Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali



Yüklə 121,16 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#135908
1   2   3   4   5
Xufyona iqtisodiyot 1 mustaqil ish

1. Nolegal iqtisodiyot. Nolegal iqtisodiyot tijoratning qonuniy shakllari sohasini belgilab beruvchi, yuridik normativlarni buzuvchi iqtisodiy faoliyat tomonidan ishlab topilgan daromadning sinonimi sifatida ishtirok etadi. Nolegal tadbirkorlar ta’qiqlangan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda va ularni taqsimlashda ishtirok etadi (giyohvondlik moddalarini noqonuniy ishlab chiqarish, chayqovchilar tomonidan valyuta ayirboshlanishi va h.K.).

2. Hisobga olinmagan iqtisodiyot. Hisobga olinmagan iqtisodiyot institutsional jihatdan o‘rnatilgan, soliq kodeksida qayd etilgan fiskal qoidalarni chetlab o‘tuvchi yoki ulardan bo‘yin tovlovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Hisobga olinmagan iqtisodiyotdan olingan daromadlar soliq organlariga xabar qilinmaydi. Bunda “soliq bo‘shlig‘i” – soliq tushumlarini nazarda tutuvchi summa bilan amalda olingan daromad o‘rtasidagi farq yuzaga keladi.

3. Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot. Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot hukumat statistika organlarining talablariga ko‘ra belgilangan institutsional qoidalarni chetlab o‘tuvchi iqtisodiy faoliyat turidan tarkib topgan. Bu yerda davlat milliy statistika tizimida ro‘yxatga olinmagan daromad summasi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. E.Faygning fikriga ko‘ra, ro‘yxatga olinmagan daromad – bu amaldagi umumiy daromad bilan statistika tizimi tomonidan qayd etiladigan daromad o‘rtasidagi farqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda uyda ishlab chiqarish ro‘yxatga olinmagan iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

4. Norasmiy iqtisodiyot. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini hamda mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat shartnomalarini, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma’muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan o‘lchanad


Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə