yutuqlardagi o'z bilimdonligi - kompetensiyasini namoyon gilishga intilish.
5.
Xavfsizlik: ishonchlilik, maqsadga muvofiqlilikka intilish, jamiyatdagi
o'zaro munosabatlar, va o'ziga nibatan munosabatlardagi mugobillik, jamoat tartibini
qadrlash.


6.
Nufuzga intilish: muayyan ijtimoiy nuquz va obro'ga intilish, odamlar va
ularning faoliyatini nazorat gilish orqali ulardan ustunlikka intilish, ijtimoiy kuch,
boylik, obro'ga intilish.
7. 
Konformizm: o'zgalar manfaatlari, kutishlari va normalarini cheklovchi, ularga zarar
yetkazishi mumkin bo'lgan intilish va harakatlardan o'zini cheklash, tiya olish. Odoblilik,
xushmuomalalik, odamiylik, keksalar va ota-onalarga hurmat.
8.
An'analarga hurmat: Madaniyat va din marosimlariga nisbatan hurmat va milliy
an'ana va rasm-rusmlarga itoat. O'z o'mini bilgan xolda ularga nisbatan pozitiv
garashlar.
9.
Muruvvatlilik: yaqinlari manfaatlariga zid ish qilmaslik, yaxshilik,
halollik, bag rikenglik.
10.
Universallilik: o'zgalarni tushunish, samimiyat, tan olish, bag"rikenglik, aqliy
salohiyat, ijtimoiy adolat, tenglik, tashqi muhit muhofazasiga intilish.
Yuqorida keltirilgan qadriyatlar tizimi barchamizga, ayniqsa, yoshlarga xosdir.
Shvarsning har bir yoshdagi qadriyatlar tizimini organish usuli universal
metodikalardan hisoblanadi.

Yüklə 39,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə