Moliya va moliyaviy texnologiyalar


“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari haqida



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə7/14
tarix21.10.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#130311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yoʻnalishi 1-bosqich 50-guru-fayllar.org

1.7. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘tgan davr mobaynida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda-Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlandi.
Mazkur konseptual hujjat “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashga, munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishga, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat dasturi 7 ta yo‘nalishda 398 ta banddan iborat bo‘lib, unda rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 55 trln so‘m va 11,7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat dasturining Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo‘nalishidagi 12 ta maqsad va 45 ta aniq tadbir ijrosini ta’minlashga mas’ul etib Oliy Majlis palatalari belgilangan.
Qolaversa, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (keyingi o‘rinlarda-Taraqqiyot strategiyasi deb yuritiladi) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalar doirasida tegishli hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Bosh vazirning o‘rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari Oliy Majlis palatalariga hisobot berishi tartibi o‘rnatildi.
Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Davlat dasturining Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo‘nalishi ijrosini ta’minlash Oliy Majlis Senatining 2022-yildagi faoliyatida ustuvor vazifa sifatida belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari:
Oliy Majlis Senati devoni tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin;
har chorak yakuni bo‘yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari hisobotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilishini ta’minlasin. Bunda ayniqsa hududlardagi masalalarning “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hal qilinishiga alohida e’tibor qaratsin.
4. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə