Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo’linadi



Yüklə 112,85 Kb.
səhifə1/3
tarix09.10.2023
ölçüsü112,85 Kb.
#126494
  1   2   3
xuidoyberdi

O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari Reja: 1. O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi 2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar 3. Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari 4. Kimyoning stexiometrik qonunlari


Kimyo –moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o’zgarishlarni o’rganadigan fan.
Kimyo moddalarning tarkibini, tuzilishini, xossalarini va bir-birlariga o’zgarshishlariga olib keladigan reaktsiyalarni o’rganadi.
Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 18 mln.dan ortiq modda o’rganilgan. Masalan: suv, neft, oltin, temir, havo.
Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga o’xshaydigan va birbiridan farq qiladigan belgilari.
Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo’linadi:

Molekula – moddaning xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekulyarga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan.
Atom – musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq atom fanga ma’lum. Atom – grekchadan olingan bo’lib, “bo’linmas” degan ma’noni anglatadi.
Moddalarni o’rganish bilan har hil tabiiy fanlar shug’ullanadi, ular orasida kimyo eng muhim o’ringa va ahamiyatga ega.
1. O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasi kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Yirik xomashyo zahiralari mavjud: bularga tabiiy gaz, gaz kondensati, fosforit, silvinit, osh tuzi, marmar, ohaktosh, neft va boshqalar kiradi. Kimyo korxonalari kompaniyalarida 30 mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Oliy o’quv yurtlarida kimyo mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda. 2001 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyati tuzildi. “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyatining 2004-2007 yil va 2014 yilgacha korxonalarning “Rivojlanish va texnik qayta qurollanish rejalari” ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanish yo’nalishlarining asosiy strategiyalariga:
  • harakatdagi mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish;
  • to’xtab qolgan ishlab chiqarish mahsulotlarini eksportbop qilib ishlab chiqarishni o’zlashtirish kabilar kiradi.

  • Kalsiylangan soda (Na2CO3) ishlab chiqarishni ko’paytirish hisobiga kimyo sanoatlari, qurilish materiallari sanoatlari uchun shisha, shisha mahsulotlari, silikagel ishlab chiqarishda zarur bo’lgan Na2CO3 ning quvvati bir yilda 700 ming tonnaga yetkaziladi. 2005 yilda ushbu mahsulot ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
    Respublikaning oliy o’quv yurtlarida muhandis-texnik xodimlar, kimyogarlar va ishchi kadrlar tayyorlash bo’yicha tinimsiz ishlar olib borilmoqda. Har yili yirik kimyo korxonalariga, o’quv muassasalariga minglab yuqori malakali kadrlar tayyorlab bermoqda.
    “O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi – bu erda Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan” degan jumlani hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov aytgan va
    O’zbekistonda kimyoni rivojlanishiga haqiqiy ob’ektiv baho bergan. O’zbekiston bugungi kunda oltin zahirasi bo’yicha dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda turadi. Respublikamizning Navoiy va Chirchiq shaharlarida

joylashgan eng yirik elektr kimyo kombinatlari bugungi kunda o’z maxsulotlari bo’yicha nafaqat Respublikamiz talabini qondirib qolmasdan, balki jahonning qator mamlakatlariga o’z mahsulotlarini eksport qilmoqda.
Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan keyin o’nlab yangi neft’ konlari izlab topildi va bugungi kunda ularning soni 160 dan oshib ketdi.
Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy – G’arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg’ona kabi mintaqalarda neft va gazning yirik zahiralari mavjudligi aniqlandi.


Yüklə 112,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə