Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Biotexnologiya ” kafedrasining



Yüklə 16,61 Kb.
tarix02.02.2023
ölçüsü16,61 Kb.
#100006
4- bayonnomasi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Biotexnologiya ” kafedrasining
4/2021 kafedraning majlis bayonnomasi
8.11.2021- yil. Jizzax shahri.
Qatnashdi: Kafedra mudiri: O‘ralov A, b.f.d.professor Murodova S,katta o‘qituvchilar Mamatkulova I, Parmonov A, Mustafoyev A, Mustafakulov M, stajyor – o‘qituvchi Raxmonov B, assisentlar Fayzullayev O, Ne‘matova M, Hafizov E.
Kun tartibi:
1.Kafedra ilmiy to‘garagining ish faoliyati va fan olimpiyadasi tayyorgarligi haqida.
2.Proffesor-o‘qituvchilarining ochiq darsi muhokamasi.
3. Proffesor-o‘qituvchilarining o‘zaro darsga kirishning natijalari.
4. Har xil masalalar:
a) Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
b) Reyting tizimining borishi.
c) Filial ilmiy kengashining qarorlarining kafedrada bajarilishi.


1. Eshitildi: Kun tartibi birinchi masalasi bo‘yicha kafedra mudiri (PhD) A.I. O‘ralov Biotexnologiya kafedrasi ish rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalasida kafedra ish rejasi va unda belgilab berilgan vazifalarga tayyorgarlik ko‘rishlari, ya’ni avvalo o‘ziga tegishli fan yuzasidan tegishli me’yoriy hujjatlari tayyorlash aytildi. Kafedra o‘quv yuklamasini professor-o‘qituvchilar orasida taqsimlash va o‘rindoshlik, soatbay soatlarini tarqatish bo‘yicha ma‘lumotlarni berdi.
2.Eshitildi: Kun tartibidagi ikkkinchi masalasi bo‘yicha dotsent Mustafakulov M. kafedra ilmiy to‘garagining ish faoliyati va fan olimpiadasi tayyorgarligi holati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shu masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga vazifalar berdi.
Ilmiy to‘garak ish rejasini tasdiqlash, a‘zolarini belgilash, nizomini belgilash hamda tasdiqlash va ishni amalga oshirish Mamatkulova Iroda Ergashevnaga yuklatilgani takidlab o‘tildi.
a) Eshitildi: kafedra professor o‘qituvchisi (PhD) Sobirova Muqaddas iqtidorli talabalari bilan ishlash haqida to‘xtalib o‘tdi. Unda har bir professor-o‘qituvchilar o‘ziga biriktirilgan iqtidorli talabalar bilan muntazam ravishda ish olib borish kerakligini aytib o‘tdi.
b) Eshitildi: dotsent Mustafakulov Muhammadjon so‘zga chiqib, yig‘ilishda talabalar bilimini muntazam ravishda nazorat qilish va baholash jarayonida shaffoflik bilan ish olib borishi lozimligi aytib o‘tildi. Bu holat bo‘yicha tushuncha berildi.
c) Eshitildi: Filial ilmiy kengashining qarorlari bilan muntazam tanishib borish va kafedrada bajarilishi haqida vazifalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib yig‘ilish
Qaror qiladi:
1. Kafedra yig‘ilishi kun tartibida ko‘rilgan masalalar muhokama etildi va ijro uchun qabul qilindi deb hisoblansin.
2. Kafedra o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hamda ish rejasini o‘zgartirilsin.
3. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, reyting tizimining borishi, filial ilmiy kengashining qarorlarining kafedrada bajarilishi nazoratga olinsin.
Muddat: yil davomida
Mas’ul: Ne’matova M
Kafedra mudiri: A. I. O‘ralov
Kotib: A.To‘xtasinov
Yüklə 16,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə