Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
KARIMOV AKROM ABBOSOVICH
KURBANBAYEV JURABEK ERUVBAYEVICH
JUMANAZAROV SARDORBEK ABDULLAYEVICH
MOLIYAVIYA HISOB VA HISOBOT


DARSLIK

5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit”


ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan


TOSHKENT–2019


UO‘K:
KBK:

Taqrizchilar:O’zBMA, i.f.d.,prof.A.Ibragimov;
TMI, i.f.n., dots. D.Norbekov



Moliyaviy hisob va hisobot.Darslik/ Karimov A.A., Kurbanbayev J.E., Jumanazarov S.A. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. - bet.

Ushbu darslik Davlat ta’lim standartlari talablari, moliyaviy hisob va hisobot fani o‘quv dasturiga asosan tuzilgan bo‘lib, 5230900–“Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.


Darslik buxgalteriya hisobi obyektlarini hisobga olish tamoyillari va usullari kabi nazariy hamda amaliy bilimlar bo‘yicha talabalarda tushuncha hamda ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan.
Mazkur darslik talabalar uchun “Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan asosiy o‘quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa iqtisodiyot yonalishida tahsil olayotgan talabalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.






Ilm va izlanish bo’lmagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va, umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo’lmaydi
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi.1
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga etkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o'xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy, pragmatik hamda zukko talabalar uchun zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik yaratish lozim. Ushbu darslik oliy ta’limning iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavriat, magistratura talabalari, tegishli ixtisoslik kollejlari o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.






Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə