Moliyaviy hisob va hisobat


O‘z vaqtida taqdim etish –



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə12/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

O‘z vaqtida taqdim etish – hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari”
Ahamiyatlilik – qaror qabul qilish davrida foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish va korxona faoliyatiga baho berish uchun ahamiyatli bolishi lozim. Tushunarlilik – hisobotlarda aks etirilgan moliyaviy axborot foydalanuvchilarga uchun tushunarli bo‘lishi kerakligini bildiradi. Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi hamdatushunarligini ta’minlash maqsadida axborot to‘liq hajmda taqdim etilishi lozim.
Izchillik – foydalanuvchilar korxonaning moliyaviy ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Ikki yoqlama yozuv– xo’jalik faoliyatida yuz bergan operasiyani bir vaqtning o’zida buhgalteriya hisobida bir hisobvaraqning debitida hamda bir hisobvaraqning kreditida aks ettirishdir.
Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. Uzluksizlik - korxonakelgusida faoliyatini davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Bu esa axborotdan foydalanuvchilar uchun korxona bo’yicha kompleks moliyaviy ma’lumotlar bazasi bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan xoli bo‘lishi lozim. Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot davrida bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligining asosi mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi.
Jiddiylik – korxonaning moliyaviyaxborotlarini noto‘g‘ri taqdim etish yoki taqdim etmaslik axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan moliyaviy qarorlariga ta’siri jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati ham bevosita ta’sir etadi. Haqqoniyligi – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida korxonaning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi lozim.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə