Moliya va Soliqlar” fanidan mustaqil ishi mavzu: Moliya tizimi va uning asosiy bo‘g‘inlari


Moliya tizimining asosiy bo’ginlari



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#107112
1   2   3   4
Xalilova Dilfuza moliya va soliqlar

2.Moliya tizimining asosiy bo’ginlari.

Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni ta’qidlash joizki, moliyaning iqtisodiy mohiyati masalasi mazkur kategoriyaning ichki mazmunini aniqlovchi 2 nazariya amal qiladi:


1. Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari.
2.Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari.
Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari tasdiqlaydiki, moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 2 boskichida paydo bo‘ladi, ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari esa moliya takror ishlab chiqarish kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi deb ta’kidlaydilar.
Iqtisodiy qonunlarning amal qilishi.
Asosiy iqtisodiy qonunlar: qiymat qonuni, pul muomalasi qonuni, talab va taklif qonuni.
+iymat qonuni. Tovar qiymati uni shakllantirish jarayonida sarflangan abstrakt va konkret mehnat bilan belgilanadi.
Pul muomalasi qonuni. Muomaladagi pullarning umumiy miqdoriga pulning aylanish tezligi teskari proporsional, ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori va ularning bahosiga to‘\ri proporsional.
Moliyaning asosiy funksiyalari.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qatori bahsli holatlar mavjud.
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M. Birman moliyaning qo‘yidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:

  1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mabla\lari bilan ta’minlash;

  2. Nazorat

  3. Taqsimlash.

  1. A.M. Aleksandrov va E.A. Voznesenskiy tasdiqlaydiki moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  2. Pul fondlarini shakllantirish.

  3. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish

  4. Nazorat.

I.T. Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yukotadi.
Iqtisodchi V.M. Rodionovaning fikriga ko‘ra moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat qilish funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy manfati foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib kuyadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bo\liqdir.
Savol tu\iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi.
Albatta bunda makrodarajada yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy instrumentlar: meyorlar, stavkalar, ta’riflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va jam\armalari hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi- bu obektiv amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasining obyekti bo‘lib xo‘jalik sub’ktlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘tkazuvchi subyektlar nuqtai nazaridan moliyaviy nazorat qo‘yidagi turlarga ajratiladi:
Moliyaning boshqa qiymat kategoriyalari: pul, kredit, mehnatga to‘lovlar fondi, baho va boshqalardan farkli tomoni uni davlatlarni amal qilishi bilan bevosita bo\likligi hisoblanadi.
2. Moliya tizimi- moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har kaysi sohalar pul mabla\lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Moliya tizimining asosiy funksiyalari qo‘yidagilardan iboratdir:

  1. Rejalashtirish funksiyasi.

  2. Tashkillashtirish funksiyasi.

  3. Ra\batlantirish funksiyasi.

  4. Nazorat

Moliya tizimining bu\inlarga ajratilishi har kaysi bu\inlarning vazifalaridan kelib chiqadi. Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya tizimining bu\inlar mamlakat miyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liqdir.



Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə