Moliya va moliyaviy texnologiyalar


Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashning yangi tartibi



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə6/14
tarix21.10.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#130311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yoʻnalishi 1-bosqich 50-guru-fayllar.org

1.4.Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashning yangi tartibi.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqiladi;
har chorak yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlariga, Bosh vazirning o‘rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari esa Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olgan holda mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganidan keyin qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan respublikaning hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar loyihalarini tasdiqlasin.
Davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida:
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasiga ko‘ra ularni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, e’lon qilib borilsin;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimi yaratilsin;
har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda to‘rt oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin.
Davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning ko‘rsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinishini ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
fuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinsin;
keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 1-oktabrga qadar davlat xizmatlari tizimini xalqqa yanada yaqinlashtirish, navbatlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va xususiy sektorga o‘tkazish choralarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etilsin;
qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat’iy ta’minlansin;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yo‘lga qo‘yilsin.
Jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinsin.
Ushbu tizim doirasida jazoni o‘tab bo‘lgan va o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda aniq loyihalarini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) uch oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda rivojlangan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish bo‘yicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, yo‘l infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilarga munosib sharoitlarni yaratish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlashga hamda “Ochiq budjet” axborot portali orqali yo‘naltiriladigan mablag‘lardan aynan mazkur yo‘nalishda samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilsin.
Komissiya va ishchi guruh zimmasiga Taraqqiyot strategiyasiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish, shuningdek, uni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Taraqqiyot strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi hisoblanadi;
Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ta’sischilarining “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqot va “aql” markazi sifatida qayta tashkil etish hamda quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatish to‘g‘risidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin:
tegishli yo‘nalishlarda aniqlangan tizimli muammolarni, jumladan byurokratik to‘siqlar, qonunchilikdagi nomuvofiqliklar, ishlamayotgan huquqiy mexanizmlar, eskirib ketgan qoidalarni umumlashtirish;
ko‘tarilayotgan tizimli muammolar va Taraqqiyot strategiyasida yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, tegishli davlat organlari vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etib borish;
tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar hamjamiyati va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mavzuli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, shuningdek islohotlarni amalga oshirish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish uchun “ilmiy maydon” yaratish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
1.5.“Yuksalish” umummilliy harakati va “Vatandoshlar” fondining Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonlariga milliy va xalqaro hamjamiyatni keng jalb qilib borishga qaratilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash.
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvchi Mustaqil monitoring va baholash jamoatchilik guruhini tashkil etish;
hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazib borish;
fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirib, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan tahliliy va axborot materiallarini Internet jahon axborot tarmog‘ida va ommaviy axborot vositalarida aks ettirib borish choralarini ko‘rsin.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo‘yicha onlayn portalni ishga tushirsin.
Bunda, chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha aholining fikrlari, taklif va e’tirozlarini qabul qilgan holda ilgari surilgan tashabbuslar tizimlashtirilib, har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borilsin.
Vazirlar Mahkamasi:
muntazam ravishda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin;
har chorakda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijro etish holatini har tomonlama muhokama qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rib borsin;
Taraqqiyot strategiyasini keyingi yillarda amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini o‘z vaqtida tayyorlab borilishini ta’minlasin.
Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishiga amaliy yordamni ko‘rsatib borsin;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlasin;
monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
1.6.“Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadlar.
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan quyidagi maqsad va vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish maqsadida
2022-yil dekabr oyiga qadar:
▪ barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish;
▪ davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish.
Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish maqsadida
2022-yil noyabr oyiga qadar:
▪ ️muhim ijtimoiy masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash.
Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish maqsadida
2022-yil avgust oyiga qadar:
▪ davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish.
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida
2022-yil aprel oyiga qadar:
▪ “E-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish;
Yil davomida:
▪ Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash va bunga keng jamoatchilikni jalb etish;
▪ Korrupsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
2022-yil may oyiga qadar:
▪ “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”ni joriy etish orqali sohaga doir huquqiy bilim va ongni yuksaltirish boʻyicha keng qamrovli tizimni joriy qilish.
Agentlik tomonidan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida unda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.
Davlat dasturi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijasi boʻyicha Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali axborot berib boriladi.

Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə