Moliya va Soliqlar” fanidan mustaqil ishi mavzu: Moliya tizimi va uning asosiy bo‘g‘inlari



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#107112
  1   2   3   4
Xalilova Dilfuza moliya va soliqlar




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyod fakulteti
Iqtisodiyod (tarmoqlar va sohalar) yo’nalishi
Moliya va Soliqlar” fanidan
MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Moliya tizimi va uning asosiy bo‘g‘inlari


Bajardi: Xalilova Dilfuza


Qabul qildi: Sobirova Lobarxon
Farg’ona-2023
Moliya tizimi va uning asosiy bo‘g‘inlari
Reja:
1. Moliya mohiyati va funksiyalari.
2. Moliya tizimining asosiy bo’ginlari.
3.Davlatning moliyaviy siyosati.
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar ro’yhati
1. Moliya mohiyati va funksiyalari.
Kishilik jamiyatining rivojlanishidagi dastlabki mehnat taqsimotlarining sodir bo‘lishi natural xo‘jalikning yemirilishi va tovar xo‘jaligining shakllanish jarayonini shakllantirdi.
Tovar xo‘jaligining shakllanishi qiymatning oddiy shaklini paydo bo‘lishiga olib keldi va keyinchalik qiymatning umumiy va pul shakllarini vujudga kelishi bilan davom etdi. Ishlab chiqarish jarayonining evolyutsion tarixiy taraqqiyoti natijasida obyektiv iqtisodiy kategoriya sifatida dastlabki moliyaviy munosabatlar ham shakllana boshladi.
Moliya tushunchasining mazmuni “pul to‘lovi”, “daromad” “to‘lov” degan polisemantik harakterdagi ma’nolarga ega bo‘lib dastlab XIII-XV asrlarda italiyada paydo bo‘lgan.
Moliya dastlab har qanday pul to‘lovlarini anglatgan bo‘lib, keyinchalik bu tushuncha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimining muhim elementlaridan biriga aylanib qoldi.
Ammo har qanday pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi. Shuning uchun ham moliya va pul o‘rtasida o‘zaro bo\liqlik bilan birgalikda ularni solishtirib bo‘lmaydigan farqli tomonlari ham mavjuddir.
Chunonchi, pul- tovarlar dunyosidan ajralib chiksa va barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini uynovchi maxsus tovardir.
Moliya esa mavjud o‘ziga hos pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi. Moliya davlat va boshqa iqtisodiy subyektlar o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liq pul munosabatlari tizimidir.
Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil qiladi.
Pul aylanishining 2 xil turi mavjud:

  1. Naqd pul aylanmasi;

  2. Naqd pulsiz aylanmalar.

Real pul aylanmasi bu iqtisodiy jarayon bo‘lib qiymatni harakatini yuzaga keltiradi va pul to‘lovlari va hisob kitoblari bilan biralikda harakat qiladi. Real pul oborotlarini asosiy obyektlari bo‘lib kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lgan moliyaviy mabla\lar hisoblanadi.
Moliyaning harakterli belgilari qo‘yidagilardan iborat:

  1. Pul munosabatlari harakteridan iborat.

  2. Taqsimlash harakteridan iborat.

  3. Fondli harakterdan iborat.

Moliya o‘ziga hos ravishdagi tarixiy kategoriya hisoblanadi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridayok pullar paydo bo‘ldi tovar pul munosabatlari paydo bo‘ldi, davlatlar shakllandi. Ammo nima uchun moliya o‘rta asrlarda paydo bo‘ldi.


Buning 1-shart sharoiti o‘sha davrlarda yevropa davlatlarda ichki ziddiyatlar va muammolar paydo bo‘la boshladiki ularni hal qilish uchun davlat yirik miqdordagi pul mabla\lariga extiyoj seza boshladi.
2-asosiy shart sharoit o‘sha davrlarda pul fondlarini shakllantirish va undan foydalanish tizimli harakterga ega bo‘la boshladi. Usha davrlardayok harajatlarni 4 turi amal qila boshlagan edi: harbiy harajatlar, iqtisodiyot, ijtimoiy soha harajatlar va boshqaruv harajatlari.
3-shart sharoit Usha davrlarda soliq to‘lovlarini undirishning pul shakli rivojlanayotgan davr edi. Soliqlarni undirishning 2 xil shakli bor: natural va qiymat ya’ni pul shakli.
Moliyaning mavjudligi tovar-pul munosabatlari va qiymat qonunlarining amal qilishi bilan belgilanadi.

  1. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi;

  2. Davlatlarning paydo bo‘lishi.

  3. Iqtisodiy qonunlarning amal qilishi;

Davlatlarning paydo bo‘lishi bilan moliyaning paydo bo‘lishini obyektiv shart sharoitlari davlatlar jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bo‘lgan funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Davlatlarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarining islox qilish, institutsional o‘zgarishlar, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik me’yorlarini ta’minlashdan iboratdir.
Davlatning iqtisodiy roli uning qo‘yidagi: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy, nazorat funkitsyalarida namoyon bo‘ladi.
Tartibga solish funksiyasi: Davlat amal qilishi zarur bo‘lgan shunday sohalar mavjudki ularni to‘laqonli amal qilishida davlat bosh pozitsiyada bo‘ladi (masalan mudofaa, ijtimoiy ximoya tizimlari va boshqalar). Davlat turli xil institutsional tizimlar vositasida iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi. Tartibga solish sohalari: Davlat moliyasi, pul muomalasi, naqdpulsiz hisob kitoblar, valyuta kurslari, iqtisodiy xavfsizli va boshqalar.
+ayta taqsimlash funksiyasi. Yaratilgan milliy daromad ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida qayta taqsimlashning obyekti hisoblanadi. Bunday qayta taqsimlanishining mexanizmi sifatida soliq va budjet tizimi hisoblanadi.
Ijtimoiy funksiyasi. Utish davrining asosiy muammosi hisoblanuvchi ijtimoiy ximoya tizimlarini shakllantirish va aholining kam ta’minlangan qatlamini ximoya qilish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu funksiyaning amal qilish mexanizmi: ijtimoiy transfertlar tizimi, Respublika va mahalliy darajadagi ijtimoiy dasturlar, adresli ijtimoiy yordamlar.
Davlatning iqtisodiy roli va funksiyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning moliyaviy siyosatini va moliyaviy usullarini aniqlab beradi.
Tovar pul munosabatlarining mavjudligi.
Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va uni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarini to‘lash jarayonidagi pul munosabatlari moliyaviy munosabatlar kategoriyasiga kiritilmaydi. Moliyaviy munosabatlari kategoriyasi mazmunini aniqlovchi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi pul munosabatlar qo‘yidagilardan iborat:
Korxonalar tayyor mahsulotni sotuv qilish natijasida pul tushumlariga ega bo‘ladi. Pul tushumlarini birlamchi va qayta taqsimlash natijasida qiymat taqsimot jarayoni sodir bo‘ladi.
Moliya mohiyatiga va tashqi paydo bo‘lish shakllariga egadir. Moliyaning mohiyati deganda alohida qiymat kategoriyasi sifatida moliyaning ichki mohiyatini namoyon bo‘lishi tushuniladi. Moliyaning mohiyati va paydo bo‘lish shakllari o‘zaro bo\likdir.
Masalan, 1995 yildan xo‘jalik subyektlarining davlat budjeti bilan o‘zaro munosabatlarida foydani taqsimlanishining davlat budjeti daromadlariga foydadan ajratma shakliga o‘tildi. Xo‘jalik islohotlari sharoitida bu munosabatlar 3 shaklda namoyon bo‘ldi ya’ni: ishlab chiqarish fondlariga ajratmalar, Fiksirlangan (renta) to‘lovlari; foydaning erkin qoldi\idan budjetga badallar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa bu munosabatlar soliqlar vositasida amalga oshiriladi.



Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə