Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet Jizzax filiali Psixologiya fakulteti



Yüklə 27,43 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü27,43 Kb.
#156634
1   2   3   4   5   6
iqt dav tom mustaqil ish

Shuningdek, Prezidentimizning 2022-yil 8-apreldagi PF-101-farmoniga muvofiq xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, investitsion muhit jozibadorligini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha davlat aktivlarini xususiylashtirishda investorlarga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish chora- tadbiri ishlab chiqildi.

Xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obyektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:

  • Xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obyektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:


  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etish;


  • bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish kabi afzalliklar berildi.


Mulkchilik to‘g‘risidagi masalani hal etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari butun tizimining negizi hisoblanadi. Respublikada mulkchilik shakllarining teng huquqliligi konstitutsiyaviy tartibda e’tirof etilgan, mulkdorning huquqi qonun bilan e’tirof etiladi va muhofaza qilinadi. Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning yuridik va tashkiliy zamini yaratildi, uning samarali mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.

  • Mulkchilik to‘g‘risidagi masalani hal etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari butun tizimining negizi hisoblanadi. Respublikada mulkchilik shakllarining teng huquqliligi konstitutsiyaviy tartibda e’tirof etilgan, mulkdorning huquqi qonun bilan e’tirof etiladi va muhofaza qilinadi. Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning yuridik va tashkiliy zamini yaratildi, uning samarali mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.


  • Iqtisodiyotning turli sohalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinligi maqomi va huquqini belgilovchi qonunlar, iqtisodiy jihatdan erkin korxonalar va fuqarolarning soliqlar tizimi orqali davlat bilan o‘zaro munosabatlari, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning garov bo‘yicha huquqi va bankrot bo‘lganini qonuniy e’tirof etish mexanizmi qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatini tartibga solib borishni, aksionerlar huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlovchi, birja va auditorlik faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik me’yorlari belgilandi.



Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi, fond bozorining bozor infratuzilmasini yaratish sarmoyaning erkin oqib kelishi jarayonini boshlab berdi va ushbu korxonalarni ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash strategiyasini o‘tkazishga yo‘naltirish imkonini beruvchi iqtisodiy sharoitlarni, kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minladi,

Keng aholi ommasida xo‘jayinlik, mulkdorlik hissining paydo bo‘la boshlagani va rivojlangani, kichik va xususiy korxonalar, ko‘chmas mulk, yer uchastkalari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, xullas, daromad keltiruvchi mulk egalari o‘rta qatlamining shakllangani iqtisodiy islohotlarning eng muhim yakunlaridan biri bo‘ldi.



Yüklə 27,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə