Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə104/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

7.3.-jadval
Xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish

T/R

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa, ming so‘m

debet

kredit

1

Mutlaq huquqni qayta baholash aks ettiriladi

59 112,5

0410

8510

2

Hisoblangan amortizatsiyani qo‘shimcha baholash aks egtiriladi

1 970,2

8510

0510



7.6. Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni hisobga olish
Xo‘jalik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.
Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:

  • realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to‘Yorisidagi shartnoma asosida iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to‘xtatilganida;

  • bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida;

  • nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida;

  • boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida;

  • huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin topshirilganida.

Nomoddiy aktivlar sotilishi munosabati bilan xo‘jalik faoliyatidan chiqib ketadi. Masalan, patent egasi sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqidan voz kechish voz kechish (qayta voz kechish) to‘g‘risidagi shartnomaga asosan nomoddiy aktivga bo‘lgan mutlaq huquqdan jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga voz kechishi mumkin. Bunday shartnomayaar respublika Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak, aks holda ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar ob’ekglarining chiqib ketishi buxgalteriya hisobida 9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotida aks etgiriladi:
- 9220-“Boshqa akgivlarning chiqib ketishi” schyotining debeti bo‘yicha nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotida hisobga olinadigan obyektning boshlang‘ich qiymati va ularning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi;
- 9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining krediti bo‘yicha hisob-langan amortizatsiya ajratmalari summasi, shuningdek chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlar obyektini qayta baholash saldosi (agar aktiv qayta baholangan bo‘lsa) aks etgiriladi.
Nomoddiy aktivlar sotilishidan olingan tushum 9220-schyot kreditvda 4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti debeti bo‘yicha saldo (zarar) joriy hisobot davrida 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, krediti bo‘yicha saldo (foyda) esa 9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə