Moliya va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə13/14
tarix21.10.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#130311
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yoʻnalishi 1-bosqich 50-guru-fayllar.org

III. XULOSA
Bizga ma’lumki bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda yildan yilga amalga oshayotgan ishlar salmogʻi ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar hisoblanadi. 2022-yil Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlandi. Bundan biz shuni anglashimiz mumkinki butun yurtimiz boʻylab inson qadri birinchi oʻrinda muhim va ustuvor vazifaga aylandi. Insonlarning farovon hayot tarzini tashkillashtirish uchun juda keng koʻlamda ishlar amalga oshirilmoqda. Men ishonch bilan shuni ayta olamanki, bu ishlar albatta oʻz samarasini beradi va xalqimizning turmush tarzi albatta yuksaladi va hayot madaniyati rivojlanadi. Bu esa oʻz navbatida aholining turmush tarzidan mamnunlik darajasining ortishiga turtki bo’ladi.
“Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.
Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.
Mahalla obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi.
Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi.
Bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
2022-yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Aholi daromadlarini ko‘paytirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim ishlarni davom ettiramiz.
Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etiladi.
Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ko‘makka muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor beramiz.
Yurtimizni yanada obod qilish, zamonaviy uy-joylar, jumladan, barcha hududlarimizda «Yangi O‘zbekiston massivlari»ni qurish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”.-degan ifodalarga orin berdi.
Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularning ijtimoiy ximoya qilishdir.
Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misolidir.
Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini ximoya qilish, kuchli ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topmoqda.
Jumladan davlatimiz raxbari tashshabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirlikligi tashkil etildi. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida muntazam ishlar olibborilmoqda.
Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirilib mamlakatimiz axolisi, eng avvalo, yosh oilalar, uy-joyga extiyoji bor fuqoralarni yashash sharoitini yaxshilash maqsadida imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratilib shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurilib topshirilmoqda.
Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha ishlardan asosiy koʻzlangan maqsad “inson qadri”ni yuksaltirishdan iboratdir.


Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə