Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 136 Kb.
səhifə4/8
tarix11.06.2022
ölçüsü136 Kb.
#89362
1   2   3   4   5   6   7   8
MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT bank

Birinchi tamoyil – kreditning ma’lum muddat uchun berilishi.

Ikkinchi tamoyil – kredit uchun haq to‘lash zarurligi. Bank qarzni tekinga bermaydi, buning uchun qarzdordan foiz undiradi. Foiz – bu qarz haqidir.

Uchinchi tamoyil – qaytarishlik, ya’ni kreditni albatta qaytarib berish shart.

To‘rtinchi tamoyil – kreditning kafolatlanishi. Bu tamoyil yo‘lida bank qarzdor mol-mulkini garovga qo‘yishni talab qiladi.

Kredit bitimi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unda kreditning qanday muddatga berilganligi, kredit uchun qanday haq to‘lanishi va kreditni qaytarishlik kafolatlari qayd etiladi. Davlat byudjet va uni shakllantirish. Davlat byudjeti, bu davlatning ma’lum muddatga mo‘ljallanib tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari va harajatlari hisobidir. O‘zbekistonning davlat byudjeti Respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublika byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat [1. 122- modda]. Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi [4. 78 – modda, 8- bandi]. Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga kiradi [4. 100- modda].
Byudjetni shakllantirishda soliq asosiy rolni o‘ynaydi. Soliqlar majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi davlatga to‘laydigan puldir.
O‘zbekistonning mustaqil soliq tizimini yaratish harakati asosan 1992 yil 15 fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar soliqlari to‘g‘risida”gi Qonun va 1993 yil may oyida Oliy Kengashning “Mahalliy soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishidan boshlandi. Bu qonunlar bo‘yicha chiqarilgan soliqlar yilma-yil takomillashtirilib borildi. Nihoyat, 1997 yil 24 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining soliq Kodeksi” qabul qilindi. Bu Kodeks soliq va yig‘imlar haqidagi yo‘l-yo‘riqlarni yagona hujjatga to‘pladi. Mamlakatimiz iqtisodiy hayotida bu Kodeksning ahamiyati katta bo‘ldi. Lekin Uni yangilash va takomillashtirish ehtiyoji tobora sezilaboshlandi. Va 2007 yilning oxirida yangi “O‘zbekiston Respublikasining soliq Kodeksi” qabul qilindi (Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2007 yil 25 dekabrda imzolangan). Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zR Davlat Byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarni, shunindek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur Kodeks 21 ta bo‘lim, 64 bob, 392 moddadan iborat.
Davlat jamiyat a’zolariga , ular kim bo‘lishidan qat’i nazar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga mudofaa, tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash, obodonchilik va sanitariya-gigiena ishlarini bajarish, davlatni idora qilish, turmush xavfsizligini ta’minlash, ekologik muhitni asrash, tabiiy boyliklarni himoya qilish, ommaviy savodxonlikni ta’minlash, nochorlarga yordam berish kabi ishlar kiradi. Binobarin, soliqlarning ob’ektiv zarurligi - davlatning bajaradigan qator funkstiyalarini mablag‘ bilan ta’minlashning zarurligidan kelib chiqadi. Soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari haqi bo‘lib, uni firmalar, har xil kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va aholi to‘laydi.
Soliqlar uch vazifani bajaradi: birinchisi – fiskal vazifa, davlat xazinasiga pul tushirish; ikkinchisi – iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish; uchinchisi – aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni ijtimoiy himoyalash hisoblanadi.
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, majburiyligi, xazinaga tushishi, qat’iyligi va doimiyligi, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgisidir.
Nimagaki soliq solinsa, shu soliq obyekti, soliq to‘lovchilar esa soliq subyekti hisoblanadi. Soliq obyektiga mol-mulk, foyda, iqtisodiy faoliyat va daromadlar kiradi. Soliq to‘lovchilar firmalar, fermer xo‘jaliklari, yakka tartibda ishlovchilar, ishchilar, xizmatchilar, mulk sohiblari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Soliqlar davlat byudjetiga kelib tushadi. Undiriladigan soliqning soliq obyekti xajmiga nisbatan hisoblangan miqdori soliq stavkasi deyiladi. Masalan, daromad solig‘i uning miqdoriga nisbatan 5 foiz, 10 foiz, 25 foiz yoxud 40 foiz belgilanadi va shu miqdor soliq stavkasini tashkil qiladi.


Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə