Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 41,81 Kb.
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü41,81 Kb.
#132066
1   2   3   4
Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliyaning ijtimoiy-iq

2. Moliyaning funksiyalari

Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:



  1. Taqsimlash;

  2. Nazorat.

Bu funksiyalar Moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har qanday (bir) Moliyaviy opyerasiya YAIM va MDni taqsimlash va Shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi uchun, Shunga muvofiq ravishda Moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy myetod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi kо‘pbosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, Moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” dyeb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bо‘lganda namoyon bо‘ladi. Ularning yig’indisi MDga tyengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bо‘linadi:

  1. moddiy ishlab chiqarish sohasida band bо‘lgan ishchi va

xizmatchilarning ish haqi, fyermyer va h.k.larning
daromadlari;

  1. moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.

Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;

  • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;

  • aholining turli ijtimoiy qatlamlari о‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.

YUqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, Moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kyelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformasiya qilinishiga (aylanishiga, о‘zgarishiga) ta’sir kо‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va Moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining о‘lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va istye’mol pryedmyetlarining hajmi va tuzilmasi о‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy о‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xо‘jaligi, transport, enyergyetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pyensionyerlar, talabalar, yolg’iz va kо‘p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xо‘jalikning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining sosial guruhlari о‘rtasida sodir bо‘ladi.
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining Yuqari sifatli bо‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda Moliyaning roli kam xarajat qilib eng Yuqori natijalarga erishish, Moliya-xо‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bо‘ysundirilgan.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, istye’mol sohasiga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shu ma’noda, Moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy syektorlarini, ishlab chiqarish va sosial infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni о‘ynaydi.
Umuman, Moliyaning taqsimlash funksiyasi:

  • xо‘jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;

  • xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, Shuningdyek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;

  • xо‘jalik sub’yekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.

Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumyenti sifatida Moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tyegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini Moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana Shu harakatning xarktyeridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kyelayotganligi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga Moliyaviy resurslarning о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Agar Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, Moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu narsa Yuqoridagi har ikki funksiya koordinasiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g’risida darak berayotir.
Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida Moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bug’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, Moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tyejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish Moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri Moliyaviy masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi Moliyaviy majburiyatlar, Shuningdyek hisob-kitoblar va tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning о‘zaro majburiyatlari bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi.
Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali Moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida Moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, Moliyaviy nazoratning shakl va myetodlari keskin о‘zgaradi.
Moliyaning funksiyalari Moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xо‘jalikdagi Moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini, Moliya va Moliya tizimini boshqarish shakllarini, Moliyaviy qonunchilikni о‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan Moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tyegishlidir.



Yüklə 41,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə