|
Molekulyar biologiyaMolekulyar biologiya OMK uzbOraliq nazorat (ON)
– semestr davomida oʻquv dasturining tegishli
(fanlarning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugallangandan
keyin talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va
baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta oʻtkaziladi va shakli
(yozma, og’zaki, test va hokazo) oʻquv faniga ajratilgan umumiy soatlar
hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN)
– semestr yakunida muayyan fan boʻyicha
nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni talabalar tomonidan oʻzlashtirish
darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va
iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida oʻtkaziladi.
ON
oʻtkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya
ishtirokida muntazam ravishda oʻrganib boriladi va uni oʻtkazish tartiblari
buzilgan hollarda,
ON
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda
ON
qayta oʻtkaziladi.
Oliy talim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va
monitoring boʻlimi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida
YaN
ni oʻtkazish
jarayoni muntazam ravishda oʻrganib boriladi va uni oʻtkazish tartiblari buzilgan
hollarda,
YaN
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda
YaN
qayta
oʻtkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali
ifodalanadi.
«
Molekulyar biologiya
» fani boʻyicha talabalarning semestr
davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-40 ball va O.N.-30 ball qilib
taqsimlanadi.
|
|
|