|
Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистонADABIY TILMahmudxo‘ja Behbudiy
dir
(1875 – 1919). U «Ikki emas, to‘rt til kerak», «Til masalasi», «Sart so‘zi
majhuldur», «Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi» singari bir qator maqolalarida o‘zining
turkiy til, o‘zbek tili doir qarashlarini bayon qiladi. Jumladan, «Til masalasi»
maqolasida quyidagilarni yozadi: «Turklarning ba’zi toifasi forsiy va arabiyni u
qadar ko‘p oldilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qo‘shulib, «usmonli tili»
ataldi. Ushbu uch tilni adabiyot va qoidalaridan boxabar bo‘lmaguncha usmonli
shevasinda yozmoq mumkin emasdur».
Behbudiyning fikricha, madaniyat, adabiyot qanchalik rivoj topsa, adabiy til
ham shunchalik takomillashadi. Aksincha, madaniyat, san’at inqirozga yuz tutgan
mamlakatda, tarqoqlik hukm surgan joyda shevalar rivojiga sharoit yaratiladi.
Shevalar arab, fors elementlarining oz-ko‘pligi jihatidan ham farqlanishini bayon
qiladi. Chunonchi, Buxoro, Samarqand shevalariga arab, fors tillarining ta’siri
kuchliroq bo‘lsa, Qo‘qon va uning atrofidagi shahar ziyolilarining tilida bu
tillarning ta’siri bor ekani, Toshkent va Sirdaryo muzofotidan arab va fors
tillarining hukmi ozayib borishi aytiladi. Turkistonning Movarounnahr va Hazor
qismiga turkman tilining ta’siri kuchli ekanini ko‘rsatadi. Adabiy til bilan xalq
shevalari o‘rtasidagi munosabatni yaqinlashtirishda matbuotning roliga katta baho
beradi. Jumladan, «Sadoyi Turkiston» gazetasida «mehmon» so‘zini chiqarib
tashlab, uning o‘rniga «qo‘noq» so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Behbudiy zo‘rma-
zo‘raki keltirilgan turkiy muqobillar haqida fikr yuritarkan, tilni arabizm va
forsizmlardan birdaniga emas, asta-sekinlik bilan tozalash lozimligini uqtiradi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy millat istiqboli uchun kurashchi sifatida milliy tilning
ravnaqi, uning kelajagi uchun ham jon kuydirdi va o‘zi asos solgan «Oyna» jurnali
orqali o‘zbek adabiy tilining muhim masalalarini yoritdi.
148
XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatida
Dostları ilə paylaş: |
|
|